Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet23/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1990 yil 3 oktyabrda yagona German davlatini tashkil qilinishi e’lon qilindi. Birlashgan Germaniya oldida quyidagi muammolar turar edi: sharqiy erlarni iqtisodiy sathini ko’tarish, norentabel korxonalarni rentabellik xolatiga aylantirish, yangi ish joylarini ochish.
Kol siyosati tufayli 1996-97 yillari soliq tushumlari 57 million dollarga kamayib ketdi, ishsizlar soni ko’payib ketdi. XDS va SvDP o’rtasidan darz ketdi. Gelmut Kol hokimiyat tepasida 18 yil bo’ldi. Va 1998 yilgi Bundestag saylovlarida uning partiyasi mag’lubiyatga uchradi.
Kantsler etib SDPG lideri Gerxardt Shryoder saylandi.


Nazorat savollari:
1. GFRni tiklanish jarayonini sharhlab bering.
2. GFRni siyosiy tuzilmasini tahlil qiling.
3. GFRda sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarning rivojlanish sabablarini ko’rsatib bering.


2-asosiy savol:
GDR 50-90-chi yillarda


2-savol bo’yicha darsning maqsadi:
GDRni paydo bo’lishini va 50-90 yillarda siyosiy va iqtisodiy jarayonini ko’rsatish.


Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. GDRda tashkil topgan siyosiy partiyalarni sharhlab beradi.
2.2. GDRdagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolga baho beradi.
2.3. GDRda ikki Germaniyani birlashish muammosini tahlil qiladi.


2- asosiy savolning bayoni:
Germaniya mag’lubiyatga uchraganidan keyin uning sharqiy hududlari - Saksoniya, Tyuringiya, Maklenburg va Brandenburg SSSR okkupatsiya qismiga kirdi. Berlin SSSR zonasida edi, lekin Potsdam konferentsiyasi qaroriga ko’ra u ham to’rt qismga bo’lindi. 1945 yil o’rtalarida asosiy siyosiy partiyalar shakllandi - KPG, SDPG, XDS va LDPG. 1946 yil aprelda KPG va SDPG yagona partiyaga birlashishdi va SEPG nomini oldi.
SVAG (Sovetskaya voennaya administratsiya Germanii) buyrug’iga ko’ra Germaniya monopoliyalarining mol-mulklari tortib olindi va ular davlat mulkchiligining asosini tashkil etdi. 1949 yil mayda Nemis xalq kengashi konstitutsiya matnini ma’qulladi va 1949 yil 7 oktyabrda Germaniya Demokratik Respublikasi e’lon qilindi. Barcha rahbar lavozimlarni SEPG namoyandalari egalladilar. Respublika Prezidenti - Vilgelm Pik, bosh vazir - Otto Grotevol.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling