Sa’dullayev bekzod
Download 34.63 Kb.
|
BEKZOD SADULLAYEV. II-kurs Yakuniy nazorat ishi.
Birinchi bosqich — XI asrgacha bo‘lgan davr — o‘zbek elatining dastlabki o‘zagi shakllangan davr;
ikkinchi bosqich — XI—XII asrlar o‘zbeklarning elat bo‘lib shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan davr; uchinchi bosqich — o‘zbek elatining tarakkay etishi va uning etnik tarkibi kengayib borishi davri, Keyiigi davr to XIX asrgacha davom etadi17. Boshqa yerda «o‘zbek elatining asosiy o‘zagi XI—XII asrlarda vujudga keladi», «Uning shakllanish jarayoni eramiz boshidan boshlab to shu vaqtgacha davom qildi»18, deb yozadi muallif. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, M.G.Vahobovning o‘zbek xalqining etnik tarixini va etnogenezini bosqichlarga bo‘lib o‘rganish e’tiborga sazovor, albatta. Lekin ko‘rsatgan bosqichlar ba’zi noaniqliklar va ziddiyatlardan xoli emas, albatta. Masalan, birinchi bosqichga juda katga (eramizning boshidan to XI asrgacha) davr ajratilgan. Qariyb bir ming yillik davr — o‘zbek xalqining shallanish davri, deb ta’riflanadi, Demak, shu katta tarixiy davr ichida o‘zbek xalqi shakllanib keladi. Muallifning bu fikriga ko‘shilish kiyin. Bu bir ming yillik davr o‘zbek xalqi etnik tarixining ma’lum davri bo‘lishi mumkin, ammo shu katta davrni o‘zbek xalqi shakllangan davr deb aytishga akl bovar qilmaydi. Bu ming yildan zied tarixiy davr ichida hozirgi O‘zbekiston hududida bir necha davlatlar, elatlar vujudga kelgan va tarkalib ketgan. O‘zbek ajdodlari alohida elat bo‘lib, ma’lum tarixiy sanada shakllangan (bu hakda Boshqa yerda gapirilmagan). M.G.Vaxobovning XI-XII asrlarda «o‘zbeklarning elat bo‘lib shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan vaqti» degan fikrini to‘la ma’qullash bilan, pastroqda «o‘zbek elatining asosiy o‘zagi XI-XII asrlarda vujudga keldi» deb aytgan so‘zlarida zidlik mavjudligini sezmasdan iloj yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, bir yerda XI-XII asrlarda o‘zbek elatining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan, deb ta’kidlansa, ikkinchi bir yerda uning asosiy o‘zagi XI-XII asrlarda vujudga kelgan, deyiladi. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy:. agar o‘zbek elatining asosiy o‘zagi XI-XII asrlardagina vujudga kelgan bo‘lsa, unda qanday qilib uning shakllanish jarayoni XI-XII asrlarda nihoyasiga yetgan, deb aytish mumkin? O‘zbek xalqining shakllanishi B. X. Karimshevaning yirik monografiyalaridan birida19 yo‘l-yo‘lakay yoritilib o‘tilgan. Muallifning fikricha, o‘zbek elatining asosiy o‘zagi IX-X asrlarda shakllangan. Lekin olima fikrini aniq dalillar bilan isbotlab berolmagan. O‘zbek xalqining etnogenezi va shakllanish jarayoni masalalari bilan bir necha yillar davomida M. Ermatov ham shug‘ullanib kelgan. Uning bu masalalarga qarashlari 60-yillarning oxirlarida chop etilgan kitobida to‘laroq aks etgan20. Kitobning nomi «etnogenez» so‘zi bilan boshlangan, lekin kitobda asosan o‘zbek xalqining etnik tarixi xaqida gap ketadi. Muallif o‘zbek xalqining shakllanish davrini to‘rt davrga bo‘ladi. Birinchi davr miloddan oldingi VIII-II asrlarni, ikkinchi davr -.miloddan oldingi II - milodiy IV asrlarni, uchinchi davr - milodiy IV-VI asrlarni va nihoyat to‘rtinchi davr - milodiy VI-VIII asrlarni o‘z ichiga olgan. Kitobning mazmunidan, o‘kuvchida shu katta tarixiy davr ichida (miloddan oldingi VI asrdan to milodiy VIII asrgacha), o‘zbek ajdodlari faqat shakllanib kelgan, degan tushuncha paydo bo‘ladi. O‘zbek elati kachon, qaysi asrda aloxida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllangan va uning shakllanish jarayoni qaysi asrlarda nixoyasiga yetgani haqida muallifning aniq fikrini tushunish kiyin. M. . Ermatov o‘z ishida o‘zbek xalqining shakllanish tarixini yoritishda qadimgi va o‘rta asrlarga oid tarixiy geografik va lingvistik manbalardan juda ko‘p foydalangan. Buni tan olish kerak. Ammo manbalar va foydalangan adabiyotlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘zbek xalqining etnik tarixiga" va etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda yoritishga ojizlik qilgan . O‘zbek xalqining etnik tarixiga oid masalalar akademik B.A. Ahmedovning bir qator ilmiy asarlarida batafsil yoritilgan21. Muallif asarlarida o‘zbek ajdodlari qadim zamonlardan O‘zbekiston hududida yashaganliklarini, XVI asrning boshlarida bu hududga kelib o‘z hukmronliklarini o‘rnatgan ko‘chmanchi o‘zbeklar o‘zbek xalqining tarkibiy qismidan biri bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sharqshunos olim o‘zbek xalqining shakllangan vaqti haqida gapirib «...Qoraxoniylar davrida (X-XI) asrlar o‘zbek xalqi to‘la shakllanib, ijtimoiyiktisodiy va madaniy jixatdan rivojlanadi» deb yozgan22. Olimning aytganlari xakiqatga yakin keladi. Agar o‘zbek xalqining alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllangan vaqtining nixoyasiga yetganligini XI-XII asrlar o‘rtasi bilan belgilansa masalaga yana ham aniqroq yondashilgan bo‘lar edi. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalari akademik A.A.Asqarovning bir necha maqolalarida ham e’lon qilingan23. Uning yirik maqolalaridan birida tarixiy, arxeologik, etkografik va antropologik manbalarga hamda adabiyotlarga asoslanib, o‘zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlaridan boshlangan. Milodiy VI asrning ikkinchi yarmidan o‘zbek etnogenezining ikkinchi davri boshlangan deb, XIV-XV asrlarni esa bu jarayonning yangi, tarakkiy etgan davri deb ta’kidlaydi muallif24. Yuqorida keltirilgan barcha fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqining etnogenez masalalari haqida olimlar qat’iy bir fikrga kelmaganlar. O‘zbek xalqining shakllangan vaqti xar xil sanalar bilan ba’zan hech qanday ilmiy asossiz belgilangan: etnogenez tushunchasi xalqning etnik tarixi bilan chalkashtirilib yuborilgan; etnogenez deb etnik tarixni davrlarga bo‘lib ko‘rsatganlar, lekin bu bo‘linishlar uncha muvaffaqiyatli chikmagan. Ammo, barcha chalkashliklar va noaniqliklarga qaramasdan, ayrim tadkiqotchilar hakikatga yaqinlashib, o‘zbek ajdodlarini alohida elat bo‘lib shakllanishini IX-X asrlar bilan, uni shakllanish jarayonining nihoyasiga yetish vaqtini XI-XII asrlar bilan belgilaydilar. O‘zbek xalqining alohida etnik birlik bo‘lib shakllangan sanasi birmuncha oydinlashg‘anligiga qaramasdan ayrim mualliflar ishlarida o‘zbek elatining tashkil topgan vaqti keyingi asrlarga surib ko‘rsatilgan. Jumladan, rossiyalik olim V.A.Nikonov o‘zbek elatining shakllanish jarayonm XI-XVI asrlargacha davom etgan, deb yozgan25. Bu qo‘pol xato, albatta. X. Salimovning kitobida ham o‘zbek elati XVI asrda shakllangan degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Uning yozishicha, 1500-yil Temuriylar egallab turgan yerlarni bosib olgan turk-mo‘g‘ul qabilalarigina o‘zbek hisoblangan26. Movarounnaxrda va Xorazmda qadim davrlardan buyon yashab keluvchi tub yerli aholi o‘zbeklar qatoriga kiritilmagan. X. Salimovning shu va shunga o‘xshash qator boshqa xatolari o‘z vaqtida odilona tanqidga uchragan27. G‘. Abdurahmonov va Sh. Shukurovlar birgalikda chop etgan kitobda28 o‘zbek xalqining shakllanish davri XI-XV asrlar deyilgan. Shu asarning boshqa yerida o‘zbek xalqi XIV-XV asrlarda shakllanganligi qayd qilingan. G‘.Abdurahmonov keyingi ishlaridan birida o‘zbek xalqining shakllangan vaqti haqidagi fikri ancha o‘zgargan. Olim mazkur asarda tarixiy adabiyotlarda qayd kilingan «o‘zbek xalqining shakllanishi nixoyasi XI-XII asrlarga to‘g‘ri keladi» degan fikrga to‘la qo‘shiladi. Shu bilan birga G‘. Abdurahmonovning bu masaladagi fikri qaramakarshiliklarda xoli emas. Masalan, asarning bir sahifasida o‘zbek xalqi va tilining shakllanishi X-XII asrda deyilsa, boshqa bir betida X asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlangan, deyilgan29. G.Abdurahmonov keyingi ishida yana Boshqa xatoliklarga ham yo‘l ko‘ygan. Masalan, qipchoqlarni bir yerda kirg‘iz, ikkinchi yerda pecheneg, deb atagan. Sharqiy qarluqlar uyg‘urlar bilan tenglashtirilgan. Ma’lumki, bu etnonimlar ilk o‘rta asrlarda aloxida qabila birlashmalarining nomlari edi. Bularning birini ikkinchisi bilan chalkashtirib bo‘lmaydi, etnoslar yashagan hududlar ham aniq ko‘rsatilmagan. Moskva yaqinidagi Zvenigorodda 1988-yili bo‘lib o‘tgan katta anjumanda B.A.Litvinskiy qilgan ma’ruzasida o‘zbek xalqi alohida etnik birlik (elat) bo‘lib XVI asrda shakllangan deb aytgan30. Ma’lumki, B. A. Litvinskiy, B. F. G‘afurovning «Tadjiki» deb nomlangan kitobining mas’ul muxarriri bo‘lgan. B. G‘. G‘afurovning mazkur kitobida o‘zbek xalqining shakllanishi XI-XII asrlarda nixoyasiga yetgan, deb kursatilgan. B. A. Litvinskiy mas’ul muharrir sifatida «Tadjiki» kitobini bir necha marotaba o‘kigan va taxrir qilib, B. F. G‘afurov ko‘rsatgan sanani (XI-XII asr) o‘sha vaqtda tan olgan, albatta. Endi esa bu sanani «unutib» o‘zbek xalqining elat bo‘lib shakllangan vaqtini XV-XVI asrlarda etnik guruhlarning Dashtiqipchoqdan Movarounnahrga kirib kelishi bilan bog‘laydi. B. A. Litvinskiyning ushbu noilmiy fikri Tojikiston FA akademigi Rahim Masovga ham ma’qul bo‘lgan31. Etnograf S.P. Polyakov esa bu masalada yana ham jiddiy xatoga yo‘l ko‘ygan. Uning yozishicha, o‘zbek xalqi turkman, kozoq, kirgiz va Boshqa xalqlar bilan bir vaqtda, ya’ni XVIII-XIX asrlarda xalq, (elat) bo‘lib shakllangan32. So‘zsiz, B. A Litvinskiy, S. P. Polyakovlarga o‘xshash olimlar O‘rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o‘zbek xalqining‘ etnogeneziga va etnik tarakkiyotiga beg‘araz qaramaganlar. Ularning nazarida, bu xalqlar sobiq SSSR tarkibidagi «qoloq» xalqlar bo‘lib, faqat keyingi asrlarda ruslar ta’siridagina alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllanganlar. Yuqorida keltirilgan fikr-muloxazalardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalqining alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllangan vaqti (sanasi) haligacha aniq belgilanmagan. Mualliflar ko‘rsatgan sanalar chuqur ilmiy asoslanmagan, ko‘p hollarda sanalarni tahminiy tarzda ko‘rsatishgan. Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling