Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

R.Choriyev. Kelinchak 


98 
―Pazolini haqidagi xotiralar‖, A.Mirzayevning ―Avtoportretli natyutmort‖ va 
boshqalar.
80-yillarning oxirida milliy o‗ziga xoslik bilan bog‗liq bo‗lgan an‘analarga – 
qadimiy va o‗rta asr san‘atiga, xalq hunarmandchiligiga bo‗lgan qiziqish yangi 
uslublarni hayotga olib kirdi. Shunday hissiyotli uslub yaratish, novatorlik, o‗ziga 
xos ijodkorlikka intilish bilan ajralib turadigan polotnolardan A.Turdiyevning 
―Tog‗dagi tun‖, A.Nurning ―Kun va tun‖, F.Isanovning ―Karvon‖, O.Kazakovning 
―1941 yil‖ va boshqalarni keltirish mumkin. 
XX asrning 90-yillarida yangi badiiy jarayonning vujudga kelishiga shart-
sharoit paydo bo‗ldi. Bu rassomlarning jamiyatdagi o‗zgarishlarga tabiiy aks 
sadosi edi.
Haykaltaroshlik sa‘natining yurtimiz hududida rivojlanishiga iste‘dodli 
haykaltarosh Damir Ro‗ziboyev katta hissa qo‗shgan. Uning ijodida shakl va 
hajmlarni xosligi, harakatlarni tabiiyligi bilan ta‘svirlanishi, u tanlagan 
mavzularning rang-barang va keng qamrovligi ham yaqqol seziladi. 1962-yilda 
ishlangan ―Choyxona‖ asarida keksa va nuroniy chollar suhbati, harakatchat 
sharqona bir ko‗rinishda aks etilgan. Ijodkor 1975-yillargacha O‗zbekiston 
rassomlar ittifoqining haykaltaroshlik bo‗limini boshqargan. 1977-yildagi 
―Sozandalar‖ deb nomlangan asarida esa katta bir bayramona tus aks ettirilishi 
birga, obrazning o‗ziga xos harakati, xususiyati e‘tiborga molikdir.
Sovetlarning 
har 
qanday 
mafkuraviy 
taziyqiga 
qaramay, 
milliy 
madaniyatning ajralmas qismi bo‗lgan xalq amaliy san‘ati rivojlandi. Jmladan, XX 
asrning 20-yillaridan kulollar mehnatini tashqil etishga eʼtibor berildi. Toshkentda 
tajriba kulollik, Samarqandda kulollik ustaxonalari ochildi. O‗zbekistonda badiiy 
bezatish usuli, shakli va tayyorlanish usullariga koʻra quyidagi kulolchilik 
maktablari shakllangan Fargʻona (asosiy markazlari – Rishton, Furumsaroy), 
Buxoro-Samarqand (asosiy markazlari – Samarqand, Urgut, Gʻijduvon), Xorazm 
(asosiy markazlari – Madir, Kattabogʻ qishloqlari) hamda Toshkent kulolchilik 
maktablari. Har bir maktab oʻzining rivojlanish va ijodiy tamoyillari, yetakchi 
markaz va ustalari, oʻzigagina xos xususiyatlariga ega boʻlish bilan birga asosiy 
badiiy umumiylikni ham saqlagan. 
Fargʻova (Rishton)da kulolchilikning anʼanaviy badiiy va ishlab chiqarish 
usullari qayta tiklandi, ishqorli sir tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Gʻurumsaroy 
kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xos. Buxoro-
Samarqand kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qoʻrgʻoshinli 
sir va sargʻish-yashil, jigarrang boʻyoqlar muhim oʻrin tutadi. «Afrosiyob sopoli» 
anʼanalariga asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida oʻsimliksimon naqshlar 
yetakchilik qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari kam ishlatiladi. Ular, 
asosan, Gʻijduvon kulolchiligida qoʻllaniladi. Gʻijduvon, Shaxrisabz ustalari 
moʻyqalamda ishlasalar, Urgut, Denov ustalari chizma naqshlarni koʻp 
qoʻllaydilar. Xorazm kulolchilik maktabi oʻziga xos badiiyligi, bezaklar rangi va 
ishlanish uslubi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi; uning milliy shaklli 
oʻziga xos buyumi bodiyadir; naqsh mujassamoti handasiy va oʻsimliksimon 


99 
naqshlardan iborat, buyumning markaziy qismiga arabeska girih tushirish ushbu 
maktabga xos uslublardan.
O‗zbek musiqa madaniyati ham du davrda o‗ziga yo‗l topib, rivojlanishda
davom etdi. Yurt san‘atkorlari milliy mumtoz musiqa san‘atini rivojlantirishga, 
qo‗shiqchilik, raqs va boshqa janrlar faoliyatini yaxshilashga butun choralar bilan 
harakat etdilar. 
O‗zbek teatri san‘atida Sh.Burhonov, O.Xo‗jaev, R.Hamroyev, S.Xo‗jayev, 
Z.Muhammadjonov, Y.Ahmedov, S.Qobulova, G.Izmaylova, L.Sarimsoqova, 
B.Qoriyeva, bastakorlik san‘atida Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Ashrafiy, I.Ikromov, 
S.Kalonov, T.Sodiqov, M.Burhonov, K.Otaniyozov, G‗.Toshmatov milliy 
qo‗shiqchilik 
san‘atida J.Sultonov, M.Uzoqov, V.Fayozov, M.Ahmedov, 
T.Qodirov, K.Rahimov, F.Umarov, O.Xotamov, B.Davidova, X.Oxunova, 
N.Ahmedova, N.Yusupova, M.Yo‗lchiyeva, M.Dadaboyeva, M.Razzoqova 
singarilarning betakror ijodi ayricha ahamiyat kasb etadi.
Sho‗rolar davrida O‗zbekistonda me‘morchilik taraqqiyoti o‗sha davr 
me‘morchiligining umumiy xususiyatlaridan farq qilmas edi. Jumladan, 1935-
yildagi Moskva shahrini qayta qurish bosh rejasi Markaziy Osiyo shaharlarining 
bosh rejalarini ishlab chiqishga asos bo‗ladi. Bosh rejani amalga oshirishda 
Moskva va Sank-Peturburg me‘morlari ham faol qatnashadi. 1929-yildan boshlab 
Inqilob maydoni, Kafanov bog‗i, Lenin xiyoboni, Xiva skveri, Lenin yodgorligi, 
Bog‗li parklar, Kuznetsov, G‗alaba parki qurila boshlanib, to 1966-1974-yiilar 
oralig‗ida bitkaziladi.
Bu davrning yirik me‘morlaridan biri S.Odilov (1932-2002) bo‗lib, Toshkent 
bosh arxitektori (1961-1991), Toshkent, Andijon, Jizzax shahar rejalari (1970-
1980), Xalqlar do‗stligi saroyi (1977), sobiq O‗zbek SSR Oliy Soveti binosi 
(1979), Toshkent metropolitenning barcha stansiyalari loyihalari muallifi. 
1939-42, 1944-48 yillarda qurilgan Alisher Navoiy nomidagi Akademik opera 
va balet teatri binosi loyihasining muallifi akademik A.Shusev bo‗lib, uning bezak 
ishlari Usta Shirin Murodov, A.Xudoyberganov, X.Boltayev va boshqalar 
tomonidan bajarilgan.
1966 yilgi zilziladan so‗ng Toshkent shahri deyarli to‗liq qayta qurildi. 1968-
yilda ma‘qullangan Toshkentni qayta tiklash loyihasi muallifi L.T.Adamov (1929-
2014) bo‗lgan.
Toshkentning ajralmas qismiga 
aylangan Kurant binosi 1974 yilda, 
me‘mor A. Muxamedshin, Usta Shirin 
Muradov ishtirokida qurilgan. 2009 
yilda yodgorlik rekonstruksiya qilinib, 
yonida yana bir kurant binosi barpo 
etildi.
Ushbu davrning eng mashur 
me‘moriy yodgorligi o‗z davrida O‗rta 
Osiyodagi 
eng 
balaand 
inshoot 
sanalgan Toshkent teleminorasidir 


100 
(375 m). Uning qurilishi 1979 yilda boshlangan va 1981 yilda tugallangan. 
Minoraning noyob loyihasi me‘morlar D.Y.Semashko, N.G.Terziyev-Sarukov, 
muhandislar E.P.Morozov, M.D.Musheyevlar tomonidan ishlab chiqilgan.
1968-70 yillarda Toshkent metropolitenining barpo etilishi ham ushbu davr 
me‘morchiligining taraqqiyotida muhim o‗rin egallagan. 1977 yilda 9 stansiyadan 
iborat birinchi metro liniyasi barpo etilgan bo‗lib, har bir bekat o‗ziga xos uslubda 
ishlangan. Jumladan, ―Alisher Navoiy‖ bekati Ch.Ahmarovning suratlari bilan 
bezatilgan.
Bugungu kunda ―Istiqlol san‘at saroyi‖ deb nom olgan O‗zbekistonning bosh 
konsert zali 1981 yilda me‘mor Y.Rozanov loyihasi asosida barpo etilgan.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling