Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti –


Download 4.26 Mb.
bet80/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti – «sovuq urush» davrida o’zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Sharq va G’arb o’rtasidagi konsensus natijasida 1975 yil barpo etilgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi negizida 1994 yil tashkil topgan hukumatlararo tashkilot. EXHT tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi eng yirik mintaqaviy tashkilot hisoblanib, unga Evropa, Markaziy Osiyo va Shimoliy Amerikadan 56 davlat a’zo. Mazkur mintaqalararo institutning faoliyati xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning maqsad va vazifalarini universallashtirishga yo’naltirilgan. Markaziy Osiyodaning barcha davlatlar tashkilot faoliyatida ishtirok etib kelmoqdalar. Mazkur tashkilot doirasida ishlab chiqilgan printsip va qoidalar Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi.


Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti – BMT Nizomining 51-moddasida belgilangan kollektiv mudofaa huquqini amalga oshirish maqsadida 1949 yil Vashingtonda imzolangan Shimoliy Atlantika shartnomasi asosida tuzilgan mintaqaviy harbiy-siyosiy ittifoq. Vashington shartnomasining eng muhim qoidasi 5-modda bo’lib, u o’zini-o’zi mudofaa qilish huquqini mustahkamlaydi. Unga ko’ra, «Shartnoma ishtirokchilari Evropa yoki Shimoliy Amerikada a’zo davlatlarning biror-biriga qarshi amalga oshirilgan qurolli hujum ularning barchasiga qarshi qilingan hujum sifatida baholaydilar va bu kabi hujum sodir bo’lgan taqdirda ularning har biri BMT Nizomining 51-moddasida belgilab qo’yilgan individual yoki kollektiv tarzda o’zi-o’zi mudofaa etish huquqini amalga oshirish doirasida, bunday hujumga uchragan shartnoma ishtirokchisiga yordam ko’rsatadi… ». Mazkur qoida birinchi bor 2001 yil 11 sentyabr voqelaridan so’ng amalda o’z aksini topdi. NATOning oliy organi – Shimoliy Atlantika kengashi. Kengash tashkilot faoliyati masalalariga oid muhim qarorlarni qabul qiladi hamda NATOning fuqaroviy va harbiy organlari faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Kengash raisi NATOning Bosh kotibi hisoblanadi. Kengashga qarorgohi Vashingtonda joylashgan Harbiy qo’mita bo’ysunadi. Siyosiy va iqtisodiy masalalarni muhokama etish maqsadida tegishli qo’mitalar tashkil etilgan. NATO nazorati ostida bo’lgan hudud uch qo’mondonlik va mintaqaviy rejalashtirish guruhiga ajratilgan. Evropadagi NATO Birlashgan qurolli kuchlari oliy bosh qo’mondoni boshchiligidagi NATOning Evropa strategik qo’mondonligiga Nordkapdan O’rta Er dengizigacha, Turkiyaning sharqiy chegaralaridan Atlantika okeanigacha bo’lgan erlar kiradi. Atlantikadagi NATO Birlashgan qurolli kuchlari oliy bosh qo’mondoni boshchiligidagi Atlantik strategik qo’mondonligiga (Shtab-kvartirasi Norfolkda (AQSh) joylashgan) Shimoliy qutb va Raka tropiki oralig’idagi erlar hamda Shimoliy Amerikadan Afrika va Evropa qirg’oqlarigacha bo’lgan erlar kiradi. Shuningdek, La-Mansh bo’g’ozi hududidagi strategik qo’mondonligi mavjud bo’lib, uning faoliyat doirasiga La-Mansh bo’g’ozi bilan birgalikda Shimoliy dengizning janubiy qismi kiradi. Kanada-Amerika mintaqaviy rejalashtirish guruhi Shimoliy Amerikada umumiy ravishda olib boriluvchi NATO harbiy-mudofaa operatsiyalarini muvofiqlashtirib boradi. Ayni paytda 28 davlat, jumladan, 25 ta Evropa davlatlari hamda Kanada, AQSh va Turkiya NATOga a’zo.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling