Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet22/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1-asosiy savolning bayoni:
Ikkinchi jahon urushida Germaniya mag’lubiyatga uchradi. Qrim va Potsdam konferentsiyalari qaroriga ko’ra mamlakat okkupatsiya hududlarga bo’lingan edi. Har bir hududdagi ma’muriyatni harbiy bosh qo’mondon boshqarar edi, lekin butun Germaniya bilan bog’liq masalalarni esa to’rtta bosh qo’mondonlardan tarkib topgan Nazorat kengashi birdamlik asosida hal qilar edi. Hududni hamda aholini uchdan bir qismi SSSR okkupatsiya qismida (sharqiy qism), va uchdan ikki qismi esa AQSh, Angliya va Frantsiya qo’shinlari qismida edi. G’arbiy qismda Germaniyani eng aholisi zich va sanoati rivojlangan erlari joylashgan edi. Germaniya iqtisodi parokanda holatda edi, faqat ittifoqdoshlarning oziq-ovqat yordamigina aholini ochlikdan saqlab qolar edi. Yoqilg’i etmas edi, elektrostantsiyalar ishlamasdi, o’n minglab odamlar boshpanasiz qoldilar.
Qamoqxonalarda yotgan fashizm dushmanlari uylariga qaytar edi, emigratsiyada bo’lganlar ham qaytib, yangi demokratik davlat qurish ishtiyoqida edilar. 1946 yil bahoriga kelib Germaniya kompartiyasi o’z tarkibini tiklab oldi. Germaniyaning sotsial-demokratik partiyasi (SDPG)ham tez sur’atlar bilan tiklandi. 1945 yil may oyida Gannoverda "Shumaxer byurosi" paydo bo’ldi. Uni sobiq reyxstag deputati K.Shumaxer (1895-1952) boshqardi. Ushbu byuro yangi dastur asoslarini barpo etdi va unga ko’ra sanoatning tog’ va energetika sohalarini, yirik banklarni milliylashtirish hamda yirik zamindorchilikni chegaralash, korxonalarda ishchilar vakolatini tashkil etish ko’zda tutilar edi.
Germaniyada Katolik markazini roli ham oshib bordi. Uning asosida 1945 yili yangi partiya tuzildi va u Xristian-demokratik partiya (XDS) deb nomlanadigan bo’ldi. Uning muassislari: katolik ruxoniylar, sanoatchilar, bankirlar, ziyolilar va xizmatchilar edi. Xristian-demokratlar antifashizmga sadoqatligini e’lon qildilar, yangi Germaniyada umumiy farog’at hayotni barpo etishni, monopoliyalar tazyiqini yo’q qilishni, ishchilarga korxonalarni boshqarish imkoniyatlarini berishni va’da qildilar.
XDS dasturi xalq orzulariga ayniqsa dindorlarga mos keldi. Amerika okkupatsyion ma’muriyati tashabbusiga ko’ra Kyolnning sobiq burgomistri Konrad fon Adenauer (1876-1967) partiyaning lideri bo’ldi.
Shu yilning o’zida XDSning Bavariya filiali Xristian sotsialistik ittifoqi (XSS) tashkil topadi. XDSga nisbatan XSS a’zolari bir muncha konservativ dunyoqarashga ega edilar.
Germaniyaning g’arbiy qismida burjuaziya partiyalari ichida ta’sir kuchiga ko’ra ikkinchi partiya bu - Ozod demokratik partiya (SvDP) edi (1948 yilda tashkil topgan). Bu partiya xususiy egalik va erkin raqobat tarafdori ekanligini e’lon qildi.
G’arb davlatlari, Germaniyaning g’arb hududida g’arb dunyosining qismi va Amerika siyosatining Evropadagi avangardi bo’lgan alohida davlat tuzish bo’yicha kelishilgan siyosatni olib bordilar va Nazorat kengashini chetlab o’tib, 1946 yil dekabr oyida AQSh va Angliya o’z okkupatsiya zonalarini Bizoniyaga birlashtirdilar va 1948 yili frantsuz zonasi qo’shilganidan so’ng Trizoniyaga aylandi.
Bundan bo’yon Nazorat kengashi o’z faoliyatini to’xtatdi va Germaniyaning ikki qismi o’zlari tanlagan yo’llarida rivojlanib bordi. Bu yo’lda hal qiluvchi qadam - 1948 yil iyun oyida o’tkazilgan separat pul islohoti bo’ldi: qadrsizlangan reyxsmarka o’rniga doychmarka muomilaga kiritildi, narx-navolar va ish haqi ham erkinlashtirildi.
Islohot tezda o’z samarasini berdi, do’konlarda mollar paydo bo’ldi, ishlab chiqarish va qurilish tezda rivojlandi, bozor iqtisodiyoti shakllandi.
Keyingi qadam - Germaniya Federativ Respublikasi deb nomlangan yangi davlatning Konstitutsiyasini ishlab chiqish edi. 1949 yil 8 mayda Tashkiliy majlis vazifasini o’z ichiga olgan parlament kengashi (hozirgacha ishlab turgan) G’arbiy Germaniya Konstitutsiyasini ma’qulladi (23 mayda kuchga kirgan).
Qonun ishlab chiqaruvchi hokimiyat ikki palatalik parlament qo’lida. Bundestag - umumiy saylov yo’li bilan to’rt yilga saylanadi, ikkinchi palata - Bundesrat - mahalliy parlamentlar (landtaglar) tomonidan tayinlangan vakillardan iborat. Har bir landlar (ya’ni erlar) keng avtonomiyaga va o’z parlamenti va hukumatiga ega. Bundestag va Bundesrat birgalashib besh yil muddatga vakolatlari cheklangan Respublika Prezidentini saylaydi. Saylovlarda g’olib chiqqan partiya lideri esa, barcha ijroiya hokimiyatni o’zida mujassamlangan Federal kantsleri etib tayinlanadi (Bundestag tomonidan tasdiqlanadi).
1949 yil avgustda Bundestag saylovlariga ko’ra SvDP bilan koalitsiya tashkil qilgan XDSg’XSS bloki g’olib chiqdi. Kantsler etib K.Adenauer tasdiqlandi va bu lavozimda 1963 yilgacha ishladi. Germaniyani qayta tiklanishidagi uni shaxsiy rolini qadrlab bu yillarni "Adenauer erasi" deydilar. Rasman GFR 1949 yil 21 sentyabrda e’lon qilindi.
Sovet zonasida esa 1949 yil 7 oktyabrda Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) barpo etildi. Shunday qilib, 40 yilga cho’zilib ketgan Germaniyani parchalanishi amalga oshirildi.
Adenauer hukumatining asosiy yo’nalishlari - bu G’arbiy Germaniyani G’arb hamjamoasining siyosiy va iqtisodiy tarkibiga to’la va tenghuquqli integratsiyani ta’minlashdan iborat edi. Va pirovard natija - Germaniyani buyuk davlat sifatida qayta tiklash edi. Shu maqsadda 1954 yili oktyabr oyida Parij kelishuvlari imzolandi, unga ko’ra GFR NATO a’zosiga aylanar edi va mamlakatda 500 ming kishilik armiya tashkil etilardi. Harbiy sanoat ham qayta tiklandi; tanklar, bronetransporterlar, suvosti kemalari va raketalar ishlab chiqarila boshlandi. GFR Atlantik ittifoqning asosiga aylandi va bundan bo’yon G’arb mamlakatlarining hamma siyosatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan bo’ldi.
Parallel holda iqtisodiy rivojlanish ham yaxshi natija berar edi. Bunda alohida rolni "Marshall plani" o’ynar edi. 1948-1949 yillar ichida G’arbiy Germaniya ko’mak sifatida AQShdan 1,4 mlrd dollar oldi. 1949 yil oxiriga kelib Germaniya iqtisodiyotini rivojlanishi urushga qadar holatiga etdi. 50-yillarning birinchi yarmida yillik sanoat mahsulotlarining o’sishi 12,3 %ga etdi. G’arbiy Germaniya sanoati yangi texnologiya asoslarida rivojlandi, yangi sohalar paydo bo’ldi (neft ximiyasi, elektronika, sintetika iplarini ishlab chiqarish va hokazolar).
1950-1952 yillaridagi Koreyadagi urush ham Germaniya harbiy sanoatini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi (harbiy zakazlar).
G’arbiy Germaniya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o’sishida davlat idorasida o’z variantining barpo etilishi o’ta muhim rol o’ynadi. Ushbu variant tadbirkorning shaxsiy tashabbusini va erkin raqobatni davlat boshqaruvi bilan uyg’unlashishini ko’zda tutadi.
50 yillari "ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" doktrinasi G’arbiy Germaniya iqtisodiyotini rivojlantirish manfaatlariga to’la mos keldi.
Umumiy iqtisodiy o’sish qishloq xo’jaligini tarkibi va xolatiga chuqur ta’sir ko’rsatdi. Qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarishning industrial uslublari tadbiq etildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’sib borishi mamlakatni o’z oziq-ovqatlari bilan to’la ta’minlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, 50 yillar oxiriga kelib, GFR oziq-ovqatlarni eksportga ham olib chiqadigan bo’ldi.
Eksportni import ustidan doimiy ravishda o’sib borishi GFR hukumatiga oltin zahiralarini ahamiyatli darajada ko’paytirishga asos bo’ldi. Tovarlar sifati ham katta ahamiyat kasb etdi. Kuchli iqtisodiy imkoniyat va kuchli valyutaga suyanib, G’arbiy Germaniya hukmron doiralari Evropa integratsiyasi tashabbusi bilan chiqdilar: 1958 yil yanvaridan GFR - "Umumiy bozor" a’zosi. Uning industriyasi "Umumiy bozor" barcha sanoat mollarining 44 % ni tashkil etdi. Yana bir ko’rinish: kapitalni sodir qilish yo’li bilan GFR o’z raqiblariga ta’sir ko’rsata boshladi.
XDS-XSS o’zini xalq partiyasi deb e’lon qildi. O’zini ijtimoiy siyosati bilan jamiyatni qo’llab-quvvatlashishiga erishdi. 1950 yildan 1959 yilga qadar amaldagi ish haqi 2 barobar oshdi, ish haftasi qisqardi, har yillik ta’til qonun bilan tasdiqlandi.
Xristian demokratlar GFRni nemis xalqining yagona va qonuniy namoyandasi deb hisoblar edilar va shuning uchun GDRni "sovetlarning okkupatsion zonasi" deb hisoblar edilar.
1955 yili GFR hukumati "Xalshteyn doktrinasi"ni e’lon qildi va unga ko’ra GFR hukumati avtomatik ravishda GDR hukumati bilan diplomatik aloqa o’rnatgan davlat bilan diplomatik aloqani uzib qo’yar edi (istisno SSSR - Adenauer konfliktga borgisi yo’q edi). Ushbu harakatlarga qarshi GDR ma’muriyati 1961 yili "Berlin devori"ni qurdilar.
Monopoliyalar holatini kuchaytirib, "Umumiy bozor" mehnatkashlarga katta zarar etkazdi. Arzon chet el ishchi kuchini ko’paytirish nemis ishchilarining holatini yomonlashtirdi. Boshlangan inflyatsiya iqtisodiy rivojlanishdagi barqarorlikni yo’qqa chiqardi. Mamlakatda ish tashlashlar boshlandi.
Xristian demokratlarning obro’siga putur etkazildi, eng yuqori pog’onadagi rahbariyat ichidagi korruptsiya fosh etildi. XSS lideri F.Shtraus mudofaa vaziri lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. 1961 yil saylovlarida Adenauer partiyasi ko’p mandatlardan ayrilib qoldi. 1963 yil oktyabrda 87 yoshdagi Adenauer iste’foga chiqdi. "Adenauer erasi" tugadi.
1966 yil kuzda, XDSG’XSS va SvDP koalitsiyasi emirildi.
1969 yilgi saylovlarda SDPG va SvDP birlashib koalitsion hukumat tuzdi. Birinchi marta sotsial-demokrat Villi Brandt Federal kantsler lavozimiga tayinlandi. U darhol ichki va tashqi siyosatda chuqur islohotlarni amalga oshira boshladi. Ish haqi va nafaqalar oshdi.
Tashqi siyosatda V.Brandt "yangi sharq siyosati"ni ishlab chiqdi. Unga ko’ra Gitler tajovuzidan zarar ko’rgan Sharqiy Evropa mamlakatlari bilan, xususan Polsha, Chexoslovakiya va SSSR bilan normal munosabatlar o’rnatish edi. 1970 yili SSSR bilan chegaralar to’g’risida bitim imzolandi va bu xolat Evropada yangi siyosiy ob-havoni vujudga keltirdi, ya’ni G’arb va Sharq bilan munosabatlarni yaxshiladi. Revanshizm va natsionalizm tarafdorlariga zarba berildi.
1974 yil may oyida hukumatni sotsial-demokrat Gelmut Shmidt boshqardi.
Shunga qaramay, 1980 yilning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy o’sish sur’atlarida susayish boshlandi va 1981-82 yilgi iqtisodiy inqirozga olib keldi. Ishsizlar soni 2,5 millionga etdi, inflyatsiya boshlandi. 1982 yilda hukmron koalitsiya tarqalib ketdi. XDSning yangi lideri Gelmut Kol Federal kantsleri bo’ldi. 1982 yilda partiyada Kol boshqargan siyosiy oqim kuchaya boshladi va bu oqim "yangi neokonservatizm" deb nomlanardi. Uning mohiyati: jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida davlatning rolini kuchaytirish va kengaytirishni talab qilishdan iborat edi.
G.Kol yagona german davlatini barpo etish maqsadida GDR bilan muzokaraga bordi. 1989 yili, kuzda Sharqiy Evropada kommunistik rejimlar barbod bo’lganidan keyin, 1989 yil 9 noyabrda "Berlin devori" buzib tashlandi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling