Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet41/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tropik Afrika mamlakatlarining rivojlanishi juda katta qiyinchiliklar bilan bog’liq. Iqtisodiy ma’noda bu dunyoning eng qoloq hududi. Chunki zamonaviy ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatilmasdan, an’anaviy tarixiy va o’ta kam samarali munosabatlar barbod bo’lardi, natijada aholining "ortiqcha" qsimi paydo bo’lar edi. Ular shaharlarda to’planib, nochorlar qatlamini tashkil etar edi. Ikkinchidan, oila to’g’risidagi an’anaviy qarashlarga ko’ra Afrikada demografik holat ham murakkablashdi. Bolalar soni keskin oshdi.
Tropik Afrika mamlakatlari aholisining oshishi (ming odam hisobida) 1960 yilga nisbatan 1995 yilda, faqat Botsvana, Keniya, Kot-d` Ivuar, Mozambik, Nigeriya va Somali aholisini birga olganda, quyidagicha bo’ldi:
1960 yilda 1995 yilda
63.414 (ming kishi) 164.347 (ming kishi)
Tropik Afrika muammolari:
a) Afrika davlatlarining chegaralari kolonial davlatlar tomonidan o’rnatilgan va ular sun’iy.
b)Afrikada mustaqillikka millatlar emas, kolonial hududlar ega bo’ldi.
v)Afrika uchun zamonaviy munosabatlar qabilalararo va millatlararo ziddiyatlarni o’sishiga olib keldi. Bu holat davlatlarni yaxlitligiga xatar olib keldi. Masalan, Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqib, mustaqil davlat sifatida e’tirof etildi. Bunday muammolar Luanda, Sudan va Liberiyada ham mavjud.
g) Afrika davlatlarining murakkab etnik tarkibi - traybalizmni vujudga keltiradi (lotincha "tribus" -"qabila"). Barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar traybalizm, ya’ni etnik nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Shuning uchun Afrikada harbiy va kontrto’ntarishlar tez-tez bo’lib turadi, barqarorlik yo’qoladi. Va bu holat, o’z navbatida, iqtisodiy vaziyatni yomonlashtiradi.
80-nchi yillarda Tropik Afrika mamlakatlari og’ir ahvolga duch keldilar.O’sish sur’atlari pasayib ketdi, tashqi qarzlar o’sdi. Asosiy e’tibor eksport imkoniyatlarni o’stirishga qaratildi.
Davlatlararo chegara muammolarini echish maqsadida Afrikaning Birdamlik tashkiloti (OAE) tuzildi.
Afrika tarixida Janubiy Afrika Respublikasi alohida o’rinni egallaydi. Urushdan keyingi yillarda u yuqori rivojlangan davlatga aylandi. JARning siyosiy yo’nalishi boshqa davlatlardan farq qilar edi. U erdagi siyosat aparteid g’oyasiga asoslangan edi, ya’ni oq tanlilarni qora tanlilardan sun’iy ravishda ajratib qo’yish. Barcha hokimiyat oq tanlilar qo’lida edi. Qora tanli aholining tenglik uchun kurashini (ANK) Afrika miliy kongressi boshqardi (rahbari Nelson Mandela).
Yillar o’tib oq tanlilar orasida siyosiy islohotlar o’tkazish zarurati tug’ildi (Frederik de Klerk).
Aparteid davrida qabul qilingan barcha qonun va qoidalar bekor qilindi. JARsi demokratik davlatga aylandi. 1994 yilgi saylovlarda Mandela birinchi qora tanli prezident etib saylandi.
1993 yili aparteidni yo’q qilishdagi xizmatlari uchun N.Mandela va F.Klerk Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling