Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 – mavzu: Rossiya mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san‟at Reja
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- Rossiya imperiyasi istilosi va uning milliy madaniyatga ta‟siri
Nazorat savollari:
1. XVIII–XIX аsrning birinchi yarmidа O‗rta Osiyodаgi har uchаlа davlatning mаdаniy tаrаqqiyotigа xos bo‗lgаn umumiy va farqli xususiyatlarini tahlil qiling. 2. Xonliklar davrida mе‘morchilik va san‘atni rivojlanishiga baho bering. 3. Xonliklar davrida ta‘lim taraqqiyoti haqida ma‘lumot bering. 4. XVIII–XIX аsrning birinchi yarmidа O‗rta Osiyo davlatlari madaniy taraqqiyotda kuzatilhan tushkunlik sabablarini aniqlang. 5. Xonliklarda kechgan badiiy-adabiy jarayon madaniy muhitga qanday ta‘sir ko‗rsatdi? 8 – mavzu: Rossiya mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san‟at Reja: 1. Rossiya imperiyasi istilosi va uning milliy madaniyatga ta‘siri 77 2. Rus va Yevropa san‘atining keng yoyilishi, san‘atda yangi yo‗nalishlarning rivojlanishi Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Rossiya imperiyasi, mustamlaka siyosati, Turkistonda turmush tarzining o‗zgarishi, Yevropa madaniyatining ta‘siri, zamonaviy san‘at turlarining kirib kelishi, amaliy-dekorativ san‘at asarlaridagi kompozitsiyalar, syujet va motivlar va real hayotning tasvirlanishi, kino san‘ati, ma‘rifatparvarlar, jadidchilik, Yevropa va mahalliy me‘morchilik san‘ati an‘analarining bir-biriga yaqinlashishi, O‗rta Osiyoda rus badiiy maktabi vakillarining faoliyati, A.Donish, X.Devonov, Sh.Murodov, O.Polvonov, A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer. Rossiya imperiyasi istilosi va uning milliy madaniyatga ta‟siri Movarounnahrning uch xonlikka bo‗linib ketishi uning nafaqat siyosiy- iqtisodiy va ma‘naviy-madaniy jihatdan tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, balki mamlakatni boshqarib boradigan davlatchilik asoslarining zaiflashib ketishiga. Bir millat va diniy e'tiqodga ega bo‗lgan mintaqada mahaliychilikning kuchayib ketishiga ham sabab bo‗ldi. XIX asrning 50-yillariga kelib Turkiston har tomonlama inqirozga uchragan hudud edi. Bu inqiroz boshqa mamlakatlar bosqinchiligi ta‘siri ostida emas, balki asta-sekinlik bilan, o‗zaro feodal urushlar orqali pishib yetildi. Inqiroz o‗lkani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishini tezlashtirdi va imkoniyat yaratdi. Rossiya imperiyasi tomonidan O‗rta Osiyoni bosib olishi, bir tomondan, mahalliy xalqning ma‘naviy-madaniy hayot tarziga salbiy ta‘sir ko‗rsatgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, o‗sha davr O‗rta Osiyo xalqlari uchun birmuncha ilg‗orroq bo‗lgan rus fani va texnikasining kirib kelishi, ma‘rifiy-madaniy hayotning birmuncha siljishiga olib keldi. Salbiy ta'siri shundan iborat bo‗lganki, ms bosqinchilari, birinchi navbatda, mahalliy xalqning an'anaviy madaniyati durdonalarini toptadilar, ikkinchi tomondan esa mahalliy xalq ustalari tomonidan yaratilgan ko‗plab noyob san‘at asarlari, qimmatbalio boyliklar rus amaldorlarining xonadoni, muzeylari va xazinaxonalarni bezadi va boyitdi. O‗rta Osiyolik mutafakkirlar tomonidan yaratilgan fanning turli sohalarga oid ko‗plab eng noyob asarlar talon-taroj qilindi. Masalan, birgina general Kaufman boshchihgida rus istilochilari Xivani qo‗lga kiritgach, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning noyob asarlarga boy kutubxonasini taladilar. Nodir qoiyozma asarlar, tariximiz uchun katta ahamiyatga ega bo‗lgan ilmiy-madaniy manbalar chet mamlakatlar hamda rus imperiyasi markaziga jo‗natildi. Shu boisdan ular Turkistonda o‗z mavqelarini mustahkamlash va imperiya manfaatlarini amalga oshirish maqsadida o‗lkaning strategik ahamiyatga ega bo‗lgan hududlariga rus aholisini ko‗chirib kelish siyosatini amalga oshirishga kirishdilar. Albatta, Turkistonga ko‗chib kelganlar yerli xalq hayotiga yot bo‗lgan turli xil zararli odatlarni, Yevropaga xos tartib-qoidalarni ham olib kira boshladilar. Rossiya imperiyasi amaldorlari mahalliy aholining ongi, tafakkuri va dunyoqarashining, milliy ma‘naviy qadriyatlariga aylangan islom axloqshunosligi 78 va qonunshunosligi — shariat qonun-qoidalariga qat‘iy bo‗ysunganligini anglab yetdilar va ana shu an‘anaga aylangan tizimni yemirib tashlashga barcha kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar. Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgach, o‗lkani boshqarishga alohida e‘tibor berildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 1886-yil 12-iyunda podsho Aleksandr ILI «Turkiston o‗lkasini boshqarish to‗g‗risidagi Nizom»ni tasdiqlaydi. Mazkur Nizomda nafaqat Turkiston o‗lkasini boshqarish tizimi, balki yer, soliq, shariat (sud) ishlari, ta‘lim tizimi va uni moddiy jihatdan ta‘minlab turuvchi vaqf masalalari va boshqalar ham qamrab olingan edi. Nizomdan kelib chiqqan holda mahalliy xalqning ibodat markazlari, ular ta'lim oladigan maktablar, qiroatxonalar va madrasalar faoliyati hamda ularni moddiy mablag‗ bilan ta‘minlab turuvchi vaqf mulklari to‗g‗risida turli xil qarorlar va farmoyishlar qabul qilingan. Mustamlakachilik siyosatining asosida yerli aholining milliy o‗zligini anglash tuyg‗usini so‗ndirish vazifasi yotardi. Buning uchun o‗ikada buyuk rus shovinizmini shakllantirish, ruslar manfaatiga mos keluvchi g‗oyalarni yerli xalq tafakkuriga singdirish masalasi asosiy maqsad qilib qo‗yildi. Mustamlakachilar tomonidan amalga oshirila boshlagan barcha tadbirlar faqat Rossiya imperiyasi manfaatiga mos kelar edi. Turli xil nizomlar, qarorlar va farmoyishlar yerli xalqning manfaatini suiste‘mol qilishga qaratilgan edi. Ruslashtirish siyosati nafaqat Turkistonning eng serunum yerlarida rus qishloqlarini tashkil etish orqali, balki ta‘lim tizimidagi cheklovlar orqali ham amalga oshirila boshlangan. Birgina 1898- yili qabul qilingan «Turkiston o‗lkasidagi o‗quv muassasalari, vaqf mahkamalari va diniy ishlarni vaqtincha nazorat qilish haqidagi nizom»da: a) diniy ishlarni boshqarish to‗g‗risida; b) musulmonlarning o‗quv muassasalarini boshqarish to‗g‗risida; d) vaqf mahkamalari va ularning daromadlarini nazorat qilish to‗g‗risidagi bandlar ko‗rsatib o‗tiladi. Mazkur nizomdan kelib chiqqan holda ta‘lim tizimi va islom taig‗iboti bilan shug‗ullanuvchi tizimlarning faoliyatini moddiy jihatdan tang ahvolga solib qo‗yish maqsadida 1887- yilning 1- iyuligacha barcha vaqf hujjatlarini viloyat boshqarmalariga topshirish talab etildi va belgilangan muddat ichida deyarli hamma vaqfnomalar aholidan yig‗ishtirib olindi. Bu bilan podsho hukumati islom dini vakillarini o‗z qo‗lidagi huquqiy dalildan ham mahrum etdi. Milliy-ma'naviy qiyofani shakilantirish, iymon-e‘tiqod tarbiyasi markazlari hisoblangan maktablar, madrasalar, masjidlarga qarshi zimdan ish olib borib, ―pravoslav‖ va boshqa noislomiy diniy muassasalar faoliyatining doirasini kengaytirishga harakat qildilar. XIX asr oxirida «Aholining ma‘naviy-diniy hayotini zo‗r diqqat bilan kuzatib borishni joriy etish» dasturi ishlab chiqildi. Dasturdan ko‗zlangan asosiy maqsad islom dinini zaitlashtirish va unga barham berishdan iborat edi. Mazkur dasturning uchinchi bandida mahalliy kishilarni qozilar tayyorlanadigan madrasalarda ms tilini o‗qitishni joriy etish to‗g risida taklif kiritishga undash; bu hoi mazkur o‗quv yurtlari eshiklarini rus o‗qituvchilariga ochib berish barobarida musulmon olimlari, 79 mutaassiblar va islomning har qanday arkonlan oqib keladigan madrasalarda nimalar qilinayotganligini doimiv va ishonchli ravishda kuzatib borishga imkon yaratadi, — deb ta'kidlanadi. Mustamlakachilarning Turkiston o‗lkasida olib borgan bunday siyosati, albatta, yerli xalq o‗rtasida norozilik kayfiyatini vujudga keltirishi tabiiy edi. Bti xususda ms arxeologi va sharqshunos olimi N.I.Veselovskiy shunday deb yozgan edi: «Biz Turkistonga madaniyat olib keldik, deb o‗ylaymiz. Bo‗ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik, deb o‗zimizni ovutamiz. Ammo bularda ham yuksak bir oliy tuyg‗u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir. Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‗lim (milliy davlatchilikning yo‗qolishi) og‗ir, milliy o‗lim esa undan ham og‗irroqdir. Bizning hukmronligimizda esa ular shunday holga tushdilar. Bas shunday ekan, hukmronligimizga qarshi g‗alayonlar ro‗y bersa, ajablanishga o‗rin yo‗q. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‗qligidan qat‘yi nazar, bir kunmas bir kun o‗zini namoyon etajak». Mustamlakachilar o‗lkani ruslashtirish siyosatini tezkorlik bilan amalga oshirishga kirisha boshladilar. Bu maqsadni amalga oshiruvchi dasturlar qabul qilindi. Ularda yerli aholiga rus tilini o‗rgatishm masjid va madrasalarda joriy qilishdan boshlab, xalqning ma‘naviy-ruhiyatiga kuchli ta‘sir ko‗rsatuvchi islom muassasalari ishini nazorat ostiga olish, madrasalar faoliyatiga aralashish, barcha maktablarni ma'muriyat ixtiyoriga o‗tkazish, xalqning siyosiy dunyoqarashini shakllantiruvchi muassasalarni yopib qo‗yish kabi vazifalar belgilab berildi. Turkiston o‗lkasida Rossiya imperiyasi uchun zarur bo‗lgan paxta xomashyosi yetkazib berish va uni qayta ishlashga ham oddiy fuqarolarni jalb qilish ehtiyoji vujudga kela boradi. Bunga, birinchidan, mahalliy yer egalari va boy-badavlat kishilarni jalb qilmasdan turib paxta yetishtiriladigan yer mavdonlarini kengaytirish va paxta sanoatini rivojlantirish mumkin emas edi. Ikkinchi tomondan esa, paxta zavodlarida ishlash uchun mahalliy kadrlar kuchidan foydalanish zarur edi. Shu boisdan ham endigina shakllanib kelayotgan kapitalistik munosabatlar rivojiga hamda o‗lkani ruslashtirishga ko‗mak beruvclii rus-tuzem maktablari tashkil etila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib bu usuldagi maktablar o‗lkaning yirik shaharlari (Samarqand, Toshkent, Qo‗qon, Andijon, Marg‗ilon, Xiva)da faoliyat ko‗rsata boshladi. 1875- yili Turkistonda xalq maorifi haqida qonun qabul qilindi va general- gubernatorga bo‗ysunuvchi hududlarda rus o‗g‗il va qiz bolalari uchun gunnaziyalar, yerli xalq bolalari uchun esa rus-tuzem maktablari tashkil qilingan. Ayni paytda mahalliy xalq bolalari uchun milliy ma'rifatparvarlarimiz yangi usul maktablari ochishga kirishdilar. Bu maktablarning ochilishida endigina shakllanib kelayotgan mahalliy burjua Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling