Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Yangi usul maktabi
80 vakillari va jamiyatning ilg‗or ma'rifatparvar kishilarining roli benihoya katta bo‗lgan. Chunki shakllanib kelayotgan mahalliy burjua vakillari mahalliy yoshlarning zamonaviy fan va texnika, savdo-tijorat ishlari bilan shug‗ulanishlaridan manfaatdor edilar. Bu maktablar o‗z oldiga yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish vazifasini qo‗yadi. Mashg‗ulotlar sinf xonasida o‗tkazilib, ko‗rgazmali quroflardan foydalanish, partada o‗tirish, mashg‗ulotlar o‗rtasida tanaffus qilish joriy etilgan. O‗quv dasturlarining yarmi dinga oid va yarmi ilmiy bilimlarga ajratilgan. Bu usuldagi maktablarning milliy ruh bilan sug‗orilganligi va milliy madaniyatning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatishini sezib qolgan ms amaldorlari ularni yopib qo‗yish payiga tushib qoladilar. Madrasalarni bitirib chiquvchi ruhoniylarning ta‘sirini susaytirish uchun esa mahalliy yoshlarning Buxoro va Samarqanddagi tajribaga ega bo‗lgan madrasalarga borib o‗qishini cheklay boshlaydi. Rossiya imperiyasi amaldorlarinmg fikricha, Turkiston o‗lkasi yirik musulmonchilik markazlaridan biri bo‗lib, aholining ruslar bilan yaqinlashuvi va ularning manfaatiga xizmat qilishi islom dinining ta‘sir doirasi qisqargan taqdirdagina amalga oshuvi mumkin edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‗sib kelayotgan yosh avlodga, uning ruhiyatiga va dunyoqarashiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni musulmon maktablaridagi ta‘lim-tarbiyani rus maktablaridagidek umumta‘lim bilan almashtirish, ruslar tomonidan tashkil etilgan maktablarni bitirgan mahalliy yoshlarni xizmatga tortish zarur deb topiladi. Shu maqsadda rus amaldorlari dastlab rus-tuzem maktablarini ochishga kirishadilar. 1884-yilda Toshkentda birinchi shunday maktab ochildi. Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan ma‘naviy zulmi yerli xalqning iig‗or ftkr egalari va asl vatanparvarlarini harakatga keltiradi. Ular kuch ishlatish orqali istilochilar olib borayotgan jabr-zulmni yengib bo‗lmasligini anglab yeta boshlaydilar. Faqat ma‘rifat tarqatish orqaligina xalqning ongi va dunyoqarashini o‗zgartirish, toptalayotgan milliy qadriyatlarni tiklash, milliy o‗zligini anglatish mumkinligini tushunib yetadilar. Natijada o‗lkada ma‘rifatparvarlik harakati avj ola boshlaydi. Mazkur harakat quyidagi ikki yo‗nalishda vujudga keladi: a) ma‘rifatchilik harakati, ya'ni Yevropa tillari, ilm-fani va texnikasi yutuqlarini egallashni targ‗ib qiluvchi ilg‗or fikr egalari; b) ta‘lim tizimini isloh qilish, yangi uslubdagi maktablarni tashkil etish. chet mamlakatlarga borib o‗qib kelish, dunyoviy ishlarni egallash orqali mustamlakachilikka qarshi kurashish va ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilish g‗oyasini ilgari suruvchi jadidchilik harakati faoliyat ko‗rsatgan. Ma‘rifatparvarlik harakati vakillari - Ahmad Donish, Avaz 0‗tar, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Anbar Otin, Hamza va boshqalar asosan Yevropaning ilg‗or ilm- fani va texnikasini o‗rganishni, feodal tuzumi va tartiblarini bartaraf etishni, Yevropaning tillarini o‗rganishni o‗zlarining asarlari orqali targ‗ib qila boshlaydilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Turkistonda ijtimoiy-tarixiy jarayonlar va Rossiya tarkibiga kiruvchi turli xalqlarning ilg‗or fikr egalari ta'siri 81 natijasida ijtimoiy-falsafiy oqim darajasiga ko‗tarilgan jadidchilik harakati yoyila boshlaydi. O‗sha davrning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‗zgarishlarini o‗zida mujassamlashtirgan jadidchilik harakatining yoyilishida, birincliidan, mahalliy aholini ruslashtirish siyosatiga qarshi vujudga kelgan kurashlar, ikkinchidan, ma'rifat tarqatish orqali aholining milliy qiyofasini va kuchli zarbaga uchrayotgan miliiy-ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolishga, aholini feodal qoloqlkdan olib chiqishga bo‗lgan harakatlar muhim rol o‗ynagan. Albatta, bu harakatning Turkistonda amalga oshiradigan ishlari silliqqina kechmagan. Jadidchilar dastlab diniy mutaassibchilikning kuchli qarshiligiga, so‗ngra, yerli aholini qoloqlikda saqlab turishga harakat qilgan ms ma'muriyati tazyiqiga duch keldilar. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishida qrim-tatar xalqining ulug‗ farzandi Ismoil Gaspirali (Gaspirinskiy) muhim rol o‗ynadi. U Turkistonga kelib jadidchilik g‗oyalarim targ‗ib qila boshladi va hatto Buxoro amiri Abdulahadxon bilan uchrashib, jadid maktabini ochishga ruxsat oldi. Uning sa‘y- harakatlari tufayli Turkiston o‗lkasida jadidcliilik maktablari ochila boshladi. Jadidchilik harakatining asosida Turkiston xalqini ma‘rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko‗tarish g‗oyasi yotardi. Bu g‗oyani faqatgina maorifni tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni o‗qitish orqaligina amalga oshirish mumkin edi. I.Gaspiralining xatti-harakatlari zoye ketmadi. Turkistonda uning Mahmudxo‗ja Behbudiy (1875-1919), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878- 1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat (1884-1938), Ashurali Zohiriy kabi izdoshlari yetishib cliiqdi. Ular jadidcliilik g‗oyalarini o‗zlari tashkil etgan maktablar, gazeta va jurnallar orqali targ‗ibot qila boshladilar. Masalan, Munavvarqori «Xurshid», Abdulla Avloniy «Shuhrat», Behbudiy esa «Samarqand» gazetasi va «Oyna» jurnalini nashr qildirdi. Keyinchalik Turkistonning turli shaharlarida «Kengash», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‗ona», «Najot», «Hurriyat», «Turon», «UIug‗ Turkiston» kabi ommaviy nashrlar chiqa boshladi. Turkiston jadidchilik harakati o‗zining faoliyatini XX asrning 30- yillangacha davom ettirgan. Ularning 1917- yilgi to‗ntarishdan keyingi faoliyati asosida til va adabiyotni isloh qilish, matbuot erkinligi, ko‗plab teatrlar tashkil qilish g‗oyalari yotar edi. XX asr boshlariga kelib Turkistonda milliy teatming shakllanish jarayoni sodir bo‗ldi. Milliy teatrning shakllanishida asosan diniy e'tiqodi bir, tili esa bir- biriga yaqin bo‗lgan ozarbayjon va tatar teatrlarining ta‘siri kuchli bo‗lgan. Ozarbayjonlarning dramatik, prozaik va she‘riy asarlari o‗zbek tiliga tarjima qilina boshlagan. Ozarbayjon adabiyoti va san‘ati vakillari Turkiston o‗lkasiga tez-tez tashrif buyurib turganlar. Albatta, bu teatr truppalarining gastrollari yerli xalq ziyolilariga ta‘sir qilmasdan qolmadi. Natijada, Abdulla Avloniy Ozarbayjon san‘atkorlarining yordami bilan «Turkiston» nomli teatr to‗garagi tashkil etdi. Bu to‗garak o‗zbek yozuvchilarinmg dramalari bilan bir qatorda Ozarbayjon 82 dramalarini ham sahnalashtirib Toshkent, Xo‗jand, Qo‗qon, Namangan, Andijon shaharlarida namoyish qildi. Birinchi о ; zbek dramatui-gi Mahmudxoja Behbudiy «Padarkush» dramasini yozib. Turkiston general-gubernatorligiga yuboradi. Lekin Rossiya imperiyasi senzurasining Turkiston bo‗iimi bu asarni xavfli deb hisoblab, chop qilishga ruxsat bermaydi. So‗ngra Behbudiy pyesaning muqovasiga «Rossiyaning Fransuz istilosidan ozod bo‗lishi va mashhur Borodina xotiralari yubileyiga bag‗ishlayman», deb yozib senzuraning Tiflis bo‗limiga yuboradi. Natijada ozarbayjonlik ilg‗or ziyolilar yordami bilan nashr qilishga ruxsat oladi. Turkiston jadidchilik harakati vakillarining taqdiri ayanchli tugadi. Ular Rossiya imperiyasi davrida ham, sho‗rolar davrida ham ro‗shnolik ko‗rmadilar. «Millatchi», «xalq dushmani», «aksilinqilobchi» degan turli ayblar taqalib qatag‗on qurbonlariga aylandilar. Rus fani va texnikasining O‗rta Osiyo hududlariga kirib kelishi, mahalliy xalq vakillarining madaniyat, ilm-fan va texnikaga bo‗lgan qiziqishlarining kuchliligi sababli XIX asrning ikkinchi yarmidan boslilab Turkiston o‗lkasining Toshkent, Samarqand, Qo‗qon, Andijon, To‗raqo‗rg‗on, Kogon kabi shaharlarida bosmaxonalar ishga tushdi. Natijada bu bosmaxonalarda o‗z davrining ko‗zga ko‗ringan ilm-ma‘rifat vakillari asarlari chop etila boshlandi. Bu davrda O‗rta Osiyoning ko‗pgina joylari tarixini o‗rganish maqsadida, uning geografik joylanishi, hayvonot va o‗simliklar dunyosi, yer usti va yer osti ma‘danlari va boyliklarini izlab topish bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar olib borilgan. 70-yillardan boshlab O‗zbekistonning tabiati, arxeologiyasi, etnografiyasini o‗rganuvchi jamiyatlar tuzildi. 1880 yili Peterburg Fanlar Akademiyasining bo‗limi ochildi. 1873 yili Toshkentda astronomiya va tabiatshunoslikni o‗rganuvchi observatoriya tashkil etidi. Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borishda rus olimlaridan P.P.Semyonov – Tyanshanskiy, A.P.Fedchenko, I.A.Mushketov, N.A.Seversov kabi mashhur geograflar, tabiatshunoslar va geologlar faol qatnashganlar. Rus olimlari O‗rta Osiyo, shu jumladan, Turkistonning geografik va tabiiy olami xaritalarini tuzadilar. Bu xaritalardan Rossiya imperiyasi harbiy maqsadlarda foydalandi. Ijtimoiy fanlarning rivojiga mashhur rus olimlaridan V.V.Bartold, M.S.Andreyev, Ye.E.Bertels, N.P.Ostroumov, V.L.Vyatkin, A.A.Semyonov va boshqalar katta hissa qo‗shadilar. Lekin shuni ta‘kidlab o‗tish zarurki, tabiiy fanlar bo‗yicha ilmiy izlanish ishlarini ohb borgan ko‗pgina rus olimlari O‗rta Osiyoning tabiiy boyliklarini tezroq o‗rganib, Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat qildirish, mavjud barcha boyliklarni Rossiyaga olib ketish, shuningdek, yerli xalqlarning urf-odatlari. xulq- Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling