Guliston davlat universitеti
Miniatura, musiqa san‟ati va badiiy adabiyot
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Miniatura, musiqa san‟ati va badiiy adabiyot
Amir Temur davrida Samarqandda o‗ziga xos miniatyura rassomlik maktabi qaror topdi. Tasviriy san‘atda Temuriylar maktabining asoschisi Ustod Gung sanalgan. Uning shogirdi buxorolik Ustod Jahongir bo‗lgan. Ustod Jahongir Pir Sayid Ahmad Tabriziyga ustozlik qilgan. Samarqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Tahliliy, Pir Ahmad bog‗i Shamoliy, Muhammad Bin, Muhammadshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqir Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari Hirotga ko‗chib o‗tdi. Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‗chirma-xomaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‗lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‗unligi xarakatlar aniqligi, qiyofalarining o‗z o‗rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi. Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin sur‘atlar «Zafarnoma» ning dastlabki ko‗chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‗chirilgan «Zafarnoma» da keltiriladi. Dastlab Mirak naqqosh boshlangan va Behzod yakunlangan ushbu miniatyura kopozitsiyasi va serjilo bo‗yoqlarning uyg‗unligi ajralib turadi. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va shahzodalar bor bo‗yida tasvirlangan. Abul Xayya tarixiy asarlarida ishlangan miniatyuralarda ham Amir Temur va Temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlangan. Xalil sulton davrida ishlangan ayrim minityuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‗ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlagan. Temuriylar tasvirlangan ko‗plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatifa rasm chizilgan davr yoki rassom, joy maktab ko‗rsatilmagan. Biroq bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‗- Temurning gerbiuning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‗bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek tabiat tasvirida to‗q yashil va jigarrang ko‗pligi, kiyimlar turkiy millatiga xos Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling