Tarix fakulteti tarix kafedrasi
Download 101.5 Kb.
|
Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija: Kirish I.bob. Toshkent vohasi tarixiy geografik orni
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX KAFEDRASI KURS ISHI Mavzu: Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari Bajardi: Olimjonov Abdulboriy 103 guruh 2 kurs talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent-2022 Mundarija: Kirish I.bob. Toshkent vohasi tarixiy geografik o'rni 1.1. Toshkent vohasi tarixiy arxeologik yodgorliklarini o'rganish 1.2. Toshkent vohasi tarixining o’ziga xos xususiyatlari II.bob. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari 2.1. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari o'rganilishi 2.2. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklarini saqlash muamolari va chora tadbirlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston yerlarida mil. avv. III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib, atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo, (o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari, maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan. Ma’lumki, O’rta Osiyoda mil. avv. III-II asrlarda Farg’ona davlati-Davan shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkana, Xitoy manbalarida esa Davan deb atalgan. Xitoy manbalarida mil.avv. I asrda Davan ko’p aholisi bor, dehqonchilik va hunarmandchilik ho’jaliklari yuksak rivojlangan, shaharlar Davanda 70 ga yaqin obod shahar bo’lgan. Bu hududda bog’dorchilik, ziroatchilik, to’qimachilik rivojlangan. Farg’onaning samoviy duldurlari-afsonaviy otlari mashhur bo’lgan; Ershi, Axsi, Quva singari shaharlar taraqqiy etgan. Uy-joylarshohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko’tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So’g’d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi. Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar. Yunon-Baqtriya aholisi zardushtiylik diniy e’tiqodida bo’lib, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, yerga, quyoshga bo’lgan hurmat va e’tiqod ilohlarga bo’lgan (Mitra, Naxid) e’tiqod bilan uyg’unlashib ketgan. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling