Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Tasviriy
san‟at Fine art Изобразите льное искусство san‘at turi. Rassomlik san‘ati, grafika, haykaltaroshlik va foto san‘ati sohalarini o‗z ichiga oladi. Tasviriy san‘at real borliqni ko‗rgazmali obrazlarda, mavjud narsalarni ularning tabiiy shakli, o‗rni va boshqalarni o‗ziga o‗xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi, predmetlarning hajmi,o‗zaro qanday masofada joylashgani va boshqalar to‗g‗risida tomoshabinda tasavvur hosil qiladi. Tasviriy san‘atning eng qadimiy va keng tarqalgan sohasi rassomlik san‘ati bo‗lib, unda real borlikdagi voqea va predmetlar turli-tuman ranglardagi bo‗yoqlar yordamida aks ettiriladi. Rassomlik san‘ati vazifasiga ko‗ra bir necha turga bo‗linadi: monumental rassomlik (panno, freska, devoriy rasmlar), bezak rassomligi (tasvir, naqsh, bezak san‘ati predmetlari – mato, buyum, idish, taqinchoqlar, 141 badiiy buyumlarga va boshqalarga ishlanadigan bezaklar), dekoratsiya san‘ati (teatr rassomligi), dastgohli rassomlik (mustaqil ahamiyatga ega bo‗lgan asarlar, miniatyura (qog‗ozga, kitob sahifalariga, pergamentga, pape-mashe, bezak buyumlariga, taqinchoqlarga ishlanadigan kichik hajmli rasmlar, tasvirlar). Asar mazmuniga, tasvirlanayotgan predmet va voqealarning turiga qarab – tarixiy janr, maishiy janr, bataliya janri, portret, animalistika janri, manzara, marina, natyurmort, allegoriya, mifologik va diniy janrlarga bo‗linadi. Moybo‗yoq rassomligi, bo‗yoqni suvda eritib, xo‗l yoki quruq suvoqqa ishlanadigan rassomlik, tempera, elim, enkaustika, emal, guash, akvarel, pastel, silikat rassomligi, keramika rassomligi kabi turlarga bo‗linadi. Mozaika va vitraj rassomlik san‘atida alohida o‗rin eg‗allaydi. Grafika o‗z tasvir vositalariga ko‗ra, badiiy-tasviriy asarlarni o‗z ichiga oladi. Grafika asarlarida tasvir, asosan, oq, ba‘zan rangli qog‗ozlarga, shuningdek, pergament, mato, taxta, yog‗och, metall, plastmassa va boshqalarga ishlanadi. Badiiy ifoda vositasi – kontur chiziq, shtrix, dog‗, soya va yorug‗lik tushayotgan tomonni munosib rang berib ifodalash (svetoten). Tasvir - qalam, pero, mo‗yqalam, bur, ko‗mir bilan ishlanadi. Ranglardan – akvarel, guash, pastel. Ishlatish vazifasiga ko‗ra grafika – dastgohli grafika, kitob va gazetag‗jurnal grafikasi, amaliy grafikasi (guvohnoma, 142 diplom, marka, afisha, etiketka, sanoat grafikasi va boshqalar), plakatga bo‗linadi. Grafika texnikasi 2 qismga – rasm va bosma grafikaga bo‗linadi. Rasm san‘ati grafikaning eng qadimiy va keng tarqalgan qismi bo‗lib, rivojlanish tarixi ibtidoiy san‘at namunalaridan boshlanadi. Bosma grafika (gravyura, litografiya) ko‗p nusxada nashr qilinadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling