Sa’dullayev bekzod
O‘zbek xalqini etnografik o‘rganish
Download 34.63 Kb.
|
BEKZOD SADULLAYEV. II-kurs Yakuniy nazorat ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaholanki, bu masala etnogenetik jarayonning eng muhim muammolaridan hisoblanadi
- (Ma’ruzalar SE 1947 VI-VII-sonlarida bosilgan).
2. O‘zbek xalqini etnografik o‘rganish. Bugungi kungachaa o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi, etnogenezi, etnografiyasi bilan ko‘plab etnolog va tarixchi olimlar shug‘ullanganlar va bu asosida ilmiy ishlar, kitob va monografiyalar chop etilgan. Albatta Markaziy Osiyo tarixi bilan shug‘ullangan olimlar ko‘p, ularni o‘zining qarashlari va xulosalari bor, biroq birorta ham tadqiqotchi o‘zbek xalqining shakllangan davrini aniq faktlar asosida belgilab bera olmagan. Vaholanki, bu masala etnogenetik jarayonning eng muhim muammolaridan hisoblanadi. Bu masalada olimlarning qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
XIX asrning 40-yillarigacha xorijiy va sobiq SSSRda tarixchi olimlar o‘rtasida o‘zbek xalqining etnik tarixi XV—XVI asrdan, ya’ni Movarounnahr hududiga Dashti qipchok o‘zbeklarining kirib kelishidan boshlanadi, degan fikr hukmronlik qilib kelar edi. O‘rta Osiyo xalqlarining tarixini mukammal o‘rgangan olimlarning ko‘plari bu noilmny fikrlarga qo‘shilmaganlar. Shulardan biri taniqli olim, professor A.Y. Yakubovskiy bo‘lgan. Uning 40-yillarning boshlarida chop etilgan risolasida o‘zbek xalqining shakllanishi masalasiga mutlaqo yangicha, ilmiy asoslar bilan yondashadi. Uning bu masalaga qarashlarini quyidagicha izohlash mumkin: “Ko‘chmanchi o‘zbeklar xozirgi O‘zbekiston hududiga kirib kelganda, ular bu yerda (har holda uning katta qismida), hayot kechirayotgan turkiy aholini uchratadilar. Bu turg‘un turkiy aholi ikki daryo (Amu va Sirdaryo) oralig‘ida eng qadim davrlardan buyon yashab kelayotgan (asosan eron tilli) xalqlar bilan aralashib, qorishish natijasida vujudga kelgan. Dashti qipchoq va XV asrning oxiri — XVI asr boshlarida ko‘chib kelgan ko‘chmanchi qabilalar mahalliy axoli tarkibiga ko‘shilgan komponentlar bo‘lib unga o‘zbek nomini bergan”. A.Y.Yakubovskiyning fikr-mulohazalaridan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqi (etnosi) hozirgi O‘zbekiston hududida Dashti qipchoq o‘zbeklari ko‘chib kelmasdan ancha oldin tashkil topgan. Bu xulosasi orqali olim, o‘sha vaqtlardan hukm surib kelayottgan — o‘zbek xalqi XV—XVI asrlarda tashkil topgan, degan qarashlar g‘ayriilmiy ekanligini aniq tarixiy ma’lumotlar bilan asoslab beradi. Kitobning uchinchi qismida muallif Dashtiqipchoqqa, Jo‘jixon ulusining shimoli-sharqiy qismiga (Oq O‘rdadan) XIV—XV asarlarda ko‘chib kelgan o‘zbeklar, hozirgi O‘zbekiston hududida turg‘un yashovchi aholidan bir muncha farq qilganligini uqtirib o‘tadi. So‘zsiz dashtiqipchoq o‘zbeklari urug‘ qabilachilik an’analarini saqlab, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanib, ko‘chmanchilikda kun o‘tkazib kelganlar. Ularning turmush tarzi, madaniyati O‘rta Osiyoning Markaziy mintaqalarida yashovchi mahalliy turg‘un aholidan fark qilgan . Ammo, ular Movarounnaxr va Xorazm hududiga kelib o‘rnashgach, mahalliy axoli bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natajasida umumiy iktisodiy va madaniy birlik xosil bo‘lan hamda buning asosida keyinchalik o‘zbek millati tashkil topadi. 1942-yili Ikkiichi jahon urushi jadal borayotgan bir vaqtda (21—29 avgustda) sobiq SSSR FA Tarix va falsafa bo‘limining tashabbusi bilan Toshkent shaxrida O‘rta Osiyo xalqlarining etnogeneziga bagishlangan ilmiy sessiya o‘tkaziladi. Anjumanda ilmiy jamoaga yaxshi tanilgan olimlar — S.P. Tolstov, A.D. Udalshov, K.V.Trever, I.Umnyakov, A.N. Bernshtam, L.A.Masulevich, M.M. Gerasimov, N.A. Kislyakov, V.V. Ginzburg, A.Y. Yakubovskiy va boshqalar qatnashgan edilar. Anjumanda O‘rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi masalalariga bag‘ishlangan bir necha maruzalar bo‘lgan4 (Ma’ruzalar SE 1947 VI-VII-sonlarida bosilgan). Ma’ruzachilar Markaziy Osiyo mintaqalarida qadimdan yashab kelgan o‘zbek, tojik, qozok, turkman, qirg‘iz va qoraqalpoq xalqlarining etnik tarixi juda qadimdan boshlanganligini va bular bir nscha etnik elementlarni o‘z tarkibiga qamrab olib, murakkab etnik jarayonni o‘tab, avval elat va keyin millat bo‘lib shakllanganligini aniq dalillar bilan isbotlaydilar. Toshkent anjumanida yig‘ilgan olimlarning ma’ruzalari o‘sha davrda keng rivoj topgan shovinistik va millatchilik nazariyalarining asossiz ekanligini fosh qilib, masalaga to‘g‘ri ilmiy yo‘nalish berishga qaratilgan edi. Ma’ruzachilarning barchasi yakdillik bilan xalqlar (etnoslar) bir emas, bir necha etnik guruhlarni o‘zaro yaqinlashishlari, qorishib borishlari natijasida vujudga kelganligini ta’kidlab o‘tganlar5. S.P.Tolstov ma’ruzasida o‘rganilayotgan xalqni ilk davrlarda qaysi hududda, qaysi jamoada bo‘lganligi va shu hududda yashovchi xalqlarni aniqlash O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezini o‘rganishda muhim omil ekanligiga alohida e’tibor beradi. Shu fikrga asoslanib «o‘zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang‘ davlati hududida boshlangan. Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab gurgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» deb ta’kidlab o‘tadi olim o‘z ma’ruzasida.S.P.Tolstov O‘rta Osiyo xalqlarini (tojik, o‘zbek, qozoq, kirg‘iz, qoraqalpoq) elat bo‘lib shakllanish jarayonining nihoyasiga yetish vaqtini va bu jarayon qaysi davlat ichida o‘tganligini taxminiy aniqlaydi. Masalan, o‘zbek ajdodlary alohida elat sifatida shakllanish jarayonining nihoyasiga yetishini X—XII asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida o‘tganligini ta’kidlaydi6. O‘zbek xalqining tarixini yozishga kirishilgan kezlari (XX asrning 40-yillari) uning etnik tarixiga, xususan, etnogeneziga oid qator masalalarda noaniqliklar va xato tushunchalar ham davom qilib kelar edi. Yaratilaetgan o‘zbek xalqining tarixi bu xatolardan xoli bo‘lishi lozim edi. Shuning uchun ham ayrim yetuk olimlar (masalan, S. P. Tolstov, A.Y. Yakubovskiy) mavjud bo‘lgan xatolarga tanqidiy ko‘z bilan qarab, o‘zbek xalqi etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda hal qilishga da’vat etganlar. O‘sha davrlardagi eng ko‘pol xatolardan biri o‘zbek xalqining kelib chiqishini, uning shakllangan vaqtini noto‘g‘ri talqin qilish bo‘lgan. Ayrim tadqiqotchilar o‘zbeklar kelishi, bular xozirgi O‘zbekiston hududiga XV—XVI asrlarda kelgan, unga qadar ular Movarounnaxrdan shimolda, to Irtish daryosi sohillarigacha bo‘lgan kenglikda chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan ko‘chmanchi xalq bo‘lgan, degan fikrda edilar. O‘zbeklarni «kelgindi» deguvchilarning konsepsiyasiga binoan ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahr va Xorazm hududlariga kelgandan keyin (XV asr oxirlari — XVI asr boshlarida) alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllangan, degan xulosa kelib chiqadi7. Etnogenetik masalalardagi xato qarashlar qisman A.Y.Yakubovskiyning 1941-yidda chiqqan risolasida qayd etib o‘tilgan. Muallif 1950-yilda chop etilgan «O‘zbekiston xalqlari tarixi»ning ikkinchi jildi uchun yozgan kirish qismida bu masalaga yana qaytib. noilmiy fikr-mulohazalardan voz kechib, tarixni ilmiy asosda tahlil qilish lozimligini eslatib o‘tadi. 1955-yil o‘zbek xalqining tarixi — «Uzbekiston SSR tarixi» nomi bilan ikkinchi marotaba chop etildi8. Tarixning A.Y. Yakubovskiy tomonidan yozilgan uchinchi qismida «o‘zbek va tojik xalqlarining shakllanishi» deb atalgan maxsus band qo‘shilgan. Mazkur bandda A.Y. Yakubovskiy o‘zbek xalqining shakllanish jarayonini ikki davrga bo‘ladi. Birinchi davr XI—XII asrlargacha bo‘lgan vaqtni, ikkinchi davr XI—XII asrlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi asrlarda o‘zbek elatining shakllanish jarayoni asosan nihoyasiga yetgan, degan fikrni ilgari suradi. A.Y. Yakubovskiyning o‘zbek xalqining shakllanishga oid fikr-mulohazalari O‘zbekiston tarixining uchinchi nashrida ham takrorlanadi9. O‘zbek xalqining shakllanishi haqida 1958-yili o‘zbek tilida, 1974-yili rus tilida nashr etilgan «O‘zbekistop SSR» tarixida ham gap ketadi. O‘zbek tilida chop etilgan bir tomlikda XI asrgacha bo‘lgan davrlarda o‘zbek va tojik xalqlari ko‘p asrlar davomida birbiri bilan yakinlashib, qorishib borish jarayonini o‘taydilar, XI—XII asrlar davomida o‘zbek tili va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘zbek xalqi kelib chiqadi, degan fikr aytiladi. So‘zsiz mualliflar bu yerda, o‘zbek xalqining shakllanish jarayonini va xalq sifatida tashkil topgan vaqtini belgilashda A.Y. Yakubovskiyga ergashganlar va ba’zi noaniqliklarga ham yo‘l ko‘yganlar. Bularda ham XI asrgacha bo‘lgan davr o‘zbek xalqining ko‘p asrlar davomidagi shakllanish jarayoni deyilganu, lekin bu jarayon kachon. qaysi asrdan boshlanganligi haqida xech narsa aytilmagan. O‘zbek tilidagi bir jildlik «O‘zbekiston tarixi» ning mualliflari XI—XII asrlarni o‘zbek xalqining tashkil topgan vaqti, deb ta’kidlaydilar. Yuqorida XI—XII asrlarda o‘zbek xalqining shakllanish jarayonini nixoyasiga yetgan davri deb aytgan edik. Agar A.Y. Yakubovskiyning fikri to‘g‘ri deb topilsa, unda bir tomlikning mualliflari elatning shakllangan vaqti bilan bu jarayonning nihoyasiga yetgan vaqtining farqiga bormaganliklari ayon bo‘ladi. Ma’lumki, xar bir elatning shakllangan vaqti bilan uning shakllanish jarayonining nihoyasiga yetishi uchun ma’lum davro‘tishi kerak bo‘lgan. Agar XI—XII asrlar o‘zbek xalqi shakllanishi jarayonining nihoyasiga yetgan davri deb qaralsa, u xolda bu xalqning elat bo‘lib shakllangan vaqti qaysi davrga to‘g‘ri keladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga A.Y. Yakubovskiy hamda o‘zbek tilidagi bir tomlik O‘zbekiston tarixi mualliflari ishlaridan ham aniq javob topish qiyin. 1974-yilda rus tilida nashr etilgan bir jildlik — «O‘zbekiston tarixi»da «o‘zbek xalqining shakllangan vaqtini X asrda deb bilish kerak» deyilgan. Mazkur kitobda o‘zbek xalqi shakllanishi jarayonining boshlanishi va uning nihoyasiga yetgan vaqti haqida hech narsa deyilmagan bo‘lsa hamki, bunda o‘zbek elatining shakllangan sanasi xakiqatga bir muncha yaqinlashtirilgan. 1933-yil chop etilgan «O‘zbekiston tarixi»ning III jildida «O‘zbeklar xalq bo‘lib asosan X asr oxiri XII asrlarda shakllangan» deyilgan. Bu sana tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki o‘zbek ajdodlari alohida birlik (elat) bo‘lib oldinroq, ya’ni IX—X asr o‘rtalarida shakllangan edi. X asrning ikkinchi yarmi — XI asrda shakllangan o‘zbek elatining iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyati yana ham taraqqiy etib borayotgan davri edi. Bu taraqqiet jarayoni XII asr o‘rtalarigacha davom etib, o‘zbek xalqining elat bo‘lib shakllanish jarayoni, yetakchi olimlar aytganlaridek, nihoyasiga yetadi. O‘zbek xalqining etnogenetik muammolariga O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga bag‘ishlangan yirik monografik asarda ham e’tibor berilgan. Kitobning «Uzbeki».deb nomlangan qismining, «O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixining asosiy bosqichlari» bo‘limida (mualliflar: S. P. Tolstov, T. A. Jdanko) o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni quyidagicha tasvirlangan: o‘zbek va tojiklarning eng qadimgi ajdodlari O‘rta Osiyoning mahalliy xalqi va qabilalari xorazmliklar, sug‘diylar, massagetlar va saklar bo‘lgan10. Tarixning ilk bosqichlaridanok dexkonchilik bilan shug‘ullanib kelgan eron tilli mahalliy axolining ma’lum qismi, dashtsaxrolarda Zarafshon, Farg‘ona, Choch va Movarounnahrning Boshqa vohalarida, hamda Xorazmga ko‘chib kelgan turkiy qabilalar bilan aralashib borishlari natijasida til jihatidan turkiylashgan. O‘z navbatida turkiy xalqlar eron tilli xalqlarning madaniy ta’sirida bo‘lib, ulardan xo‘jalik yuritish usullarini, dehqoichilik sirlarini o‘rgangan. XI—XII asrlarga kelib etnik aralashuv va turklashish jarayoninimg eng jadallashgan vaqti bo‘lib, ayni shu asrlarda ikki azim daryo (Amu va Sirdaryo) oralig‘ida turkiyzabon xalq (etnos)ning asosiy o‘zagi shakllangan. Keyinchalik bu elat o‘zbek etnik nomini qabul qilgan11 . Keltirilgan konsepsiyadan ko‘rinib turibdiki, bu yerda ham o‘zbek xalqining shakllangan vaqti bilan uni alohida elat bo‘lib shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi aniqlanmagan. S.P.Tolstov 1942-yil Toshkent shahrida O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyadagi ma’ruzasida XI— XII asrlar — o‘zbek xalqi shakllanishi jarayonining nixoyasipa yetgan davri, deb aytgan edi. Bu yerda esa uning aytganlari o‘zining ilgarigi fikriga zid bo‘lib chiqayapti. O‘zbek xalqining etnogenetik muammolari akademik B.G‘.G‘afurovning ishlarida ham yoritiltan. Dastavval, bu masalalarni olim «Tojik xalqining tarixi» kitobining birinchi va ikkinchi nashrlarida qisqacha bayon qilgan12. Uning keyingi, «Tadjiki» nomi bilan rus tilida chikkan yirik monografik asarida «O‘zbek xalqining etnogenez muammolari» degan alohida band ajratilgan13. Mazkur bandda B. F. G‘afurov o‘zbek xalqining etnogenetik masalalarini oldingi ishlariga nisbatan to‘larok yoritgan. B.F.G‘afurovning ushbu mavzudaga konsepsiyasini taxminan quyidagicha tushunish mumkin: Turkiy tilli qabilalar va xalqlar O‘rta Osiyo mintakalarida qadim zamonlardan buyon yashab keladilar. Lekin ular ko‘chib yurishiniig‘ kuchayishi VI asrga (turk xokonligi davriga) to‘g‘ri keladi. Ko‘chib kelib o‘rnashgan chorvador aholi (xususan, uning kashshoklashgan qismi) vaqt o‘tishi bilai o‘troqlashib, dehqonchilik bilan shug‘ullaiadilar va sug‘diylar, xorazmiylar va sak-massagetlar bilan aralashadilar. Bu jarayonning tobora kuchayib borishi natijasida turkiy tilda so‘zlashuvchi axoli son jixatidan ko‘paya boradi, pirovardida o‘zbek xalqi shakllanadi. XI asrda o‘zbek elatinish shakllanish jarayoni yana ham Yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. Muallif, Somoniylar davrida (IX—X asrlar) turkiy xalq O‘rta Osiyo vohalarida yashovchi axolining talay qismini tashkil qilgan ligipi ta’kidlab o‘tadi. Qoraxoniylar davrida (X—XII asrlar) turkiy qabilalarning o‘troklikka o‘tishi va mahalliy tojik axolisining (ma’lum qismi albatta) turklashishi tufayli O‘rta Osiyoda turkiy xalqlar etnik jixatdan bir muncha ko‘paydi. B.F. G‘afurov o‘z konsepsiyasida fikrini davom qilib yozadi; o‘zbeklar tojik xalqi va O‘rta Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar bilan barobar qadimgi tarix hamda ajdodlari yaratgan madaniyatning vorislaridirlar. Akademik B.F.G‘afurov qadimgi eron tilli xalqlariing o‘zbek elati shakllanishidagi rolini Yuqori baxolaydi va elat shakllangan vaqtni (xronologik doirasini) XI asr bilan belgilaydi14. Shu yerda B. G‘. G‘afurov «O‘zbekiston tarixi»ning 1967 yilda bosilib chikkan birinchi jildida «keyinchalik o‘zbek nomini olgan xalqning shakllanish jarayoni XI—XII asrlarda asosan nixoyasiga yetadi» deyilgan matndan ko‘chirma olib, muallif «O‘zbekiston tarixida aytilgan fikrni ma’qullaganligini bildiradi. Bu matndagi «asosan» iborasiga ahamiyat berib, xalqning (aynan o‘zbek xalqining) shakllanishi jarayoni shundan keyin ham davom etishini izohlab o‘tadi olim B.G‘.G‘afurovning o‘zbek xalqining shakllanishi haqidagi konsepsiyasini qisqacha quyidagicha yakunlash mumkin: XI asrgacha bo‘lgan davr — bu bir necha asrlar davomida bo‘lib o‘tgan etnik va madaniy jarayon davri bo‘lib, bu davr ichida Movarounnaxr va Xorazm hududlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi axoli vujudga keladi va bu aholi son jihatdan tobora ko‘payib boradi, XI asrlar davomida o‘zbek xalqining alohida elat bo‘lib shakllanish jarayoni nihoyasiga yetadi15. O‘zbek xalqining etnogeneziga oid masalalar M.G.Vahobovning «O‘zbek sotsialistik millati» nomi bilan o‘zbek va rus tillarida chop etilgan monografiyada ham o‘rin olgan. Kitobning bir bobi «O‘zbek elati va uning tarkibi» deb atalib, bunda asosan, o‘zbek xalqining shakllanishiga oid masalalar ko‘riladi16. So‘zsiz, M. G. Vahobovning kitobi o‘sha davr ruxida, marksizmleninizm g‘oyasi asosida yozilgan. Ammo adolat yuzasidan aytish kerakki, muallif o‘zbek xalqining shakllanish jarayonini holisona hal qilishga urinadi. M.G.Vahobov o‘zidan oldingi, yetakchi tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini e’tiborga olib, ular ko‘rsatgan xronologik doiradan chikmasdan, o‘zbek xalqining etnik tarixini va etnogeneziga uch asosiy bosqichga bo‘ladi. Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling