Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Sitorai Mohi Xosa 


84 
me‘mor hamda ganch o‗ymakori Shirin Murodov (1879-1957 yy) boshliq bir 
guruh ustalar o‗zlarining ganch o‗ymakorligi bo‗yicha butun mahoratlarini 
namoyish qilganlar. Ular ganchkorlik naqshlarida zargarlarni ham hayratga sola 
oladigan mahorat bilan o‗ta nozik va jozibador naqshlar bita olganlar. Sh.Murodov 
o‗z ijodida ganch oʻymakorligi anʼanalarini yangi mazmun va shakllar bilan 
boyitgan, ilk bor ganch oʻymakorligida naqsh zaminida koʻzgudan foydalangan
yaʼni koʻzgu ustiga ganchkori naqshlar ishlab, jozibadorlikka, ajoyib naqsh 
jilvasiga erishgan

Bu davrda Xiva xonligida ham o‗ziga xos me‘moriy binolar, masjidlar, 
maqbaralar va madrasalar qurildi. Islom Xo‗ja madrasasi Xivadagi eng salobatli 
me‘moriy bino hisoblanadi. Bu madrasa va uning minorasini bosh vazir Islom 
Xo‗ja 1908-1910- yillarda o‗z mablag‗i hisobiga qurdiradi. Me‘mor Xudoybergan 
Xoji, mohir naqqoshlar Eshmuhammad Xudoyberdiyev va Bolta Voisov 
ishtirokida barpo etilgan Madrasaning old qismida Xivadagi eng baland - 44,6 
metrli minora joylashgan.
Xivadagi yana bir me‘moriy bino Qozikalon madrasasidir. Bu madrasani 
Xivaning adolatpesha qozisi Salimoxun o‗z mablag‗i hisobiga qurdirgan. 
Salimoxun qozi Xiva xonligidagi iqtidorli, lekin kam ta‘minlangan 
mullavachchalarni o‗z ta‘minotiga olib o‗qitadi. Bu davrda qurilgan me‘moriy 
binolardan yana biri mashhur Pahlavon Mahmud qabri ustiga qurilgan maqbara 
hisoblanadi. Ushbu maqbara poydevori XIV 
asrda qurilgan bo‗lsa-da, uning butun 
majmuasi XIX asrda bino etilgan. Pahlavon 
Mahmud maqbarasiga guldor sopol bezaklar 
ishlatilgan. Bu esa maqbaraning yanada 
hashamatli va mahobatli bo‗lishiga yordam 
beradi. 
Xivadagi Nurillaboy majmuasi 1893-
1904-yillar oralig‗ida Xiva Xoni Muhammad 
Raximxon II tomonidan o‗g‗li shaxzoda 
Asfandiyorxon sharafiga qurdirilgan. Otasining o‗limidan so‗ng Asfandiyor xon 
xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‗shimcha saroy qurdirgan. 9 ta katta-
kichik xonalar, darvozaxona, qabulxona, arzxona, madrasa, xizmatchilar uylari, 
bog‗, gulzorli hovlilardan iborat bu saroy Xivadagi xonlar qarorgohlaridan 
o‗zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi. Saroy qurilishida 
Sharqona va Yevropacha uslub aralashgan. Barcha xonalar bir-biridan tubdan farq 
qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubda geometrik 
naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning balanda eshik va oynalari 
yemis duradgorlari tomonidan yasalgan. Uni qurishda ganchkor ustalar 
Xudoybergan hoji, usta Nurmat, Ro‗zimat Masharipov, yog‗och o‗ymakorligi va 
bo‗yash ustalari Bobojon Qalandarov, Ota shayx, Ismoil Abduniyozov, g‗isht 
teruvchi Quriyoz Bobojonov qatnashganlar.
Turkistonga ruslar ko‗chib kelishining kuchayishi turli shaharlarda Yevropa 
va Sharq-Yevropa uslubida qurilgan binolarning paydo bo‗lishiga olib keldi. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling