Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu: Ilk o„rta asrlar madaniyat va san‟ati Reja
- Eftaliylar davri madaniy taraqqiyoti
Nazorat savollari:
30 1. Qadimgi davr madaniyatining shakllanishida muhim rol o‗ynagan omiдlarni tahlil qiling. 2. Ibtidoiy san‘atning mazmun-mohiyatiga baho bering. 3. Antik davr madaniyati taraqqiyotida ellinistik an‘analar qanday rol o‗ynadi? 4. Kushonlar davri madaniyatining o‗ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 3-mavzu: Ilk o„rta asrlar madaniyat va san‟ati Reja: 1. Eftaliylar davri madaniy taraqqiyoti. 2. Turk hoqonligi davri madaniyati va san‘ati. 3. Arab istilosinig mahalliy madaniyat va san‘atga ta‘siri. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi, mahalliy davlatlar, qo‗rg‗onlar, ko‗shklar, pandus, terrakota, koroplastika arablar istilosi, arab istilosinig mahalliy madaniyat va san‘atga ta‘siri. Eftaliylar davri madaniy taraqqiyoti Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi bir davlat - Eftalitlar davlati paydo bo‗ldi. Eftalitlar qadimgi Orolbo‗yi ko‗chmanchi massagetlar avlodlaridan bo‗lib, o‗z davrida o‗ta jangariligi va hujumkorligi bilan ajralib turganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo‗ylarigacha bo‗lgan katta hududlarni o‗zlariga bo‗ysundirganlar. Hatto, sosoniylardan bo‗lgan podshoh Peruzni ham (459484) mag‗lubiyatga uchratib, eroniylarni o‗lpon to‗lashga majbur qilganlar. Qabila-urug‗larning azaliy an‘analariga qat‘iy bo‗ysungan hamda ko‗chmanchi va yarimko‗chmanchi hayot kechiruvchi eftaliylarda ko‗p erlilik (poliandriya) an‘anasi, ya‘ni aka-ukalarning bir ayolni xotinlikka olishi hamda zodagonlarning ko‗p xotin olish an‘anasi, yuqori tabaqa vakilining 20 va undan ortiq do‗stlarga ega bo‗lishi va vafot etganda o‗zining sevimli oti va do‗stlari birgahkda dafn etilishi kabi an‘analar qonun darajasida bo‗lgan. Eftalitlarda hokimiyatni boshqarish maxsus kengash zimmasida bo‗lgan. Hokimiyat tepasida kengash ma‘qullagan kishi turgan. U taxtni kengash tasdiqlagan qonun asosida boshqargan. Qabul qilingan huquq me‘yorlari barcha uchun qat‘iy qonun tusiga ega bo‗lgan. Masalan, o‗g‗rilik uchun kim boiishidan qat‘yi nazar, eng avvalo, o‗g‗irlangan mol o‗n baravar qilib undirib olingan, so‗ngra o‗lim jazosiga mahkum etilgan. Eftalitlarning kuchli davlatga ega bo‗la borishi ularning o‗troqlashuviga olib kelgan, sun‘iy sug‗orish shoxobchalari kengayib, dehqonchilik madaniyati yuksala borgan. Qalin mudofaa devorlari bilan o‗ralgan istehkomli qal‘alar, qo‗rg‗onlar soni tezlik bilan ko‗paygan. Bu davrda Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va Chirchiq daryolari bo‗ylarida dehqonchilik rivojlanadi. Mazkur daryolardan suv ichuvchi shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etadi. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik, 31 shisha ishlab chiqarish, bo‗zchilik va sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik yuksaladi. Eftalitlar davrida Xorazm, So‗g‗diyona. Baqtriya va Shosh viloyatlarida mustahkam va hashamatli qo‗rg‗onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning gurkirab rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga olib keladi, harbiy qudratini yana oshiradi. Tashqi savdogaipak, bo‗yoq mahsulotlari, rangli shishalar, qimmatbaho tosh, arg‗umoq otlar, matolar, qurol-yarog‗lar chiqariladi. Albatta, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning madaniy hayotiga, balki unga chegaradosh bo‗lgan boshqa davlatlar va mintaqalar bilan bo‗ladigan madaniy aloqalariga ham samarali ta‘sir ko‗rsatadi. Eftalitlar mamlakat ichkarisidagi katta-kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi. Eftalitlar davri arxitekturasida ikki qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga kiigan. Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan baland qilib ko‗tarilgan joyda (eng baland qismi yoki tuproq bilan sun‘iy ravishda ko‗tarilgan balandlik – pandus tepasiga) qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro viloyati hududida joylashgan qadimgi Varaxsha, Poykand shaharlari, Xorazmdagi Tuproqqal‘a shahri, Qashqadaryo viloyatidagi qadimgi Zahhoki Moron qasrlari ana shunday sun‘iy tepalik ustiga quriigan bo‗lib, tashqi ko‗rinishidan nihoyatda mahobatli bo‗lib ko‗ringan. Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki qasrning tashqi mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e‘tibor berilgan. Ichki devorlar rangli suratlar, naqshlar va haykallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida quriigan qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o‗zining nafaqat tabiiyligi, rangdorligi, balki maishiy hayotning bir bo‗Iagini badiiy tasvirlashi bilan ham ajralib turadi. Haykaltaroshlikda ko‗proq terrakota (loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar) va koroplastika (ayollar haykali) haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va o‗xshash tomonlari ko‗zga tashlanib turgan. Ma‘bud yoki ma‘budalar haykallari (albatta yirik va ulkan haykallar yasalmagan)da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o‗z ifodasini topgan. Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal'a (hozirgi Xorazm hududida), qadimgi Chochdagi Oqtepa qal‘asi, qadimgi Varaxsha qo‗rg‗onlan shaharsozlikning namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo‗ig‗onini olib qarasak, eftalitlar davrida me'morchilik san'ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo‗lamiz. Varaxsha qo‗rg‗oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy suratlar biian bezatilgan. Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling