Guliston davlat universitеti
Yevkratidning oltin tangasi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Yevkratidning oltin tangasi
26 yunon xudolari baqtriyaliklar e‘tiqod qiluvchi Mitra singari boshidan nur sochuvchi xudo shaklida tasvirlangan. Yunon-Baqtriya davlati hududida hukmron til - yunon tili, tarixi, adabiyoti va madaniyatini o‗igatishga mo‗ljallangan va uni targ‗ib qiluvchj ko‗plab maktablar, gimnaziyalar, teatrlar, kutubxonalar tashkil etilgan. Yunonlar o‗z san'atlarining hukmronligiga erishishga harakat qildilar. Natijada mahalliy xalqning, ayniqsa, shahar aholisining doimiy ko‗z o‗ngida namoyon bo‗lib turuvchi va yunoncha ruhni sezdirib turuvchi san‘at turlari: arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san‘atga mahalliy xalqning diniy e‘tiqodi va ruhiyatiga chuqurroq kirib borish maqsadida yunon xudolariga e‘tiqod qilishni yoyishga aloliida e'tibor berdilar, yunoncha uslub asosida qurilgan shaharlarni bunyod etdilar. Bu shaharlar jumlasiga hozirgi shimoliy Afg‗oniston hududidagi qadimgi Oyxonum, hozirgi Tojikiston hududidagi qadimgi Saksanoxur va Taxtisangin, hozirgi O‗zbekiston hududida qurilgan qadimgi Dalvarzintepa, shuningdek, Yerqo‗rg‗on Aleksandriya Esxata (chekka Aleksandriya) va boshqa shaharlarni kintish mumkin. Mazkur shaharlar arxitekturasida yunonlarning Ioniy va Korinfcha uslublaridan, bazalt ustunlar, ustunlarning muqarnas qismida akanf yaproqiari, palmetta tasvirlaridan keng foydalandilar. Eng yirik shaharlardan biri hisoblangan Oyxonum (Amu Aleksandriyasi)ga alohida e‘tibor beradilar. Unda Yunoniston ruhini sezdirib turuvchi teatrlar, gimnaziyalar, kutubxona, yunon xudolari uchun ibodatxona, qasrlar, saroylar, haykallar bilan bezatilgan favvoralarni quradilar. Bu sa‘y-harakatlar, birinchidan, mahalliy xalqning haykaltaroshligi, arxitekturasi, tasviriy san‘ati va badiiy hunarmandchiligiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan bo‗lsa, ikkinchidan, mahalliy xalq san‘atining rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Ellinistik san‘atning mahalliy xalq san‘atiga ko‗rsatgan ta‘siri, eng avvalo, mahalliy san‘atkorlarning ellinlar san‘atidan andaza olishi, ya‘ni unga taqlid qilishi shaklida (yuqori qismida haykalning bosh qismi o‗matilgan, Zevs va Dionis haykallari tagliklari, Afrodita haykallarining topilishi), ikkinchidan, yunonlar san‘atiga mahalliy san'atkorlarning ijodiy yondashuvlari shaklida (Gerakl, Afina va Nikalarning sopoldan yasalgan terrakota haykalchalari) ko‗zga tashlanadi. Yunon arxitekturasi uslublari binolarning tashqi ko‗rinishlarida ham o‗z ifodasini topgan. Ayniqsa, binoning devor peshtoqlarida piramon (peshtoqda naqsh yoki bo‗rtma haykalchalar)dan foydalanilgan. Masalan, qo‗hna Ayritom shahri xarobalari o‗rganilganda, bino peshtoqida ishlatilgan 7 ta piramon topilgan. Yunon-Baqtriya davlatida nafaqat arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san'at taraqqiy etgan, balki teatr va musiqa san‘atlari ham ancha rivojlangan. Bunga rnisol tariqasida Baqtriya hududidagi Oyxonum shahri xarobalari tagidan topilgan bir nechta teatr qoldiqlarini ko‗rsatish mumkin. Bu teatrlarda yunonlar tragediyalari sahnalashtirilgan. Mahalliy aholiga tushunarli bo‗lishi uchun tragediyalar namoyishida ko‗proq «maskars» (niqob) va «mim» (so‗zsiz harakat) uslublaridan foydalanganlar. Raqs, ko‗zbo‗yamachilik, masxarabozlik, akrobatik harakatlar va musiqa spektakllaniing muhim elementlari hisoblangan. Amaliy bezak san'atida ko‗proq afsonaviy ramzlardan foydalanilgan. 27 Binoning muqamas qismiga sherlar, yirtqich qushlar, burgut yoki arslon boshli, arslon gavdali bahaybat qanotli maxluq – grifonlar, idishlar sirtiga esa turli hayvonlar tasviri tushirilgan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling