Guliston davlat universitеti


Mustaqillik davri me‟morchiligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Mustaqillik davri me‟morchiligi 


112 
O‗zbek xalqi me‘morchiligi mohiyat e‘tibori 
jihatidan buyuk bunyodkorlik san‘atidir. Mustaqillik 
yillarida me‘morchilik san‘ati yanada rivojlanib, 
takomillashib bormoqda. Me‘morchilikda ikki asosiy 
tamoyil ko‗zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona 
me‘moriyatning an‘anaviy qonun-qoidalariga rioya 
etishdir. Bu tamoyil ―Temuriylar tarixi davlаt muzeyi‖, 
―Turkiston saroyi‖, Oliy Majlis, Toshkent shahar 
hokimiyati binolari timsolida o‗z aksini topgan. 
Xususan, 1996 yilda barpo etilgan Temuriylar tarixi 
davlаt muzeyi o‗rta asr me‘morligi an‘analari asosida 
aylana tarxli (diametri 31 m.), tomi gumbazli qilib, 
maxsus yaxlit supa ustiga 3 qavatli qilib qurilgan
Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol 
koshinlar ishlatilgan. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, balandligi 10 m, 
muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori 
sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida «suls» uslubida insonni 
yaxshilikka undovchi so‗zlar bitilgan. Binoga 30 dan ortiq katta-kichik hajmdagi 
billur qandillar, 500 ta yoritgichli, og‗irligi 2 t, balaandligi 8 m «Zumrad» qandil 
zeb berib turadi. 14 ta yog‗och o‗ymakorligidagi eshik o‗ziga xos.
1993 yilda ochilgan ―Turkiston‖ saroyi ham milliy va zamonaviy 
me‘morchilikning mumtoz namunalarini o‗zida mujassam etgan. 1982 yilda 
boshlangan bu bino qurilishi uzoq yillar tugallanmasdan kelayotgan bo‗lib, 
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq uning loyihasi qayta ko‗rilib, muhim va 
jiddiy o‗zgartishlar kiritigan. Bugungi kunda saroy xalqaro anjumanlar, yirik san‘at 
bayramlari o‗tkaziladigan, ulug‗ ayyomlar nishinlanadigan nufuzli va mo‗tabar 
ma‘rifiy koshonaga aylangan.
Me‘morchilikdagi 
ikkinchi 
tamoyil 
esa 
O‗zbekistonning 
jahon 
xamjamiyatidan munosib o‗rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon 
me‘morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo‗lmoqda. 
Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» 
«Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O‗zekspomarkaz», Milliy bank, 
Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, 
banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O‗zbekiston Davlat konservatoriyasi va 
boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko‗rkiga ko‗rk qo‗shib turgan 
«Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «qo‗yliq» 
va boshqa bozor binolari, shuningdek «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport 
markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi. 
O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov g‗oyasi bilan 
Toshkent shahridagi Vatanimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydonida 
bunyod etilgan me‘moriy-badiiy majmua yurtimizning o‗ziga xos ramziga aylandi. 
Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg‗un ifodalagan ushbu 
yodgorlik Mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi. 1992 yil avgustida 
maydonda o‗rnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy 


113 
ravishdagi Er sharida O‗zbekistan Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida 
jahon xaritasida mustaqil O‗zbekiston mamlakati mustahkam o‗rin olganini 
ifodalaydi. 2005 yil 28 dekabrda ushbu monument oddiga farzandini bag‗riga 
bosib turgan munis o‗zbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali o‗rnatiddi 
(haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik 
arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yo‗lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil 
qiladi.
Mustaqillik 
yillarida 
ko‗plab 
me‘moriy 
majmualar: ―Imom Buxoriy‖, ―al Farg‗oniy‖, 
―Xotira va qadrlash‖, ―Shohidlar xotirasi‖ va 
boshqa me‘moriy obidalar barpo etildi. Jumladan
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
1997 yil 29-apreldagi ―Muhammad ibn Ismoil 
Imom al Buxoriy tavalludining xijriy 1225 yilligini 
nishonlash va uni o‗tkazish to‗g‗risida‖ gi qaroriga 
muvofiq 
yodgorlik 
majmui 
I.A.Karimov 
rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Chelak 
tumanining 
Xartang 
qishlog‗ida 
Samarqand
Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, 
Qo‗qon va Shaxrisabz halq ustalarining oltin 
qo‗llari bilan me‘morchilik tarixida eng qisqa muddat ya‘ni sakkiz oy mobaynida 
barpo etildi.1998-yil 23-oktyabr kuni ochilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmui 
hozirgi kunda bu tabarruk zamin butun islom olamidan, chet eldan kelgan 
sayyoxlar bilan gavjumdir.
O‗zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari 
jadallik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva 
shaharlarida qayta tiklangan o‗nlab binolar, obidalar misol bo‗laoladi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey 
va kasb-xunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling