Tadqiqot ob`ekti –Al va KHT fizika ta`limi jarayoni.
Tadqiqot predmeti – Al va KHT fizika ta`limi ijodiy xarakteri.
Tadqiqotning maqsadi Al va KHT fizika ta`limining ijodiylik xarakteri va
unga muvofiq fizika ta`limi masalalarini asoslashdan iborat.
Tadqiqotda nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy faraz, tadqiqot
ob`ekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi:
- fizika ta`limiga oid didaktik va metodik adabiyotlarni o`rganish;
- Al va KHT fizika ta`limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning
hozirgi amaliyotini tahlil qilish;
- ilg’or pedagogik g’oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot qobig’ida
yashirinib yotgan imkoniyatlarni aniqlash;
- fizika ta`limida ijodiy masalalarni tanlash va ularga rioya qilib ta`limda
amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish;
- fizika ta`limida ijodiy masalalarni hal qilishni tashkil etish, boshqarish,
nazorat qilish tamoyillari, vositalari, tashkiliy shakllarini tavsiflash;
- fizika ta`limi amaliy mashg’ulotlarda ijodiy masalalar harakatini pedagogik
tajribada o`rganish va nazariy asoslarini bayon qilish;
- fizika ta`limida ijodiy xarakterdagi masalalarni tanlashga oid metodik
tavsiyalar ishlab chiqish.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |