Guliston davlat universitеti
Toshkentdagi knyaz N.K.Romanov saroyi
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Toshkentdagi knyaz N.K.Romanov saroyi
86 Abdusattor, 1862–1943), ko‗zagar Ortiqov O‗lmas (Usta O‗lmas, 1864—1950) Rishton kulollarining oxirgi oqsoqollaridan biri bo‗lishgan. Eng yaxshi hunarmandlar – usta Mulla Madamin Axun, usta To‗xta, usta Soli va boshqa ustalar mahsulotlari bir necha marotaba butun Rossiya miqyosidagi ko‗rgazma-yarmarkalarida qo‗yilgan. 1890 yili Parijda bo‗lib o‗tgan Butunjahon ko‗rgazmada dunyo kulol mahsulotlari qadriga etuvchilari tomonidan rishton ustalari kulollarini Yevropaning eng zo‗r mayolika va xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan mahsulot sifatida yuqori baholashgan ko‗rgazma muvaffaqiyat bilan o‗tgan. 1904 yili Farg‗onadagi sanoat va hunarmandchilik ko‗rgazmasida Rishtonlik usta Bobo-xoji Mirsalim kulol samovari tayyorlagani munosabati bilan Farg‗ona viloyati harbiy gubernatori general-mayor V.I.Pokotilo qo‗lidan oltin medal olgan. Bu davrda tasviriy san‘atda boshlangan yangi bosqich o‗ziga xos xususiyatlarga ega edi. Miyiatyuraga xos ishlanish uslublari va qonuniyatlaridan farqli o‗laroq, Yevropa davlatlarida ancha ilg‗orlab ketgan uch o‗lchamlilik qonuniyatlari asosida rivojlangan bu tasviriy san‘at aynan o‗sha davrlarda bizning o‗lkamizda deyarli mavjud emas edi. Ajdodlarimizning san‘atga ixlosmand ilg‗or vakillari esa ko‗proq xalq amaliy bezak san‘ati bilan mashg‗ul bo‗lganlar. Bu davrda ijod qilgan mahalliy musavvirlar ichida Ahmad Donish alohida o‗rin tutadi. ―Ahmad Kalla‖, ―Ahmad maxdum‖, ―Muhandis‖ nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan ma‘rifatparvar, shoir, faylasuf, hattob, falakiyotchi Ahmad Donish (1827- 1897) yana musavvir istе‘dodiga ega edi. Uning bizgacha yetib kеlgan rasmlari: Abduqodir Bеdilning ―To‗rt unsur‖ qo‗lyozma asariga bag‗ishlab chizilgan ―Shoir va rassom‖ miniaturasi hamda shahar mirshabini aks ettirgan satirik miniaturasi bundan dalolat bеradi. U chizgan miniaturalar nihoyasiga yetkazilgan mukammal rasm, o‗rniga qo‗yilgan bo‗yoqlar, aniq-ravon kontr chiziqlari, uning grafik dastxati bilan ajralib turadi. O‗zFA Sharqshunoslik instituti qo‗lyozmalar fondida Ahmad Donishning 16 ta qo‗lyozma asari saqlanadi. Aksariyati muallifning o‗z qo‗li bilan yozilgan nusxalardir. Ahmad Donishning shogirdi Abdulxoliq Mahmud ham qurt-qumursqalar va gullarni mahorat bilan aks ettirgan rassom sifatida tanilgan. 1915 yilda Toshkеnt litografiyasi ―Go‗r o‗g‗li‖ epik dostonini rassom Sirojiddin Maxsum Siddiqiyning illustarsiyalari bilan chop etdi. Bu 19 asr oxirlari va 20 asr boshlarida ijodiyoti bosmaxona nashri bilan bog‗liq bo‗lgan yagona o‗zbеk rassomidir. XIX asrning 70-yillarida va XX asr boshlarida Turkiston tasviriy san‘atida rus rassomlarining, asosan Pеtеrburg badiiy akadеmiyasi tarbiyalanuvchilarining asarlari o‗rin olgan. Bu rassomlar orasida A.Karazin, R.Zommer, S.Yudin, Dmitriyeva, I.Kazakov, L.Bure kabi rassomlar ijod qildilar. Bu rassomlarning ijodi Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling