Guliston davlat universitеti
Saymalitosh qoyatosh suratlari
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Saymalitosh qoyatosh suratlari
16 orqali aks ettirishning takomillashuvi ham, sodda ko‗rinishdagi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoniga bog‗liq bo‗la borgan. Ilk paleolit davrida ibtidoiy odamlarning obyektiv voqelik haqidagi tasavvurlari birmuncha aniq, hatto o‗zlari yovvoyi odam, guruh, aralash oila haqida ham muayyan tasavvurlarga ega bo‗lgan. Natijada tartibsiz jinsiy munosabatlar tartibga tusha boshlagan. Turli xil oilaviy an‘analar, rasm-rusumlar, udumlar shakllana borgan. So‗nggi paleolit davridan boshlab odamlar atrof-muhitga ta‘sir ko‗rsatib, o‗z tabiatini ham o‗zgartira borganlar. Natijada yangidan yangi mehnat malakalari, yangidan yangi madaniy boyliklar yaratila boshlangan. So‗nggi paleolitdan boshlab jamoa turar joylari o‗zgargan. Endi kishilar yerto‗la, yarim yerto‗la va yer ustiga chaylalar qurib yashay boshlaganlar. Bronza davriga kelgach, diniy tasavvur va tushunchalar murakkablasha borgan. Tabiat hodisalarini boshqarib turuvchi g‗ayritabiiy kuchlar haqidagi tasavvurlar paydo bo‗lgan. Ikkinchi tomondan esa yirik qishloqlar va hatto eng dastlabki shaharlar (ayniqsa, hunarmandlar to‗planib yashaydigan shaharlar), qo‗rg‗onlar, diniy e‘tiqod markazi hisoblangan ibodatxonalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoning ilk bronza davriga oid arxeologik izlanishlar va topilmalar dehqonchilik madaniyati shakllanib, ya'ni chorvachilikdan dehqonchilik ajralib, o‗z navbatida, hunarmandchilik ishlab chiqarishining kuchaya boshlaganligini ko‗rsatadi. Bu davrda sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati qo‗shimcha mahsulot va xususiy mulkning ko‗payishiga olib kelgan. Sopollitepa, Jarqo‗ton, Kuzamshir, Afrosiyob, Dalvarzin va Chust madaniyatlari hozirgi O‗zbekiston hududida metall qurollar va buyumlar ko‗plab ishlab chiqarilganligidan darak beradi. Metalldan yasalgan mehnat quroilari mehnat unumdorligining oshishiga, kishilar turmush madaniyatining o‗zgarishiga olib kelgan. Shahar madaniyati va davlatchilikning mustahkamlanishida muhim rol o‗ynagan savdo-sotiq nafaqai minlaqa, balki boshqa hududlar va davlatlar bilan iqtisodiy- ijtimoiy, siyosiy va madaniy aloqaning asosiy vositasiga aylangan. Albatta, davlatchilik asoslarining shakllanishi va shahar madaniyatining yuksalishida nafaqat ishlab chiqarish munosabatlari (dehqonchilik va hunarmandchilik)dagi o‗zgarishlar va savdo-sotiqning rivojlanishi, balki mintaqamizning tabiiy- geografik joylashuvi hamda g‗arbiy-strategik (Sharq va G‗arb manfaatlarining to‗qnashuvi) ahamiyati ham muhim rol o‗ynagan. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‗zgarishlar hamda ilk davlatchilikning vujudga kelishida eng qadimgi shaharlar: Sopollitepa, Jarqo‗ton (Surxondaryo), Yerqo‗rg‗on, Uzunqir (Qashqadaryo), Kuxatepa, Afrosiyob (Samarqand) va boshqa ko‗hna shaharlar muhim rol o‗ynagan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling