Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Mahmudxo'ja Behbudiy 


83 
atvorlari, turli etnik birliklar o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganib, ular ongiga rus 
imperiyasi manfaatlariga mos keluvchi mafkurani singdirish va mahalliy xalqlarni 
boshqarishni osonlashtirishni o‗z oldilariga maqsad qilib qo‗yganlar. 
Umuman olganda, rus olimlari va ular tomonidan tashkil etilgan ilmiy 
jamiyatlar va qidiruv ishlari, birinchidan, mahalliy aholining ilm-fanga bo‗lgan 
qiziqishini oshirishda, ikkinchidan, hozirgi davrda jahon ilmiy dunyosida o‗z o‗rni 
va mavqeyiga ega bo‗lgan milliy fanimizning paydo bo‗lishi va rivojlanishida 
muhim ahamiyat kasb etgan. 
Rus va Yevropa san‟atining keng yoyilishi, san‟atda yangi 
yo„nalishlarning rivojlanishi 
Rossiya mustamlakachiligi davrida Yevropa me‘morchiligi an‘analari, 
uslublari ham kirib kela boshladi. Turkiston o‗lkasi shaharlari «yangi shahar» va 
«eski shahar»larga bo‗lina boshladi. Yangi shaharda asosan ruslar uchun jamoat 
binolari, cherkovlar, qal‘a, saroylar, turar joy binolari qurildi. Eski shahar qismida 
esa qurilishlar ancha cheklab qo‗yildi. Eski shahar qurilishiga davlat tomonidan 
mablag‗ berilmas edi. Shuning uchun 
eski shaharda faqat masjid, madrasa, 
maqbaralar, u ham sanoqli holda kichik 
hajmda qurilardi.
Bu o‗rinda XIX asrda qurilgan 
Buxoro amirining yozgi qarorgohi – 
Sitorai Mohi Xosa, Xeva xonligining 
Muhammad 
Rahimxon, 
Asfandiyor 
(1863-1818 yy) davrlarida qurilgan 
binolar, Islomxo‗ja minorasi (1908 y) 
kabi binolar asosan pishiq g‗isht, koshin, 
cherepitsalar 
vositasida 
qurildi. 
Bu 
qurilishlarda Usta Xo‗ja Hofiz, Usta 
Shirin Murodov, Xudoybergan xo‗ja, Ota 
Polvonov, Bolta Voisov va Madaminov kabi o‗zbek milliy me‘morchilik va amaliy 
san‘at ustalari ijod qildilar.
Xivaning mashhur xalq ustasi Ota Polvonov ko‗pincha o‗ymakor ustun ishlab, 
ayrim vaqtlardagina qo‗shtabaqali eshiklar yasagan. Ota Polvonov shogirdi Sapo 
Bog‗bekov bilan birgalikda naqqosh Abdulla Boltaev ulgisi asosida 1937 yilda 
ustun tayyorlagan, ushbu ustun Parijdagi xalqaro ko‗rgazmaga yuborilgan va 
yuqori baho olgan (oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan). 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro me'morlik san‘ati asosan uy- joy 
qurilishi va o‗ziga xos uslubda qurilgan Sitorai Mohi Xosada o‗z ifodasini topgan. 
Bu saroy qurilishida ham G‗arb, ham Sharq me‘morchiligi an‘analaridan 
foydalanilgan.
Sitorai Mohi Xosadagi «Oq saroy» (oq zal)ga berilgan naqshin pardozlar 
o‗sha davr me‘morchiligida xalq ustalari tomonidan yaratilgan o‗yma ganchkorlik 
va devorlarga surat solishning namunasi hisoblanadi. Bu saroyda buxorolik usta, 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling