Guliston davlat universitеti
Qadimga davr madaniyati va san‟ati taraqqiyotining o„ziga xos xususiyatlari
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Qadimga davr madaniyati va san‟ati taraqqiyotining o„ziga xos xususiyatlari. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal‘alarning paydo 17 bo‗lishi, yirik sug‗orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, ma‘muriy va siyosiy boshqaruv tizimi - davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib berdi. Qadimgi fors va yunon manbalari m.a. VILI - VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududida Baqtriya va Xorazm singari davlatlar paydo ho‗lganligi haqida xabar beradi. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, ―Avesto‖ qadimgi yunon, rim va xitoy mualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklarning moddiy va ma'naviy madaniyati haqidagi muayyan ma‘lumotlar berilgan. Markaziy Osiyoda temir davrining boshlanishi taxminlarga ko‗ra m.a. I ming yillikning dastlabki choragiga to‗g‗ri keladi. Temirdan mehnat, ov va jang qurollari ishlab chiqarila boshlanadi. Natijada jamiyatning tabaqalanish jarayoni tezlashib ketadi va ikkinchi mehnat taqsimotini vujudga keltiradi, ya‘ni dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Yirik ishlab chiqarish markazlari – shaharlar paydo bo‗la boshladi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal‘alar xalqning keng iste‘mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz - shaharlarning vujudga kela borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Jismoniy va aqliy mehnat bir-biridan ajrala bordi. Shaharlarda nafaqat moddiy va madaniy boyliklarni yaratuvchi tabaqalar, shuningdek, ma‘naviy-madaniy boyliklar, ma‘naviy qadriyatlarni yuzaga keltiruvchi tabaqa - aqliy mehnat ahli shakllana boshladi. Hozirgi o‗zbek xalqining qadimgi davr madaniyati Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar madaniyati bilan chambarchas bog‗liq holda ravnaq topgan. Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e'tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o‗zaro tasiri ostida ro‗y berganligini ko‗ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida ―Buyuk ipak yo‗li‖ning roli benihoya katta bo‗lgan. M.a. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlariga kelib, O‗rta Osiyoda Baqtriya, So‗g‗diyona va Xorazm kabi madaniy jihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo‗ldi. Mazkur davlatlarning qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madanivatlarining ta‘siri ostida ro‗y bergan. Qadimgi moddiy va ma‘naviy madaniyatimiz haqidagi ma‘lumotlarni, eng avvalo, ―Avesto‖dan, shuningdek, yunon tarixchilari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Arrian, Diodor, Strabon, Pompey Trog, Yustin asarlaridan olish mumkin. Diniy dunyoqarashning murakkablashuvi natijasida tabiat hodisalariga nisbatan dualistik qarashlar shakllana boshlagan. Insonga foydasi tegadigan, inson uchun hayot manbayi bo‗lgan hodisalarning o‗z xudolari yoki homiylari mavjud degan tushunchalar vujudga kelgan. M.a. II ming yillik oxirlariga kelgach, Eron va Markaziy Osiyoda Quyoshga sig‗inish ancha takomillashib, uning zaminida insonga quyoshdek yorug‗lik va issiqlik in‘om etuvchi olovga sig‗inish – otashparastlik e‘tiqodi vujudga keladi. Olovni quyoshning yerdagi o‗g‗li, degan tasavvurlar chuqurlashadi va Quyosh 18 xudosi Mitra, suv xudosi Anaxita va boshqalarga e‘tiqod qilish otashparastlik e'tiqodiga qo‗shilib ketadi. Eron va Markaziy Osiyoda otashparastlik dini - zardushtiylik hukmron dinga aylanadi. Zardushtiylik ta‘limoti va e'tiqodlar asosi uning muqaddas kitobi ―Avesto‖da bayon etiladi. Shuningdek, bu yozma madaniy yodgorlik qadimgi Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va boshqa Sharq mamlakatlarining tarixi, ijtimoiy- iqtisodiy madaniy va maishiy hayoti, tili, yozuvi, xalq og‗zaki ijodi haqida ma‘lumot bemvchi asosiy manbadir. ―Avesto‖ olimlarning taxminlariga ko‗ra, m.a. I ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan. ―Avesto‖ ko‗pchilik manbalarda 21 nask- kitob (qism) dan iborat bo‗lgan deb ta‘kidlanadi. Beruniy o‗zining ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ nomli asarida ―Podshoh Doro ibn Doro xazinasida o‗n ikki ming qoramot terisiga tillo suvi bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashkadalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‗ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun «Avesto»ning beshdan uchi yo‗qolib ketdi. Avesto o‗ttiz nask- (qism) edi. Majusiylar qo‗lida o‗n ikki nask chamasi qoldi‖, - deb yozadi. Bizgacha yetib kelgan «Avesto» quyidagi 4 qismdan iborat: 1. «Yasna» («sajda», «ta‘zim») – xudolar va olovning muqaddasligi, turli xil marosimlar va urf-odatlar haqidagi qism. Bu qismda olovning oliy xudo Ahura (ulug‗) - Mazda (donishmand) izmidaligi, olovning insonning gunohkor yoki gunohsiz ekanligini aniqlab beruvchi xususiyati kuylanadi; 2. «Yasht» – Ahuramazda, yer, quyosh, osmon (havo) va suv hamda insonning ma‘naviy dunyosi (ma‘rifati, axloqi va iymon-e‘tiqodi)ni madh etuvchi alqovlar; 3. «Visparad» – ma‘budlarni sharaflovchi duolar va ibodat (namoz) payti ularga qarata aytiladigan murojaatlar; 4. «Videvdod» – Ahuramazda va Zardushtning savol-javoblari, yomon ruhlar va devlarni yengish yo‗llari va gunohlardan poklanish qoidalari. «Avesto», birinchidan, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk yozma madaniy yodgorlik bo‗lib, o‗zida falsafiy, tarixiy, geografik, etnografik, folkloristik va diniy qarashlar tizimini mujassamlashtirgan o‗tmish ajdodlarimizning nodir yodgorligi, ikkinchidan, avlod-ajdodlarimiz tarixidagi birinchi mukammal diniy e'tiqod manbayi. uchinchidan, bu din islom. nasroniy, yahudiylik, mitraizm va monizm kabi ko‗plab dinlar, ularning marosimlari, diniy e'tiqod lari manbayi vazifasini bajarganligi sababdan ham uning umumjahon madaniyatidagi o‗rni, olam haqidagi tasavvur va tushunchalariga batafsil to‗xtalib o‗tish joizdir. Eng avvalo, «Avesto» otashparastlik axloqining asosini: a) ezgu fikr; b) ezgu so‗z; d) ezgu amal kabi tamoyillardan iboratligini ko‗rsatadi. «Avesto»da kosmogonik tasavvur o‗ziga xos tarzda berilgan. Makondagi barcha hodisalar o‗ziga xos tarzda tushuntiriladi. Barcha hodisalar bir-biriga Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling