Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Mir Arab madrasasi 


66 
mobaynida qurilgan. Mir Arabning asl ismi Said Abdulloh bo‗lib, naqshbandiya 
tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan. U madrasa qurilishini nihoyasiga 
etkaza olmagan, 1536 yili vafotidan so‗ng vasiyatiga ko‗ra kuyovi Zakariyo 
qurilishini oxiriga etkazgan. Mir Arab madrasasi Minorai Kalonning qarshisida 
joylashgan. Bu madrasada O‗rta Osiyoda diniy maktablari qurilishiga xos 
an‘anaviy loyiha va mujassamlik o‗z ifodasini topggan. Buxoroning 2500 yilligi 
munosobati bilan madrasa peshtoqi va gumbazlaridagi to‗kilib ketgan koshinkor 
naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.
Masjidi Kalon - (fors-katta masjid) Buxorodagi me‘moriy yodgorlik. XII 
asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga XIV-XV asrlarda qurila boshlanib, XVI 
asr boshlarida ta‘mir etilgan. Imoratning tashqi etti eshigi bo‗lib, asosiy sharqiy 
darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq oldidagi sahnada 
kichik ko‗shk (pavilon) qurilishini XX asrda usta Shirin Murodov ishlagan. 
Mag‗oki Attoriy masjidi-Buxorodagi memoriy yodgorlik (X-XVI asrlar) 
Mag‗ok (chuqurlik) va Attor bozori yaqinida joylashgani sababli shunday 
nomlanadi. Qadimgi to‗rt ustunli Moh masjidi (IX asr) o‗rnida XII asrda eski 
loyiha asosida qayta qurilgan. XIV asrda ta‘mirlangan. XV asrda peshtoqining 
yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541-1542) yillar binoning yuqori 
qismi gumbazlari qayta qurilgan Mag‗oki Attori masjidi bezaklari Buxoro 
memorchilik maktabining yuksak namunasi sifatida O‗zbekiston me‘morlik 
tarixida alohida o‗rin tutadi.
Madarixon madrasasi-Buxoroda 1566-1567 yillarda Abdullaxonnig onasi 
sharafiga qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxon Madrasasi qarshisida 
joylashgan bu madrasa XVI asr Buxoro me‘morchiligiga xos ravishda ikki 
chekkasi pishiq g‗ishdan terilgan, o‗rtasi siniq g‗isht bo‗laklari bilan to‗ldirilgan. 
Madrasa binosi 1997 -1998 yillarda ta‘mirlangan.
1580 yillarda bino qilingan 
Govkushon majmuasi-XVI asr Buxorodagi 
memoriy yodgorlik, Joybor shayxlari qurdirgan madrasa, masjit, minora, hovuz va 
saroydan iborat majmua. (Gavkushon-Qassoblar bozori ma‘nosida). Madrasa va 
masjid o‗rtasidan Shoxrud arig‗i o‗tgan. 1930 yillarda hovuz ko‗mib tashlangan.
Fayzobod xonaqohi – 1598-1599 yillarda Buxoroda qurilgan memoriy 
yodgorlik. U Abdullaxon II davrida Do‗stun Devon Begi tomonidan bino etilgan. 
Xonaqohiy uch tomonidan ravoqli bostirma (galereya) o‗rab turadi. Fayzobod 
xonaqohi aynan ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. 
Vayronaga aylangan imorat XX asrning 70-80 yillarida Buxoro maxsus ilmiy 
ta‘mirlash ishlab chiqarish ustaxonasi tomonidan qayta tiklangan.
Toqi Zargaron-taxminan 1559 yillarida 
Buxoroda qurilgan – zargarlik buyumlari sotish 
uchun mo‗ljallangan savdo markazi. Gumbazi 
Arablar bosqiniga qadar qurilgan deb taxmin 
qilinadi. Bu yodgorlik XVI asr boshlarida 
Vosifiyning yozgan asarida Buxoro Chorsusi 
sifatida tilga olingan. Toqizargaron Ulug‗bek 
madrasasi yonida joylashgan. O‗tmishda bu erda 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling