Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Nazorat savollari. 1. Sho‗rolar davridagi mafkuraviy jarayonlarning madaniy taraqqiyotga ko‗rsatgan ta‘sirini tahlil qiling. 2. Milliy madaniyatning sho‗ro madaniyatiga moslashuvi haqida gapirib bering. 2. Sovеt davrida xalq ta‘limida qanday o‗zgarishlar yuz bеrganini tavsiflang? 3. Sovеt mustamlakachiligi davridagi adabiyot taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz? 4. Urush yillarida madaniyat va san‘at ga‘alabaga qanday hissa qo‗shganligini baholang 5. Sho‗rolar davrida me‘morchilik rivoji o‗z davrining qanday xususiyatlarini aks ettirgan? 10 - mavzu: Mustaqillik yillarida O„zbekiston madaniyati va san‟ati Reja: 1. Mustaqillik va milliy madaniyatning tiklanishi. 2. Mustaqillik O‗zbekistonning madaniy taraqqiyoti 3. Mustaqillik davri me‘morchiligi Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Mustaqillik, mustaqillik madaniyati, ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, milliy madaniy markazlar, milliy madaniyat, me‘morchilikdagi yangi badiiy konstruktiv yechimilar, me‘moriy majmualar, tarixiy portret va kompozitsiyalar, ikonagrafik portretlar, amaliy san‘at, ―O‗zbekiston xalq ustasi‖ unvoni, yog‗och o‗ymakorligi. Mustaqillik va milliy madaniyatning tiklanishi. O‗zbekiston mustaqiilikka erishgandan so‗ng demokratik fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komi! insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan: - qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama o‗rganilishi, 101 tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan asariaming chop etilishi xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda muhim rol o‗ynamoqda, - sho‗rolar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e'tiqodlar, xalq odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o‗yinlar, tarixiy me'morchilik san'ati, ko‗pgina an‘anaviy ijod turlari tiklandi; - xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro‗z, Ro‗za hayiti, Qurbon hayiti kabilar) ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni, O‗qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar) ning joriy etilishi xalq ma‘naviy hayotiga yangi ruh va mazmun bag‗ishlamoqda; - diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta mirlanishi, yangilarining bаrpо etilishi, diniy adabiyotlar nashr etilishiga keng imkoniyatlar yaratilishi respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda; - o‗zbek tilining davlat tili darajasiga ko‗tarilishi dilni quvontirmoqda. O‗z navbatida, jahon tillarini o‗rganish ehtiyoji bizni olamga yuz tutishimizga, jahon hamjamiyatiga qo‗shilishga, umuminsoniy qadriyatlarni yanada kengroq o‗zlashtirishimizga yordam bermoqda; - xalq ijodi, milliy amaliy san'atimiz jonlanib, rivoj topib, vatandoshlarimiz va xorijliklarni lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bo‗yicha respublika va xalqaro anjumanlarning o‗tkazilishi, ajdodlarimiz merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‗lmoqda. Bu borada o‗tkazilayotgan rang-barang tadbirlar, jumladan, ko‗riklar va tanlovlar, anjumanlar vatanimizda xalqimizning boy ijodiy merosiga katta e‘tibor berilayotganligidan dalolat beradi. - Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujudga kela boshladi. Jumladan, Respublika ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖ kengashi, ―Ta‘lim markazi‖, ―O‗zbekkino‖, ―O‗zbeknavo‖, ―O‗zbekraqs‖, ―O‗zbekmuzey‖, ―O‗zbekteatr‖, Badiiy akademiya, Miliiy madaniy markazlar kabi ko‗plab madaniy-ma‘rifiy tashkilotlarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga zamin bo‗ldi. - ko‗plab nodavlat. notijorat tashkilotlari vujudga keldi; - jahon madaniyatiga munosib hissa qo‗shgan ajdodlarimiz vakillari tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning eng ulug‗vor an‘analariga aylanmoqda. Masalan, YUNESKO orqali xalqaro miqyosda Bahouddin Naqshband, Bobur, Mirzo Ulug‗bek, Zamahshariy, Imom al-Buxoriy kabi ko‗plab mutafakkirlarining tavallud sanalari, «Alpomish» eposining 1000 yilligi, «Avesto»ning 2700 yilligi kabi sanalarga bag‗ishlangan tadbirlar, O‗zbekistonning qadimgi shaharlari yubileylari keng nishonlandi. O‗zbekistonda bo‗lib o‗tayotgan Toshkent kinofestivali, «Sharq taronalari» (Samarqand), «Teatr festivali», «Simfonik musiqa festivali» kabi xalqaro anjumanlar ham madaniyat bayramlari sifatida xalqimiz qalbidan jiov olib ulgurdi. Mustaqillik yillarida o‗tkazilayotgan «Yagonasan, muqaddas Vatan», «Kelajak ovozi», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir», «Yangi nomlar» va boshqa ko‗nk-tanlovlarning o‗z yo‗nalishi, o‗ziga xos maqsad va vazifalari bor. 102 O‗zbek madaniyatining xalqaro nufuzi osha boshladi. Eng avvalo, ajdodlarimiz merosini tiklash bo‗yicha qilinayotgan keng ko‗lamli ishlarimizni jahon hamjamiyati tan olmoqda. Bu boradagi olamshumul ishlarimizni o‗rganish uchun dunyoning ko‗pgina mamlakatlari, chunonchi, Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Fransiya, Olmoniya, Turkiya kabilardan tashrif buyurgan mutaxassis olimlar ham amalga oshirilayotgan ishlarga tahsin aytmoqdalar. O‗zbek san‘ati jahonga tanilmoqda, ko‗plab folklor jamoalari, jumladan. Toshkentning «Kamalak», Andijonning «Sumalak», Xorazmning «Meros» kabi folklor-etnografik ansambllari xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurib, xalqaro anjumanlarda qatnashib, ajnabiylar e‘tiboriga nodir san‘atimiz durdonalarini havola etishmoqda. Chet ellarda o‗zbek xalq madaniyati va ijodiga oid ko‗plab kitoblar, maqolalar chop etilmoqda. O‗zbek xalq ertaklari, maqollari, iboralari, afsonalarining Xitoy, Eron, Turkiya, Germaniya va AQSHda nashr etilgani quvonchli holdir. Vatanimizda xalq madaniyatini taraqqiy ettirish borasida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirilganligini butun jahon tan olmoqda. Shuni bemalol aytishimiz mumkinki, mustaqil O‗zbekiston madaniyatining yangi mustahkam poydevori yaratildi. Xullas, mustaqillik sharofati bilan xalq ijodining rang-barang turlarining tiklanishi - xalqimizning tarixiy ongi, milliy ma‘naviyatini shakllantirish va ravnaq toptirishda muhim omil sifatida namoyon bo‗lmoqda. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‗tish davrida hayotning boshqa jabhalari kabi madaniyat sohasida ham jiddiy o‗zgarishlar, islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‗zbekiston xalqining maqsadi - kuchli davlat asosida kuchli jamiyat qurish. Bundan kelib chiqib, mamlakatimiz madaniyat sohasidagi islohotlarning ham asosiy yo nalishi madaniyat va san‘at muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarib, ularni nodavlat va jamiyat tashkilotlariga aylantirish, jamiyat va inson manfaati asosida xizmat qiluvchi yangi jamiyatlar, uyushmalar, markazlar va jamg‗armalar tuzishdan iborat. O‗zbekiston madaniyat tashkilotlari va muassasalari tizimida ikki yo‗nalish paydo bolmoqda: 1) Davlat tashkiloti va muassasalari; 2) Nodavlat va jamoat tashkilotlari. O‗zbekiston madaniyati tizimidagi tashkilotlarda hozirgi davrda tarkibiy o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda, muhim tashkiliy ishlar hal etilmoqda, ish mazmuni va shakli yangilanmoqda; jiddiy izlanishlar olib borilmoqda, jahon tajribasi o‗rganilmoqda va tajribalar orttirilmoqda; yangi sharoitda moddiy va iqtisodiy muammolar hal qilinmoqda. Davlat tasarrufidagi ishlarga O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bosh-qosh bo‗lmoqda va ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Jamiyatimiz madaniyat va ma‘rifat «bino»sini baquwat va go‗zal bo‗lishi uchun hali ko‗p ishlarni amalga oshirishimiz lozim bo‗ladi. Bu sohada bajarilishi lozim bo‗lgan ishlar talavgina Ularning ba‘zilariga to‗xtalamiz: 1. Respublika va viloyatlar darajasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgan bo‗lsa ham, ba‘zi joylarda, jumladan, tuman, mahalla va qishloqlarda jiddiy e‘tibor berish lozim bo‗lgan ishlar mavjud. Ko‗pgina joylardagi mahalliy rahbarlar hanuzgacha madaniyat sohasi yetarlicha e‘tibor berishmayapti; 103 2. O‗zbekiston hududlarining mushtarakligini ta'minlashda madaniyat va san atning о rni katta. Bu borada «Viloyatlar kuni», ya‘ni viloyatlarda bir- birining kunlarini o‗tkazish yaxshi samara beradi. Bunday tadbirlarni tumanlararo ham o‗tkazish mumkin; 3. Hozirgi davrda yoshlar ma‘naviyatiga alohida e‘tibor berish lozim bo‗lmoqda. Ba‘zi yoshlar ongida va ma'naviy hayotida bo‗shliqning paydo bo‗lishiga mahalliy madaniyat muassasalarining talab darajasida ishlamayotganligi sabab bo‗lmoqda. Klublar, madaniyat uylari, kutubxonalar istirohat bog‗lari mahalliy aholi va yoshlarning bo‗sh vaqtini mazmunli о‘tkazishga va ularni g‗oyaviy, ma naviy kamol topishiga samarali xizmat qilishi lozim. Madaniyat tizimining moddiy negizini yaxshilash muhim muammolarning bin sifatida namoyon bo‗lmoqda. Bu borada ko‗pgina ishlar amalga oshirilayotgan bo‗lsa-da, hali qator muammolar ham mavjud: ' a) madaniyat sohasida tuzilgan yangi (davlat, jamoa va nodavlat) tashkilotlariga hukumatuniz katta mablag‗lar ajratgan. Ularga moddiy va ma‘naviy yordam berib turilibdi, mablag‗ini ko‗paytirish maqsadida tijorat ishlarini olib borishga ruxsat berilgan, soliqdan ozod etilgan. Biroq ular ishni yo‗lga qo‗yish uchun ajratilgan mablag‗lardan maqsadga muvofiq foydalanishmayapti. Ishga eng zaruriy narsalar o‗rniga bu tashkilotlarning rahbarlari o‗zlari uchun qulayliklar yaratishmoqda. Shuningdek, madaniyat tizimi o‗zini o‗zi mablag‗ bilan ta minlash ishlarini ham yaxshi yo‗lga qo‗yishi zarur; b) madaniyat va san‘at sanoati yo‗lga qo‗ymasdan bu sohani taraqqiy ettirib bo‗lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kino sanoati (ssenariy yaratish, kino olish, ularni targ‗ib qilish, ijara ishlarini amalga oshirish), musiqa sanoati (musiqiy asarlarni yaratish, ijro qilish, ovoz yozib olish va ularni tarqatish), tasviriy san‘at sanoati (tasviriy durdonalar yaratish, ularni targ‗ib qilish' ко rgaznia-savdolar, auksionlar uyushtirish) kabilarni yanada yaxshi yo‗lga qo‗yish zarur bo‗lmoqda; d) madaniyat tizimi faoliyatini yaxshilash uchun unga, albatta, ko‗proq faol qiziquvchi, tashabbuskor va izlanuvchi ijodkorlarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ko‗pgina joylarda madaniyat sohasida hamma ishlayverishi mumkin, degan tushuncha mavjud. Bunday tushuncha bilan madaniyatni rivojlantirib bo‗lmaydi. Madaniyat jonkuyar, tashabbuskor tashkilotchilar bilan tirik. Ularsiz madaniyat tizimi ishlay olmaydi va inqirozga uchraydi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling