Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Ahmad Donish
87 asosida yurtimizga Yevropaning realistik rassomchiligi, uning naturalizm, klassik uslublari ham kirib keldi. Xususan, A.Karazin 1874-1879 yillarda Rus geofgrafya jamiyati tomonidan Amudaryo havzasini o‗rganish uchun yuborilgan ilmiy ekspeditsiyada ishtirok etib, o‗lka tabiatini aks ettiruvchi suratlar ishlagan. 1880 yilda rus qo‗shinining Xiva va Buxoroga yurishlari mavzusida qator asarlar yaratgan: ―Toshkentning olinishi‖, ―Rus qo‗shinining 1868 yil 8 iyunda Samarqandga kirib kelishi‖, ―Maxramning zabt etilishi‖ va h.k. Rassom nafaqat batal janrda ijod qilgan, O‗rta Osiyoning tabiati va osiyoliklar qiyofasi uning asarlaridagi sevimli mavzulardir. Kazakov asarlarida esa xalqnngi psixologik holatlari, dunyoqarashlari, turmush sharoitlari ifodalandi. 1890 yillar oxirlaridan 1900 yillar boshigacha O‗rta Osiyoda ko‗p vaqt ishlagan R.Zommer ham o‗z asarlarida maishiy, batal sahnalarni, Nurkiston me‘morchiligi yodgorliklarini hamda Toshkent, Buxoro, Samarqandning eski mavzelarini aks ettirgan. Bu davrda ko‗p asrlar davomida taraqqiyoti deyarli to‗xtab qolgan haykaltaroshlik sohasida ham o‗zgarihslar sodir bo‗ldi. Toshkеntlik To‗xta Sodiq Xo‗jayev o‗z qo‗li bilan, biron-bir haykaltaroshlik asboblari va kеsiklarisiz, oddiy qalamtaroshda o‗yib ishlagan ot va kiyik haykalchalarining 1886 yildayoq Turkiston ko‗rgazmasida namoyish etilganligi O‗rta Osiyo xalqlarining borliqni badiiy tasvirda aks ettirishga intilishlaridan dalolat bеradi. Ana shu ko‗rgazmada Toshkеntlik kosiblar tomonidan bajarilgan uylarning: ganchdan yasalgan ikki qavatli yevropa uslubidagi uy va nihoyatda mahorat bilan haqiqiysiga o‗xshatib yasalgan ikkita o‗zbеk uyi modеllari ham namoyish etilgan edi. Taniqli o‗zbеk ganchkor usta Toshpo‗lat Arslonqulov (1882-1962) Toshkеntdagi harbiy kеngash (Ofitsеrlar uyi) binosida fotosuratlardan foydalangan holda A.V. Suvorov va M.I. Kutuzovlarning portrеtlari tushurilgan barеlyef-mеdalyonlarini ganchdan yasadi. О‘zbek xalqining ko‗p asrlik taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tgan musiqa san‘ati qadimiy va o‗ziga xos an‘analariga ega. XIX asrning ikkinchi yarmida o‗zbek musiqasining barcha janrlari va shakllari xonanda va sozandalar avlodi tomonidan ijod qilinib, og‗izdan og‗izga o‗tib kelgan og‗zaki an‘anaviy san‘atdan iborat edi. Musiqa tuzilishi va ijro xususiyatlari jihatidan esa o‗zbek kuylari terma, qo‗shiq, lapar, yalla va ashula kabi janrlarga bo‗linadi, bularning har birining mavzusi xilma-xil bo‗lgan. O‗sha davrda samarqandlik ashulachi va dutorchi Hoji Abdulaziz Rasulev, ashulachi Levi Boboxonov, xorazmlik tanburchi Matyoqub Harratovlar mashhur bo‗lganlar. Maqomlar Buxoro va Xivada rivojlangan edi. Buxoro «Shashmaqom»i mukammal olti maqomdan iborat bo‗lib, bu maqomlardan har biri ko‗plab qo‗shiq va musiqaviy qismlarni o‗z ichiga olgan. Lirik mazmunli Farg‗ona katta ashulasi og‗zaki an'anaga kirgan o‗ziga xos professional musiqa janri hisoblangan. Garchi o‗zbek musiqasi xalq sozandalarining amaliy faoliyatida og‗zaki an‘anaviylik san‘at tariqasida rivojlanib borgan bo‗lsa ham, musiqa bilimining yuqori darajaga erishganligi natijasida o‗rta asrlardayoq tovushlarni qog‗ozga 88 yozib olish (nota yaratish) usullari ixtiro qilingan edi. Masalan, xorazmlik Pahlavon Niyozmuhammad (Komil Xorazmiy) o‗zbek kuylarini yozib olish sohasida yangi tizim – «tanbur chizig‗i»ni yaratgan. U rost maqomining bosh qismini ana shu «tanbur chizig‗i»da yozadi. Toshkentlik hofiz Mulla To‗ychi Toshmuhamedov (1867-1943)ning nomi juda ham mashhur bo‗lgan. To‗ychi hofiz link asarlar: «Gulyor», «Bayot», «Lolalaring bordur», «Holim mening», «Yangi Kurd», «Suvvora», «llg‗or» kabi kuylarni mohirona ijro etishi bilan xalqning mehr-muhabbati va hurmatiga sazovor bo‗ldi. 1905- yilda bu ashulalardan ba'zi birlari yurtimizda ilk bor Mulla To‗ychi ijrosida grammofon plastinkalariga yozib olingan. Masxaraboz-qiziqchilar va qo‗g‗irchoqbozlik san‘ati an‘anaviy xalq madaniyatining asosiy janrlaridan biri hisoblangan. Tomosha san‘atining bu turlari xalq ijodining juda ko‗p tur va janrlari: askiyabozlik, taqlidchilik, nayrangbozlik, yog‗ochoyoqbozlik san‘atidan, shuningdek, maqomchilar, sozandalar, raqqoslarning faoliyatidan keng foydalanish natijasida rivojlangan. Qo‗g‗irchoqbozlik san'ati (qo‗g‗irchoq o‗yin), o‗z navbatida, qo‗l qo‗g‗irchoqqa va chodirxayolga bo‗lingan. XIX asr oxirlariga kelib, O‗rta Osiyoda foto va kinematografiya san‘atiga xivalik birinchi o‗zbek operatori Xudoybergan Devonov (1879-1940 yy) tomonidan asos solindi. U Xiva xonligiga ko‗chib kelgan nemis-mennonitlaridan biri – Vilgelm Pennerdan fotoapparatdan foydalanish sirlarini o‗rgangan, keyinchalik Sankt-Peterburgga safari chog‗ida kinematografiya bilan qiziqib qolgan. O‗z xalqi tarixi va o‗tmish madaniyatini yaxshi bilgan san‘atkor o‗zi yaratgan kino asarlari xalqona, tarixiy mazmunda bo‗lishiga katta e‘tibor qaratgan. Shuning uchun ham u 1920 yilda yaratgan ―Ishchi ayollar‖, ―Sho‗rko‗l‖ kinosyujet filmlari tajribali Moskva kino mutaxassislari tomonidan yuksak baholangan. ―Chig‗ir‖, ―Kustar usulda bo‗z to‗qish‖, ―Xivadagi xalq shodiyonalari‖, ―Paxta terimi‖, ―Birinchi traktor‖ filmlari o‗zbek kinosi durdonalari qatoridan o‗rin egallagan. Xulosa qilib aytganda, XIX va XX asr boshlarida O‗rta Osiyo, jumladan, Turkiston o‗lkasi hududiga Yevropa va rus madaniyatining kirib kelishi bir qator madaniy o‗zgarishlarning vujudga kelishiga sabab boldi. Ular quyidagilardir: a) ilm-fan, musiqa va teatr san‘atida yangi ko‗tarilish davri boshlandi; b) xalqni ma‘rifatli qilishning asosiy vositasi - yangicha uslubdagi maktablar paydo bo‗ldi; d) Turkiston va boshqa olkalar o‗rtasida madaniy aloqalar kuchaya bordi; e) matbaachilikning shakllana borishi ma‘naviy madaniyat taraqqiyotiga ta'sir ko‗rsatuvchi yangi bir vosita – ommaviy axborot vositalari (gazeta va jurnallar) ning vujudga kelishiga sabab bo‗ldi; f) badiiy adabiyotning shakllanishida Yevropa badiiy ijodiyoti uslublarining ta‘siri sezila boshladi. Natijada yozma nasriy va dramatik asarlar paydo bo‗la boshladi; g) XX asr boshlarida Toshkent, Farg‗ona kabi shaharlarda kino san‘atini namoyish qilish yo‗lga qo‗yila boshlandi; 89 j) ommaviy xalq tomosha san'ati rivoji yangi bosqichga ko‗tarildi, tomoshalar dasturida yangi mavzular – ma‘rifatga chorlash, milliy istiqlol, ijtimoiy norozilik kayfiyatidagi tomoshalar ko‗zga tashlana boshladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling