3
SO„Z BOSHI
―O‗zbekistonning
madaniyati va san‘ati tarixi‖ fani O‗zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi qo‗lga kiritilgandan so‗ng, mamlakatimizdagi
oliy o‗quv yurtlarida bakalavr va magistratura yo‗nalishlarida ta‘lim
olayotgan
talabalarga maxsus fan sifatida o‗qitish yo‗lga qo‗yildi. Ushbu fanning predmeti va
tadqiqot obyekti insoniyatning bir necha ming-yillar davomidagi madaniy faoliyati,
madaniyat taraqqiyoti tarixi va nazariyasini o‗rganishdan iborat. Mazkur o‗quv
qo‗llanmada ―O‗zbekistonning madaniyati va san‘ati tarixi‖
fanining predmeti,
mazmun-mohiyati, uslubiy asoslari, ijtimoiy vazifalari ochib berilgan. Uni o‗qish
jarayonida
moddiy madaniyat, sivilizatsiya, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar,
ma‘naviy va madaniy meros tushunchalarining ma‘no-mazmunini bilib olasiz.
―O‗zbekistonning madaniyati va san‘ati tarixi‖ fani Vatanimiz xalqlarining
madaniy turmushi, o‗ziga xos jihatlarini yorituvchi ma‘lumotlarning ko‗pligi va bu
fanning to‗liq mazmun-mohiyatini ifoda etish uchun qismlarga bo‗lib yaratildi.
Mazkur o‗quv qo‗llanmadan oliy o‗quv yurtlarida o‗qitiladigan ijtimoiy-gumanitar
fanlar, madaniyat va turizm bilan bog‗liq fanlarda foydalanish mumkin.
Shuningdek, yurtimiz madaniyati va san‘atiga qiziquvchilar, tadqiqotchilar
va keng
kitobxonlar uchun mo‗ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: