Tarix fakulteti tarix kafedrasi


Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklarini saqlash muammolari va chora tadbirlar


Download 101.5 Kb.
bet5/6
Sana01.04.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1314644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari

2.2. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklarini saqlash muammolari va chora tadbirlar
Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo, miloddan avvalgi 330-327 yillarda Iskandarning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi. Lekin, ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat selavkiylar davridan boshlanadi. Miloddan avvalgi III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari –So’g’d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi. O’sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So’g’dda Afrosiyob, Erqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi.
Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston erlarida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib, atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo, (o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari, maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan.
Sentabr oyida qo‘mitamiz tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi bilan “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning Toshkent shahridagi ijrosini o‘rganganimizda poytaxtdagi 56 ta madaniy meros obektining kadastr hujjatlari yo‘qligi, 256 tasiga muhofaza belgilari, 200 tasiga esa yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilmagani aniqlandi. Shuningdek, madaniy meros obektlariga jamoatchilik inspektorlari to‘liq biriktirilmagan.

Arxeologik yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish holati qoniqarli emas. Tarixiy tepaliklarning atrofi himoya devorlari bilan o‘rab olinmagan, tuproqlari mahalliy aholi tomonidan qazib olinib, o‘z shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborilayotgani oqibatida ular yo‘qolib ketish arafasida turibdi.


Ayrim yodgorliklar atrofiga chiqindilar tashlab ketilmoqda. Afsuski, bunday muammolar nafaqat Toshkent shahrida, balki boshqa hududlarda ham mavjud. Davlat dasturidagi topshiriqlar o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishiga hukumat hamda parlament birdek mas'ul ekanini alohida ta'kidlab o‘tmoqchiman. Shuning uchun bu borada kerak bo‘lsa hududlarga birgalikda o‘rganishga chiqish va qo‘mitalarning sayyor majlislarini o‘tkazib, real holatni muhokama qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, deydi Yoshlar, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.


Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida hukumat madaniy meros obektlarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilishi lozimligiga to‘xtalgan edi.


2021 yilning mayida VIII-IX asrlarga taalluqli Mingo‘rik shahristoni yodgorligi yonida Toshkent shahar IIBBning Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi qurilishi boshlangan, Madaniy meros departamenti vakili Kun.uz’ga qurilish ishlari qonunchilik talabiga zid ravishda ilmiy-ekspert kengashining tegishli xulosasini olmasdan boshlab yuborilganini aytgandi.


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov shu yilning 24 iyun kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida madaniy meros obektlarimizni tiklash, restavratsiya qilish, qadimiy arxitekturasini yo‘qotmagan holda saqlab qolish, raqamlashtirish, samarali menejmentni joriy qilish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida Turkiy kengash huzurida a'zo davlatlarning mablag‘i asosida Madaniy meros obektlarini asrash jamg‘armasini tashkil qilishni taklif etgandi.
Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antic davrda shahar madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu erda Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi. Me’morchiligida mudofaa inshoatlari, diniy va dunyoviy monumental inshoatlarning paydo bo’lishi shahar-madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi. Moddiy madaniyatning barcha jabhalarida originallik, amaliy va tasviriy asarlarida yuksak did va mahorat ruhi antik madaniyatni mazmun va mohiyatini belgilab beradi.
Xulosa

Toshkent vohasining antik davri arxeologik yodgorliklarini o'rganish asosan XIX asrdan boshlandi ya'ni rus arxeologlari tomonidan Shaharning XIX asr tarixi, topografiyasi (geografiyasi), jumladan uning toponimlari haqida ma'lumotlar Muhammad Solihning “Tarixi jadidayi Toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) asarida uchraydi. Qo'lyozma fors-tojik tilida bitilgan bo'lib, xozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Asar asli Toshkent viloyati tarixi haqida bolib, muallif shahar tarixini butun o’lkada kechgan voqealar ko’lankasida yoritgan.


Toshkent shahrining tarixi va toponimiyasiga oid mukammal ma'lumotlami O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyingi davrdagi rus mualliflari Ye.T. Smirnov (“Drevnosti v okrestnostyax Tashkenta”. 1895), A. Mayev (“Aziatskiy Tashkent. 1876), I.I. Dobrosmo'slov (“Tashkent v proshlom i nastoyashem”. 1912) N. Lokoshin (“Poljizni v Turkestane”. 1922), A.Shishov (“Sarti”. 1911) kabilar asarlaridan topish mumkin.
O`zbekistonning yirik iqtisodiy markazlaridan biri – Ohangaron Toshkent viloyatining yirik shaharlaridan biri. Ohangaron toponimi forscha-tojikcha – “ohangar” “temirchi” degani, - on - ko'plik affiksi (“Ohangaron” “temirchilar”).
Ohangaron toponimi dastlab Xoja Ahrorning vaqf hujatlarida (XV – XVI asr boshlari) – Soyi Ohangaron, Daryo Ohangaron shakllarida tilga olingan. Zahiriddin Muhammad Bobur Ohangaron julg’asi (vodiysi) deb yozgan. Mo’g’ullar kelmasdan oldingi manbalarda Iloq daryosi deb atalgan. Bu vodiyda qadimdan temirchilik rivojlangani uchun daryo Ohangaron – “temirchilar” deb nom olgan38. Keyinchalik vodiyda tashkil topgan shaharga ham Ohangaron nomi berilgan.
Parkent – Toshkent viloyatining yirik shaharlaridan biri bo’lib, Parkent tumani markazi. Mahalliy talaffuzi Parkat. Arab geograflari asarlarida (IX – XI asrlar) Barskat shaklida tilga olishgan. Yoqut Hamaviyning “Mu’jam ul-buldon” lug'atida (XII – XIII asrlar) qayd qilingan. Shuningdek, sharqshunos V.V. Bar’told o’rta asrlarda tilga olingan Sarskat shahrini hozirgi Parkent bo’lsa kerak, deydi. O’z navbatida “Parkent” toponimi Bars (tog’ yo’lbarsi) nomidan olingan degan fikr ham bor. Parkent tarixiy manbalarda “Faraakas” holida ham uchraydi.
Toshkent viloyatining shaharlaridan yana biri Piskent hisoblanadi. Dastlab arab geograflari Istahriy, Ibn Halqal, Muqaddasiy (X – XI asrlar) asarlarida Biskat shaklida tilga olingan, mahalliy xalq hozir ham Piskat deydi. U “bis” (tojikcha) “yigirma” so'zidan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor. Bu xaqida mahalliy aholi orasida quyidagicha rivoyat bor: “Bobur Hindistonga yurishidan boshlashidan bir oz oldin qo`shni Piskent tumaniga kelib to`htaydi. Bu yerda 20 kanizagini 20 nafar xizmatkorga nikohlab beradi. Bobur Hindistonga yo`l olgach, 20 nafar xizmatkor shu yerda qoladi va Piskent (forscha “bis” – “yigirma”, “kent” – “qo`rg’on”) vujudga kelishiga sababchi bo`ladilar39.
Bekobod shahri – Toshkent viloyati tasarrufidagi yirik shahar, iqtisodiy markaz. Bekobod shahri qadimda Begovot deb yozilar edi. Begovot nomli qishloqlar O'zbekistonda bir nechta bo'lgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bek shaklida talaffuz qilinadigan so’zning to'g'risida asli beg bo'lgan. Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida bu so'z beg shaklida yozilgan. Akademik V.V. Bar’told ham bu so’zni beg shaklida yozish va talaffuz qilish to’g’riroq deb yozadi. Bu kabi misollar toponimlaming hozirgi o’zbekcha yozilishi mukammal emasligini ko'rsatadi. Umumiy olganda “Bekobod” – “Bek obod qilgan maskan” deb izohlanadi.
Angren – Toshkent viloyati tasarrufidagi yirik shahar, iqtisodiy markaz. Angren toponimi Ohangaron “temirchilar” so’zining buzilgan shakli. Ko’plar buni ruscha talaffuz oqibati deyishadi. Aslida quramalar shunday talaffuz qilganlar. Zomin tumanida xam Angren degan joy bor



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling