Guliston davlat universitеti


Turk hoqonligi davri madaniyati va san‟ati


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

 
Turk hoqonligi davri madaniyati va san‟ati. 
V asrning ikkinchi va VI asming birinchi yarimlarida Oltoy va Janubiy Sibir 
hududlarida uyushgan yangi bir kuch - turk qabilalar ittifoqi vujudga keladi. Bu 
ittifoqning eng ko‗zga ko‗ringan boshlig‗i Bumin VI asrning o‗rtalarida Jujan 
xoqonligiga katta zarba beradi va o‗zining Turk xoqonligiga asos soladi. VI 
asrning 70-80-yillariga kelib, Enasoy daryosining yuqori oqimidan to Amudaryo 
bo‗ylarigacha, Manjuriyadan Kimmeriy Bosforigacha bo‗lgan ulkan hududlar Turk 
xoqonligining tasarrufiga o‗tadi. 
Turklar o‗zlari bosib olgan hududlarning ichki hayotiga aralashmaydilar va 
hokimiyatni yerli sulolalar hukmdorlari orqali boshqaradilar. Natijada, Turk 
xoqonligi tasarrufidagi ko‗plab mayda hokimiyatlar vujudga keladi. Xoqonlikka 


33 
kiruvchi yerli sulolalar hukmdorlarning boyishi uchun xalqni ayovsiz talashi
urug‗-aymoqchilikning kuchayib ketishi va mayda yer egalarining hokimiyat 
uchun zimdan kurash olib borishi tufayli Turk xoqonligi 603-yilda ikki mustaqil 
davlatga - Mo‗g‗ulistonda tashkil topgan Sharqiy turk davlati va Markaziy Osiyo, 
Jung‗oriya hamda Sharqiy Turkistonni birlashtirgan G‗arbiy turk xoqonligiga 
bo‗linib ketadi. 
VII asrning birinchi choragida G‗arbiy turk xoqonligi kuchayib, shimoliy 
chegaralarini Oltoy bududlarigacha, janubiy chegaralarini esa Hind daryosi 
bo‗ylarigacha kengaytiradi. Yettisuv G‗arbiy turk xoqonligining markaziga, Siyob 
shahri esa uning poytaxtiga aylanadi.
G‗arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi o‗troq hayot kechirib, 
dehqonchilik bilan, shaharlar va yirik qishloqlar aholisi savdo-sotiq hamda 
hunarmandchilik bilan mashg‗ul bo‗lganlar. Hunarmandchilikning kulolchilik
to‗qimachilik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik, zargarlik kabi turlari ancha 
rivojlangan. Farg‗ona va So‗g‗diyonada oltin, mis, temir, simob va boshqa 
ma‘danlar qazib olingan. Hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo-sotiqning 
rivojlanishi, birinchidan, o‗troq aholining jipslashuviga sabab bo‗lgan bo‗lsa, 
ikkinchidan, aholining madaniy jihatdan taraqqiy etishining asosiy omili bo‗lib 
xizmat qilgan. 
VII asrning boshlariga kelib ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi, savdo- 
sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etishi yangidan yangi shaharlar va 
qishloqlarning vujudga kelishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Buxoro, Zarafshon
Qashqadaryo va Xorazmning keng dashtlarida yangi qo‗rg‗on va qal‘alar qurilib, 
ularga suv chiqarilib, atroflar obodonlashtiriladi. 
Bu davrga kelib, xoqonlik hududida ko‗plab qal‘alar, qo‗rg‗onlar, qasrlar, 
saroylar, ko‗shk va sardobalar qurilishi keng avj oladi. Bu inshootlarning 
qurilishida, 
birinchidan, 
hunarmandchilik, 
ikkinchidan, savdo-sotiq, uchinchidan, mahalliy 
hukmdorlarning shuhratparastligi (chunki ular 
o‗zlarini 
haqiqiy 
hukmdor, 
xoqon 
deb 
hisoblaganlar), 
to‗rtinchidan, 
markazlashgan 
xoqonlik tomonidan boshqarilsa-da, yerli mayda 
feodal hokimlar o‗rtasida o‗zaro nizo, bir-biriga 
ishonchsizlik tufayli o‗z-o‗zini himoya qilishga 
bo‗lgan intilish kabi sabablar muhim rol 
o‗ynagan. Shu boisdan mazkur arxitektura 
inshootlarining qurilishi bir necha baravar oshib 
ketgan. Masalan, Xorazm vohasidagi Burgut qal‘a 
mavzeyida 100 ga yaqin, Buxoro atrofida 4000 ga 
yaqin qasrlar, Chochda 50 dan ortiq katta-kichik 
istehkomlar, yirik yer egalari qo‗rg‗onlari, ko‗shk va obod qishloqlar qad ko‗taradi. 
Markaziy Osiyoga shimoldan turkiy qabilalarning ko‗chib kelishi natijasida 
(m.a. 2 asrdan boshlab) turkiy lahjalar va shevalarda gaplashish odat tusiga kitgan. 
Turkiy til so‗g‗d va yunon tillari bilan bir qatorda muomala tiliga aylangan, ya‘ni 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling