Guliston davlat universitеti
Xorazmdagi Yakkaparson qo'rg'oni
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Xorazmdagi Yakkaparson qo'rg'oni
32 turaijoylari ichki bezagida sujetli tasviriy san‘at asarlari va turli xil naqshlardan foydalanish odatiy tusda bo‗lgan. Masalan, Bolaliktepa qasri devorlariga tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin bo‗yoqlar bilan chizilgan bo‗lib, unda gilamchalar ustida juft-juft bo‗lib tiz cho‗kib o‗tirgan erkak va ayollar tasvirlangan. Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi VI asrda eftalitlar hukmdori huzurida bo‗lgan budda kohinini hayratga solgan saroy zodagoni ayollarini eslatadi. Eftalitlar davrida diniy e‘tiqodlar xilma-xilligi - zardushtiylik, Anaxita va Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud bo‗lgan. Buxoro vohasida esa ko‗proq Siyovushga e‘tiqod qilish rivojiangan. Siyovushga e‘tiqod qiluvchilar Navro‗z kuni uning qabri atrofida katta bayram o‗tkazganlar. Bu bayram «Navro‗zi kishavarzon» — «Dehqonlar navro‗zi» deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush dafn etilgan joyni aziz tutganlar va unga atab har yili har bir erkak Navro‗z kuni Quyosh chiqmasdan o‗sha joy da bittadan xo‗roz so‗yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o‗ldirilishiga bag‗ishlab aytgan marsiyalari bo‗lib, u barcha vitoyatlarida mashhur bo‗lgan. Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo‗shiq qilib aytgan. Qo‗shiqchilar uni «otashparastlar yig‗isi» deb ataganlar. Shuningdek, Eftalitlar davrida O‗rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda money dini keng tarqala boshlaydi. Moniychilik tasviriy san‘atni diniy marosimlarga olib kiradi. Tuproqqal‘a (Xorazm), Varaxsha (Buxoro) va Panjikent (Tojikiston Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari bu fikrimizning dalili bo‗la oladi. Xususan Panjikentdagi suratda motam marosimi tasvirlangan. Eftalitlar o‗z urf-odatlari, ayniqsa, dafn marosimlariga ko‗ra kuchli tabaqalanishga ega bo‗lganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa qo‗yilgan. Boy- badavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi maxsus tayyorlangan tosh dahmaga qo‗yilgan. Urug‗ boshlig‗i vafot etganda, juda katta tantana bilan dafn marosimi o‗tkazilgan. Odatga ko‗ra urug‗ning eng boy-badavlat kishilari 20 va undan ham ko‗proq sodiq do‗stlarga ega bo‗lgan. Xulosa qilib aytganda, eftalitlarning 100 yildan oshiqroq hukmronligi davri Markaziy Osiyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qabilalarning qo‗shilishi, iqtisodiy va madaniy hayotning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling