Guliston davlat universitеti


Xivadagi Nurillaboy majmuasi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Xivadagi Nurillaboy majmuasi 


85 
Masalan, Toshkentdagi knyaz N.K.Romanovning 1891 yilda me‘morlar 
A.L.Benua va V.S.Genselsmanlar loyihasi bo‗yicha barpo etilgan saroyidagi zallar 
o‗zbek ustalari tomonidan sharqona bezatilgan. 1902-1913 yillarda tiflislik 
G.M.Sinsadze tomonidan ―Kolizey‖ sirk binosi barpo etilgan.
Shuningdek, bu davrda ruslarning ta‘siri natijasida qadimiy shaharlar atrofida 
yo‗ldosh shaharlar paydo bo‗la boshladi. Masalan, birgina Toshkent shahri eski va 
yangi shaharlarga bo‗linib, Anhor kanali orqali ajralib turgan. 1865- yildan qurila 
boshlagan yangi shaharda Yevropa uslubidagi binolar qurilgan bo‗lsa, eski shahar 
o‗zining sharqona uslubi bilan ajralib turgan. Eski shaharda ko‗pgina yangi
binolar paydo bo‗ldi. Shayxontahur majmuasining darvozasi (1892-yil, usta 
Abdurahim), To‗xtaboyvachcha masjidi (1906-y.), Shayxontahur dahasining
Baland masjidi (1915-yil, usta Mo‗min) kabi binolar bunga misol bo‗la oladi.
Ayni vaqtda Yangi shaharning ayrim binolarida, masalan, «Xiva» kinoteatrida
(1910-1916-y., arx. G. Svarichevskiy, imorat saqlanmagan) mahalliy me‘moriy
shakllardan foydalanildi. XIX asr oxiri-XX asr boshida Toshkentda bir necha
evropacha imoratlar qurildi. Ular jumlasida savdo binosi (1911-yil, 4-
poliklinika), Eski shahardagi 1-telegraf (saqlanmagan, avvalgi kasb-hunar bilim
yurti, keyin o‗qituvchilarining
malakasini oshirish kurslari, Jangob 
arig‗i bo‗yida bo‗lgan).
Marg‗ilon shahridan 8 kilometr 
chamasi uzoqlikda yangi shahar — 
hozirgi Farg‗ona (Sobiq Skobelev) 
shahri 
qad 
ko‗tara 
boshlagan. 
Natijada, 
Turkiston 
arxitekturasi 
Sharq va G‗arb me'morchiligi sintezi 
sifatida shakllana borgan. 
Bu davrlarda Yevropada ishlab chiqarilgan arzon narxdagi iste‘mol 
buyumlarini ko‗plab olib kelinishi sababli, xalq hunarmandchiligi ham sustlasha 
bordi. Lekin xalq amaliy san‘ati taraqqiy etishdan to‗xtamadi.
Jumladan, Rossiya imperiyasi davrida kulol ishlab chiqarishi bevosita qo‗llab-
quvvatlangan. XX asr boshlarida Rishton 300 ta kishi ishlaydigan 80 tadan ortiq 
hunarmandchilikka oid kulol ustaxonalarini o‗z ichiga olgan. Rishton kulollarining 
mahsulotlari Markaziy Osiyoning barcha shaharlariga kelib tushgan. Ba‘zi 
hunarmandlar esa Qo‗qon, Marg‗ilon, Andijon, Samarqand, Toshkent va boshqa 
shahar bozorlarida o‗zlarining shaxsiy savdo do‗konlarini ochishni boshladilar. 
Shuningdek, Rishtonga Konibodom, ayrim paytda G‗ijduvon, Qarshi, Shaxrisabz 
shaharlaridan ustalar o‗zaro tajriba almashish uchun tashrif buyurishgan. 
XIX asrning oxirlaridagi mashhur chinni ustalari – Abdurasulov Madamin 
Axun (Usta Mulla Madamin Axun), To‗xta-bachcha (Usta To‗xta), Bachayev Sali 
hamda iste‘dodli va rassom bo‗lmish, xotini bilan birga ishlagan Bobo Boy 
Niyazmatov Meliboy (Usta Boy Niyazmat) buyuk ustalarning shogirdi va 
izdoshlari hisoblanishgan. Mashhur chinnipaz-naqqosh ustalari hisoblanmish 
G‗oziev Mayaqub (Usta Yaqub, 1862-1922), Madaliev Abdul Sattor (Usta 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling