Tadqiqot kontseptsiyasi. An`anaviy ta`limda o`quvchilar faoliyatiga
ta`limning predmeti sifatida qaraladi va unda ta`lim asosan o`quvchilar xotirasiga
9
mo`ljallab o`tkaziladi. Biz o`quvchi va uning faoliyati – o`qish, o`rganishga
ta`limning sub`ekti deb qaraymiz. Bunday qarashda o`qitish va o`qish
faoliyatlarining o`zaro muvofiqlashuvi, hamohangligi ta`limni tashkil etish,
boshqarish, nazorat qilishning etakchi printsipiga aylanadi. Ta`limni bunday
tashkil etish ham o`quvchilarning xotirasi, ham tafakkuriga mo`ljallab o`tkaziladi.
SHunday yo`l bilan mustaqil fikrlay oladigan, o`quv predmetini o`rganishga
astoydil intiladigan, o`z bilimi, malakasi, ijodiy faoliyatini uzluksiz rivojlantiradigan yoshlarni, komil insonlarni tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |