Guliston davlat universitеti
Moniylik kohinlari tasvirlangan
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Moniylik kohinlari tasvirlangan
surat va so'zdcha yozuv. Tarim vodiysi 37 asrda uyg‗ur xoqonlari moniylikni davlat dini deb e‘lon qiladilar. Xitoy imperatorlari esa so‗g‗dlarga xitoy hududlarida ibodatxonalar qurishga va moniylikni targ‗ib qilishga ruxsat beradi. Moniy va uning izdoshlari o‗z ta‘limotlarini targ‗ib qilishda san‘atga, ayniqsa, uning musiqa va tasviriy san'at turlariga alohida e‘tibor beradilar. Turk xoqonligi davridagi haykaltaroshlik va qo‗shiqchilik san‘atlarining rivojlanishida buddaviylik va zardushtiylikning o‗rni ham beqiyos katta bo‗lgan. Sababi, buddaviylikda Budda ibodatxonalari va stupalar bezagida nafaqat terrakota haykalchalar, balki relyefli va gorelyefli haykallardan ham keng ko‗lamda foydalanilgan. Mazkur haykallarda Budda va uning izdoshlari hisoblangan bodhisatvalarning haykallari yaratilib ibodatxonalarga joylashtirilgan. Zardushtiylik dini esa qo‗shiqchilik san‘atining rivojiga beqiyos darajada katta ta‘sir ko‗rsatgan. Chunki, zardushtiylar ibodatida Ahuramazda va boshqa ezgu kuchlar qo‗shiq bo‗lib kuylanuvchi goxlar (qo‗shiqlar) orqali madh etilgan, yovuz ruhlarga la‘nadar o‗qilgan. Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko‗chib kelgan turkiy qavmlar o‗rtasida shomonga e'tiqod qilish ham saqlanib qolingan. Chunki ko‗chmanchi chorvador qavmlarda hali urug‗ jamoasi an‘analari saqlab qolingan edi. Xuddi shuningdek, tuproq, suv, olov va havoni yaratgan Ko‗k tangriga e‘tiqod qilish, unga atab ot, sigir, va qo‗y qurbonlik qilish marosimi ancha muqim bo‗lgan. Turkiy qavmlarning olovga e'tiqodi nihoyatda yuqori bo‗lgan. Chunki ularning tasavvuriga ko‗ra olov tozalovchilik xususiyatiga ega. Qadimgi turklarda qavmga begona bo‗lgan kishi ular yashayotgan hududga kirganda yoki qavm oqsoqoli (hukmdori) huzuriga kirayotganida albatta ikki olov orasidan o‗tish shart bo‗lgan. Turk xoqonligi davriga kelib, buddaviylik markazlari O‗rta Osiyoning madaniy jihatdan birmuncha rivojlangan markazlari Buxoro, Balx va Bomiyonda saqlanib qolingan. Arablar istilosi arafasida Buxoro hududida ko‗plab buddaviy ibodatxona (Vihara)lar saqlanib qolingan. Arablar Poykent shahrini ishg‗ol qilganlarida shahardagi ibodatxonalarda kumushdan yasalgan budda butlarini to‗plab, eritadilar. Islom dinining Turk xoqonligi hududiga kirib kelguniga qadar, mamlakatda turli xil bayramlar nishonlangan. O‗rta Osiyo xalqlarining asosiy odat, marosim va bayramlari koinot, tabiat, fasllar va mehnat faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan. Ajdodlarimiz koinotda yer harakati bilan bog‗liq to‗rt ulug‗ kunni ham belgilab, nishonlashga odatlanishgan: tabiatning kun-tun tengligi - Navro‗z; yozgi quyosh turishi, suvga ehtiyoj kuchaygan vaqt - Angom (Vaxshangom); kuzgi tengkunlik- Mehrjon (Chir-ruj, Nim-sarda); qishgi quyosh turishi, sovuq avjiga chiqqanida (qishki chilla) isitishga ehtiyoji kuchaygan paytda Sada-Olov bayrami (gulxanlarda isinish) kabilarni uyushtirishgan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling