Guliston davlat universitеti
Tuproqqal‟adagi “Jangchilar zali”
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Tuproqqal‟adagi “Jangchilar zali”
22 Qadimda har bir rivojlangan davlatning o‗z yozuvi mavjud bo‗lganidek, Qadimgi Xorazm ning ham eng katta ma‘naviy boyligi - yozuvi mavjud bo‗lgan. Qadimgi Xorazm yozuvi taxminlarga ko‗ra m.a. ILI asrning oxirlari va II asrning boshlarida oromiy yozuvi ta‘siri ostida shakllangan. Qadimgi Xorazm yozuvining dastlabki namunasi ilk bor S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiyaning Oybo‗yirqal‘a va Qo‗yqirilganqal‘ada olib borgan tekshiruvlar natijasida topilgan edi. Eroncha «Aspabarak» yoki «Aspabadak» («Otda ketayotgan») so‗zi xumcha chanbaragi ostiga yozib qo‗yilgan. Bundan tashqari yana xumcha va ayolni tasvirlovchi haykalchaning orqa tomoniga yozilgan boshqa yozuvlar ham topilgan. Umuman olganda, qadimgi xorazmliklarning afsonalari, yozuvi va diniy qarashiari qal‘alardan topilgan san‘at va hunarmandchilik namunalari bu o‗lka xalqlarining ma‘naviy madaniyati, estetik didi va dunyoqarashi nihoyatda yuqori bo‗lganligini ko‗rsatadi. Qadimgi davrda madaniy-iqtisodiy jihatdan yuksalgan davlatlardan biri Baqtriya davlati hisoblangan. G‗arb va Sharqqa boradigan savdo yo‗lining markazida joylashgan qadimgi Baqtriya davlati nafaqat Markaziy Osiyo hududidagi moddiy va ma‘naviy madaniyatning taraqqiyotiga, balki o‗ziga qo‗shni bo‗lgan boshqa davlatlarning madaniy-iqtisodiy taraqqiyotiga ham sezilarli ta'sir ko‗rsatgan. Baqtriya yirik shaharlar, qasrlar, istehkomli qal‘alar va ibodatxonalari ko‗p bo‗lgan mamlakat hisoblangan. Shu sababli qadimgi Baqtriya «Shaharlar mamlakati» deb atalgan. Bu shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan. Baqtriyaning shimoliy hududlari (Kobadiyon)dan topilgan «Amudaryo xazinasi» nomi bilan mashhur bo‗lgan buyumlar - 179 oltin, 7 kumush buyumlari va o‗sha zamonda zarb qilingan 1500 dona kumush va chaqa tangalar (ular orasida Yunon-Baqtriya podshohlari — Diodot va Yevtidemlar tomonidan zarb qilingan tangalar ham bor), oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, maijon, quyma oltindan yasalgan odam, ot- arava, echki, g‗oz, baliq va boshqa hayvonlarning haykalchalari, oltin jomlar Yunon-Baqtriya davlatida nafaqat hunarmandchilik va zargarlikning naqadar rivojlanganligidan, balki qadimgi baqtriyaliklarning yuksak estetik tafakkurga ega bo‗lganligidan ham dalolat beradi. Baqtriya davlati eronlik ahamoniylar hukmronligi ostida yashagan paytda Eron madaniyati ta‘siri, ayniqsa, mahalliy xalq tilida sezilarli darajada bo‗lgan. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) boshchiligidagi yunon- makedonlar istilosi davriga kelib yunon madaniyati ta‘siri kuchaygan. M.a. ILI asrdan to Kushonlar davrigacha bo‗lgan uzoq davr davomida qadimgi Baqtriya madaniyatining rivoji bevosita ellinistik madaniyat ta‘siri ostida tadrijiy ravishda rivojlangan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling