Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu. Sovet mustabid tuzumi davrida O„zbekiston madaniyati va san‟ati Reja
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Nazorat savollari:
1. Turkistonda Rossiya mustamlakachiligi davri madaniy taraqqiyotining o‗ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling. 2. Ma‘rifatparvarlik va jadidchilik harakatining madaniy taraqqiyotda o‗ynagan roliga baho bering. 3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida me‘morchilik rivojida qanday yangiliklar ko‗zga tashlandi? 4. Ushbu davrda tasviriy san‘atga kirib kelgan yangi uslub va janrlarga baho bering. 5. Rossiya mustamlakachiligi davrida milliy madaniyat rivoji xususida o‗z xulosalaringizni bayon qiling. 9-mavzu. Sovet mustabid tuzumi davrida O„zbekiston madaniyati va san‟ati Reja: 1. Sovet mustabid tuzumi davrida madaniy taraqqiyotning o‗ziga xos xususiyatlari 2. Sovet mustabid tuzumi davrida san‘at taraqqiyoti Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Sho‗rolar davri, mustabid tuzum, madaiyatga mafkuraviy tazyiq, sinfiy yondashuv va ―sotsrealizm‖, zamonaviy san‘atning turli ko‗rinish va yo‗nalishlarining paydo bo‗lishi, o‗zbek zamonaviy me‘morchilik san‘atining shakllanishi, Yevropa realistik san‘ati, grafika san‘atida tur va janrlarning kengayishi, bezak va illyustratsiya ishlari, portret san‘ati, avtoportret, mahalliy rassomlar faoliyati, kino san‘ati, me‘morchilikda yangi texnologiyalarning yaratilishi. Sovet mustabid tuzumi davrida madaniy taraqqiyotning o„ziga xos xususiyatlari Sobiq sho‗rolar davri madaniyati o‗zining qarama-qarshi tomonlari va xususiyatlari bilan boshqa davrlar madaniy taraqqiyotidan farq qiladi. Bu davrning asosiy xususiyati hayotning barcha sohalari, jumladan, ma‘naviy madaniyat sohasining kommunistik mafkuraga tobeligi bilan tavsiflanadi. Ma‘lumki, milliy madaniyat milliy e‘tiqod va milliy his-tuyg‗ular asosida rivojlanadi. Sho‗rolar davrida ana shu xususiyat — milliy madaniy taraqqiyot o‗zani begona madaniy oqim tomonga burib yuborildi. Natijada milliy madaniyat о‘zining hayotbaxsh manbayidan, milliy e‘tiqod va his-tuyg‗ularidan ajratib qo‗yildi. Madaniy-tarixiy hodisa g‗oyaviylashtirildi, hukmron mafkura va hukmron sinf manfaatlariga bo‗ysundirildi. Ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerga 90 kirmaydigan «begona davlatlar» madaniy hayoti bilan milliy madaniyatlar o‗rtasidagi tabiiy aloqadorlikka rahna solindi. Bu esa milliy madaniyatlarning umumbashariy madaniyatlardan uzilib qolishi va «begona»lashuviga olib keldi. Bu davrning ikkinchi salbiy tomoni badiiy ijodiy jarayonning bir qadar cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Ijodiy erkinlik hukmron mafkura ko‗rsatmasi asosida qurildi. Badiiy ijod «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» uslubda bo‗lishi shart qilib qo‗yildi. Bu qonuniyat o‗tmish madaniy merosga ham tatbiq etildi. Natijada o‗tmish avlodlardan qolgan barcha madaniy boyliklarni o‗rganishda, uning ana shu qonuniyatga javob bermaydigan tomonlari olinib, qolgan jihatlari «zararli, «kommunizm quruvchisi»ning ongini zaharlaydigan «og‗u» deb topildi. Bu esa avlodlardan avlodlarga qonuniy tarzda o‗tuvchi yaxlit jarayonning buzilishiga sabab bo‗ldi. Har bir jarayonning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo‗lganidek, sobiq sho‗rolar davrining ham o‗ziga xos ijobiy tomonlari ham mavjud bo‗lganki, bundan ko‗z yumish umumiy tabiiy-tarixiy jarayonga bir tomonlama nazar tashlash bilan barobardir. Sho‗rolar davrida o‗ziga xos madaniy taraqqiyot vujudga kelib, bu madaniy jarayon ozmi-ko‗pmi umumbashariy madaniy taraqqiyotning rivojiga sezilarli ta‘sir ko‗rsata olgan. Bu davrda ilm-fan, texnika va san‘atning ko‗pgina sohalarida (ayniqsa, me‘morchilikda) ulkan yutuqlarga erishildi. Fanning ayrim sohalardagi rivoji dunyo miqyosidagi darajaga ko‗tarildi. Sho‗rolar davri madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri majburiy ta‘limning joriy etilganligidir. Bu vazifani amalga oshirish uchun ko‗plab maktablar tashkil etildi. Natijada qishloq joylari madaniy-maishiy hayotining yaxshilanishida ana shu maktablarning ta‘siri sezilarli darajada bo‗ldi. Yoki xalq xo‗jaligining turli sohalarini kadrlar bilan ta‘minlash uchun ta‘lim tizimining bosqichma-bosqich yaxshilanib borilishi ham aholi madaniy saviyasining ko‗tarilishida muhim rol o‗ynagan. Sho‗rolar davrida ham Rossiya imperiyasi amaldorlari tomonidan amalga oshiralayotgan siyosat – yerli xalqni ruslashtirish siyosati davom etdi. Milliy ma‘naviy qadriyatlar millatning milliy g‗ururi va o‗zligini anglashga bo‗lgan intilishlari bo‗g‗ib qo‗yilishi davom etdi. O‗tmish madaniy merosga bo‗lgan munosabatda sinfiylik tamoyili asosiy mezonga aylandi. Mazkur tamoyilning madaniy-ijodiy jarayonga tatbiq etilishi o‗zbek milliy madaniyatining qadim ajdodlari tomonidan vujudga keltirilgan sarchashmalaridan bahramand bo‗lishiga barham berdi. O‗tgan asrning 20- yillari boshida qabul qilingan ―San‘at buyumlari va ilmiy kolleksiyalarini chet elga olib chiqib ketishni taqiqlash to‗g‗risida‖ (1921- yil, 22- may), ―Musulmon nashrlari uchun mablag‗ ajratish‖ (1922- yil, 10- avgust), ―Turkistonda yerli bolalar uchun maktablar tarmog‗ini kengaytirish‖ (1923- yil, may) va boshqa ko‗pgina chora-tadbirlar o‗z samarasini bermay qolmadi. Maktablar tarmog‗i tez sur‘atlar bilan rivojlandi, matbaa ishi yaxshilanib madaniy- ma‘rifty ishlar ko‗lamining ta'siri kengaydi. Bu ishlarning amalga oshuvi natijasida mahalliy xalq orasidan A.Avloniy, A.Fitrat, A.Qodiriy, S.Ayniy, Hamza, 91 A.Cho‗lpon, Botu (M.Xodiyev), Ziyo Said singari adiblar, M.Uyg‗ur kabi atoqli aktyor va rejissyorlar yetishib chiqdi. 1925- yilga kelib o‗zbek tilida 17 nomdagi gazeta va jumallar chiqa boshladi. Turkistonda yashovchi o‗zbek, qozoq, rus va boshqa millat tillarida kitoblar chop etildi. 14 teatr, 19 kinoxona, 152 ta kutubxona va boshqa madaniy- ma'rifiy muassasalar faoliyat ko‗rsata boshladi. Savodsizlikni tugatish maqsadida xalq tilida maktablar tashkil etish sur‘ati yanada kuchaytirildi. Ularni darsliklar va o‗quv quroilari bilan ta‘minlash chora- tadbirlari ko‗rildi. 1930- yil 25- iyulda majburiy boshlang‗ich ta‘lim joriy etildi. 30-40- yillar oralig‗ida mehnatga yaroqli aholining deyarli barchasi savodsizlikni tugatish tizimida o‗qib chiqdi. 30- yillaming oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta‘limga o‗tildi. 1920- yilda Toshkentda rasman tashkil etilgan O‗rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‗zbekiston Milliy Universiteti) nafaqat respublikamiz uchun, balki O‗rta Osiyo respublikalari va Qozog‗iston uchun oliy malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi yagona markazga aylandi. 20-30- yillarga kelib respublikamizning yirik shaharlarida xalq xo‗jaligi uchun zarur bo‗lgan mutaxassisliklarni yetkazib beruvchi ko‗plab oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlari tashkil etila boshlandi. Bu davrda respublika madaniy hayoti Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling