Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet57/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

A
Agressiya (lot. aggressio) xalqaro munosabatlarda qurolli kuchlarning huquqqa xilof ravishda qo’llanilishi. 1974 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Agressiya ta’rifi agressiyaga – biror-bir davlatning boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi yoki o’zga bir tarzda BMT Nizomiga zid ravishda qurolli kuchlarni qo’llash tarzida izoh beradi. Mazkur hujjat BMT Nizomining 39-moddasida belgilab berilgan «agressiya akti» atamasi mazmunini yanada boyitib, quyidagi hatti-harakatlarni ham agressiya akti sifatida baholaydi: a) biror-bir davlat qurolli kuchlarining boshqa bir davlat hududiga bostirib kirishi yoki hujumi, yoinki har qanday muvaqqat xarakteriga ega bo’lishiga qaramay bunday bostirib kirish yoki hujum oqibatidagi har qanday harbiy okkupatsiya, yoinki boshqa davlat hududi yoki uning qismini kuch ishlatish orqali anneksiya qilish; b) davlat qurolli kuchlari bilan boshqa davlat hududini qurolli kuchlar yordamida bombardimon qilish yoki bir davlatning boshqa bir davlat hududiga qarshi har qanday tarzda qurol ishlatishi; c) boshqa davlat tomonidan o’zga davlat portlari yoki qirg’oqlarini qurolli kuchlar yordamida qamal qilish; d) bir davlat qurolli kuchlarining boshqa davlatning quruqlik, dengiz yoki havo kuchlari, yoinki dengiz va havo flotiga hujumi; e) imzolangan shartnoma asosida boshqa davlat hududida joshlashgan biror-bir davlat qurolli kuchlarining mazkur shartnomada belgilangan shartlarni buzish orqali qo’llanishi yoki shartnoma muddati tugagan bo’lishiga qaramay ushbu davlat hududida belgilangan muddatdan ortiq turib qolishi; f) davlatning o’zga bir davlatning unga berilgan hududidan uchinchi bir davlatga agressiya aktini sodir etish uchun foydalanishga imkoniyat berish bilan bog’liq xatti-harakati; g) davlat yoki davlat nomidan boshqa davlatga qarshi yuqorida sanab o’tilgan holatlarga tenglashtirilgan, og’ir salbiy oqibatlarni yuzaga keltirish yoki ushbu jarayonlarda sezilarli darajada ishtirok etish maqsadida qurolli kuchlarni qo’llash aktlarini amalga oshiruvchi qurolli to’dalar, guruhlar va muntazam kuchlar yoki yollanma shaxslarni yuborish. Ushbu holatlar agressiya aktini belgilovchi yakuniy ro’yxat emas. Bosh Assambleyaning nomi tilga olingan hujjatining 4-moddasi BMT Xavfsizlik Kengashiga boshqa holatlarni ham agressiya akti sifatida baholash vakolatini beradi. Ta’kidlash joizki, Uchinchi dunyo davlatlarining Agressiya ta’rifi loyihasini ishlab chiqish jarayonida «iqtisodiy agressiya»ni ham «agressiya» tushunchasiga kiritish taklifi inobatga olinmay qoldi. Qarang: Bevosita agressiya va Bilvosita agressiya



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling