Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Registon maydoni
69 Bahodir tomonidan 1619-1636 yillar mobaynida qurilgan. Madrasa tarxi to‗rtburchak, ikki qavatli. Peshtoqda qizg‗ish zarhal tusli sher oxuni quvayotgan manzara tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonidan gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Ravoqli ayvon yozda darsxona vazifasini o‗tagan. Bu betakror tarixiy yodgorlikni me‘mor-muhandis Abdul Jabbor Samarqandiy, naqqosh Mxammad Avaz Samarqandiy, xattot va koshinkor Hasan Begisi Samarqandiy, kulol Muhammad Jabbor Samarqandiy bunyod etganlar. 1960-1964 yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkor naqshlar qayta tiklangan. Tillakori madrasasi – 1646/47-1659/60 yil yillarda Yalangtoshbiy tomonidan qurilgan. Dastlab ―Yalangtoshbiy kichik madrasasi‖ deyilgan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorida oltin sarflangani uchun ―Tillakori‖ (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlangan. Tillakori madrasasidan shahar Jome masjidi va madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun ham madrasa masjidi katta va serhashamligi bilan ajralib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga etkazilmagan va bir necha bor ta‘mir qilingan. 1817 yida Amir Xaydar buyrug‗i bilan zilziladan zarar ko‗rgan peshtoqi qayta tiklanish jarayonida shakli buzilgan. Xo‗ja Ahror majmuasi-Samarqand atrofidagi me‘moriy yodgorlik bo‗lib, uning yaqinida turli davrlarda bun‘yod etilgan Nodir devonbegi madrasasi, ikki ayvon , masjid, minora, hamda hovuzli hovlidan iborat majmua. Majmuani markazi 8 yoqli hovuz, uning janubda Xoja Ahrorning oq marmarli qabr toshi bor, qabr toshiga arab yozuvida xusnixat bilan marsiya yozilgan, hovlida g‗arb tomonida bezaklari XVII asrga xos bo‗lgan ayvon joylashgan. XVII-XVIII asrlarda Turkistonda hukmronlik qilish uchun o‗zaro kurashlar, boshboshdoqlik, parokandalik avj oldi. Bu esa madaniyatga salbiy ta‘sir etmay qolmadi, nisbiy tushkunlik, oldingi yutuqlarni yo‗qotish susayish bu davr madaniyatini tasvirlovchi xislatlar bo‗lib qoldi. Madaniyat sohasidagi ayrim yangiliklar, o‗zgarishlar asosan Buxoro va Samarqand, qisman Xiva shaharlari bilan bog‗liq bo‗ldi. Umuman XVI-XVIII asr birinchi yarmi madaniyatida ilm fan, xususan, tabiiy fanlarning o‗rni susayganini, diniy bilimlar diniy taa‘subning roli kuchaya borganini ko‗ramiz. O‗zaro urushlar tufayli tashqi olam bilan aloqalar, ma‘naviy-madaniy munosobatlarining kamayib ketishi ham madaniy xayotidagi ma‘lum beqarorlikka, yangiliklaridan uzulib qolishga olib keldi. Ilm fan, madaniyat sohasida oldingi erishilgan yutuqlar ham o‗z ta‘sirini yo‗qotib, ularga murojat etish o‗rniga diniy ta‘limlar kuchayganini ko‗ramiz. Natijada bu davrda an‘anaviy Islom uning qoydalari jamiyat hayotida hal etuvchi o‗rnini egallab, tasavvuf, xususan Naqshbandiya ham ma‘naviy hayotdagi oldingi ta‘sirini yo‗qota bordi. Shu bilan birga bu davrda turkiy-o‗zbek tilidagi ba‘diy adabiyot namunalarining borgan sari ko‗paya borganini, adabiyot, she‘riyat ma‘naviy xayotining eng muxim asosiy sohasiga aylanib, an‘anaviy lirik asarlar bilan birga shoir, adiblar dunyoviy xayot qiyinchiliklari, diniy taasubning kuchayishiga bo‗lgan noroziliklari, sufiyona fikrlarini she‘riyat orqali ifoda etishga intilganliklarini ko‗ramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling