Tarix fakulteti tarix kafedrasi


II.bob. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari


Download 101.5 Kb.
bet4/6
Sana01.04.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1314644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari

II.bob. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari
2.1. Toshkent vohasi antik davri arxeologik yodgorliklari o'rganilishi
Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi.
Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi.
Shoshtepa I - (mil.av. V – IV asrlar)
Shoshtepa II - (mil.av III – II asr boshlari)
Shoshtepa III - (mil.av II – I asrlar)
Kanka – Ohangaron daryosi sohilida balandlikka to’g’ri bo’lmagan to’g’riburchak shaklda qurilgan, umumiy maydoni 150 ga. Qadimda devor bilan o’rab olingan. Shimol tomon burchagida ark joylashgan. Devor avval paxsadan, keyin xom g’ishtdan tiklangan. Devorda aylana shaklda kungurlar mavjud, uning hajmi 9 m.
Kavardan – noto’g’ri to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 75 ga. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan. Aylana shakldagi arkka ega. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida antik davr yodgorliklari juda kam o’rganilgan. Jizzax hududida Zamin shahari to’g’risida kam ma’lumotlar bor.
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km masofada - Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.

Fanlar akademiyasining xabar qilishicha, yodgorlikning janubi - janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko‘p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan.


2018 yildan buyon bu yerda «Oltin Meros» xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi hamda moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va O‘zR FA Tarix instituti qo‘shma ekspeditsiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.


Toshkent viloyati Angren vohasida 6–30 sentyabr kunlari Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazining “Qanqa ekspeditsiyasi paleolit bo‘limi” olib borgan dala-qidiruv ishlarida bir qator arxeologik yodgorliklar topildi. Bu haqda akademiya axborot xizmati xabar byerdi.


Ma'lum qilinishicha, tadqiqot ishlari Yangiobodsoy va Qorabog‘soy yuqori oqimi, Muzbel hamda Ko‘k shashir daralarida olib borilgan. Ekspeditsiya davomida o‘rta paleolit davriga tegishli Muzbel-1 manzilgoh-ustaxonasi aniqlanib, dastlabki qazuv ishlari amalga oshirilgan. Ta'kidlanishicha, yodgorlik O‘zbekiston paleolit davrini o‘rganishda ahamiyatli hisoblanadi. Hozirda 2x1 metr hajmdagi maydonda olib borilgan qazish ishlari natijasida ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Muzbel-1 manzilgoh-ustaxonasidan topib o‘rganilgan tosh artefaktlar tahlili yodgorlikni Obirahmat madaniyatiga oid yodgorliklar guruhiga mansubligini taxmin qilish imkonini bermoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyo paleoliti uchun mavjud muammolardan biri bu ochiq turdagi yodgorliklarda madaniy qatlamning buzilmagan holda saqlanishi hisoblanadi. Muzbel-1 yodgorligi madaniy qatlamlari sathidagi artefaktlarning yotish holati va o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqlik hosil qilishi esa madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanganini ko‘rsatadi. xabarga ko‘ra, Qorabog‘soyning yuqori oqimi Ko‘k shashir darasida turli davrlarga tegishli ko‘plab qoyatosh suratlari aniqlangan. Suratlarda turli hayvonlar, inson hamda geometrik shakllar tasvirlangan. Ular ishlanish usuli va kompozitsiyasi jihatidan bir-biridan farqli va o‘xshash xususiyatlarga ega. Qoyatoshlar rasmlari ichida qadimgi so‘g‘d yozuvida bitilgan yozuv ham aniqlangan bo‘lib, bu petrografik yodgorliklarning ijtimoiy-madaniy mansubligini aniqlash imkonini beradi.
Shuningdek, qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarning bir qismi yer yuzasidan topilgan topilmalar bilan bog‘liq. Muzbel-1 yodgorligi va Ko‘k shashir darasida joylashgan adirlik yuzasidan topilgan ikkita tosh buyum qadimgi jamoalar to‘qimachilik yoki zargarlik hunarmandchiligi faoliyati haqida ma'lumot byerishi mumkin. Bu kabi topilmalar noyob hisoblanadi. Hozirda ularning davri, analogiyasi hamda intyerpretatsiyasi haqida biror fikr yuritish qiyin



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling