Sa’dullayev bekzod
Download 34.63 Kb.
|
BEKZOD SADULLAYEV. II-kurs Yakuniy nazorat ishi.
TDShU Tarix va falsafa fakulteti “Fors-ingliz” guruhi II-kurs talabasi SA’DULLAYEV BEKZOD ning “Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi” fanidan yozgan yakuniy nazorat ishi 01.06. 2020-y. 18-variant 1. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasini o‘rganishda folklor ma’lumotlari muhim manba sifatida. 2. O‘zbek xalqini etnografik o‘rganish. 3. Turkman xalqi an’anaviy dehqonchiligi. JAVOBLAR. 1. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasini o‘rganishda folklor ma’lumotlari muhim manba sifatida. Xalqlarni o‘rganishda etnografiya fani nihoyatda keng va xilma-xil manbalardan va usullardan foydalanadi. Shular qatori etnografiya ilmida xalqlarning tarixiy tafakkurini aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi ya’ni folklor na’munalari muhim manba hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodiyoti madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo‘lib, uning ildizi insoniyatning eng qadimgi tarixiga borib taqaladi. Og‘zaki adabiyotning ayrim na’munalari qadimgi yunon tarixchilari va Tabariy, Ma’sudiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn al-Asir kabi Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Qayumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar, To‘maris va Shiroq haqidagi qissalar ham shular jumlasidandir. Barchaga ma’lumki Etnografiya – tarixiy fan bo‘lib, u jahondagi barcha xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy hayoti bilan bog‘liq an’analarini, ularning katta-kichikligi, irqi, ijtimoiy tuzumi, qoloq yoki rivojlangan bo‘lishidan qat’i nazar, teng, bab-baravar o‘rganuvchi muhim ilm sohasidir1. Shuningdek, Etnografiya – dastlab, hozirgi etnoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylanishi va etnik tuzilishi, mashg‘uloti, tarixiy-madaniy munosabatlari, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlari, ma’naviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Bular folklor na’munalarida yaqqol na’moyon bo‘ladi. Shunday ekan xalqlarning etnografiyasini o‘rganishda xalq o‘g‘zaki ijodi muhim manbadir. An’anaviy, urug‘-jamoaviy, xo'jalik munosabatlarini, umuman olganda, turkiy xalqlarga xos milliy-etnik qadriyatlarni tadqiq qilishda «Go‘ro‘g‘li», «Alpomish» kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, rivoyatlar, marosim qo‘shiqlari, matal va topish- moqlarning o‘rni benihoyat kattadir. Yozma adabiyotdan avval paydo bo‘lgan - bu xalq durdonalari turli ijtimoiy qatlam vakillari hisoblangan kishilarning turmush tarzi, ma’naviy qiyofasi, urf- odatlari, ayniqsa, uzoq o‘tmish davrlardagi ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risida g‘oyat qimmatli ma’lumotlar beradi.2 Qolaversa, etnologik tadqiqotlar jarayonida o'tkazilgan tajriba qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashagan xalqlarda ham tarixiy tafakkurning shakllanishi ayrim hollarda tubdan boshqa-boshqa bo'lishi mumkinligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyo xalq og‘zaki poetik ijodida, xususan, xalq ommasining badiiy-ijodiy, amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy, moddiy va nomoddiy madaniyatni xalq og‘zaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi, xalq teatri (tomosha san’ati), xalq o‘yinlari (raqs), xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati, xalq arxitekturasi hamda shu qabilarda xalqlarning etnografiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin3. Ajdodlari ko'chmanchi yoki yarimko'chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan xalqlar hatto hozirgi kungacha o‘zlarining ajdodlari shajarasini yaxshi bilishlari bilan birga, ularning qaysi urug‘ va shu urug‘ning qaysi shoxobchasiga mansubligi, ajdodlari qayerdan kelganligidan tortib ularning an’anaviy mashg‘ulot turlarigacha ma’lum darajada yaxshi biladilar. Shubhasiz, bunday qimmatli manbalar, ko‘pincha, xalq og‘zaki ijod orqali ajdodlardan avlodlarga o‘tib saqlanib keladi. Xalq og‘zaki ijodiga oid materiallar bugungi globallashuv va zamonaviy etnikjarayonlar ta’sirida yo‘qolib bormoqda. Hatto, yaqin kelajakda bunday manbalarning ayrimlari butkul yo‘qolib ketishi xavfi mavjud. Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling