Guliston davlat universitеti
Miniatyura va kitobot san‟ati
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Miniatyura va kitobot san‟ati.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida ham xattotlik va miniatyura san‘ati kitobot san‘ati bilan bog‗liq holda taraqqiy etdi. Shayboniylardan Abdulazizxon va Abdullaxonlar o‗z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar. Kutubxonalar qoshida qo‗lyozma asarlardan nusxa ko‗chiruvchi, eskilarini ta‘mirlovchi xattotlar va ustalar faoliyat ko‗rsatganlar. XVI asrda Movarounnahrda Shayboniylar poytaxti Buxoro musavvirlik san‘ati markaziga aylanadi. Endilikda O‗rta Osiyo musavvirligi Hirotdan kelgan san‘atkorlar faoliyati natijasida Behzod maktabiga xos bo‗lgan gumanistik g‗oyalar, yuksak mahorat xususiyatlari bilan Shayboniylar hukmdori didiga binoan ko‗chmanchilik hayotiga xos urf-odat, cho‗l manzaralari uyg‗unlashadi. Demak, Buxoro musavvirligida uch unsur – temuriylar davri Samarqand va Buxoro, Navoiy davri, Behzod maktabi bilan ko‗chmanchilik hayoti unsurlari mujassamlanadi. Xususan, uncha mashhur bo‗lmagan shoir Shodiyning Shayboniyxonga bag‗ishlangan ―Fatxnoma‖, Ma‘sud ibn Usmon Qo‗histoniyning ―Abulxayrxon tarixi‖ asarlariga ishlangan miniatyuralarda ko‗chmanchi aholining hayot tarziga xos jihatlar o‗z aksini topgan. Mashhur musavvir Mahmud Muzahhib Shayboniylar Ubaydullaxon va Abdulaziz saroyida xizmat qilgan bo‗lib, uning ilk asari - Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holatini tasvirlovchi portreti Tehrondagi «Guliston» kutubxonasida saqlanadi, «Sulton Sanjar va to‗quvchi qari kampir uchrashuvi» miniatyurasi muallifi. Bu davrda ishlangan miniatyuralarda ko‗pincha kompozitsiya, saroylar tasviri Hirot uslubida tabiat manzaralari, odamlar chehrasi, kiyim-kechaklar yerli uslubda tasvirlanadi, oddiy hayot manzaralari, xalq vakillari obrazlari ham beriladi. Mavzu jihatdan esa ahloq, odob masalalarini yoritishga ko‗proq ahamiyat beriladi. Bu o‗rinda ayniqsa, Shohruhiyada ko‗chirilgan Navoiy ―Xamsa‖si miniatyuralarini eslab o‗tish o‗rinli bo‗ladi. Buxoroda Ubaydulloxon va undan keying Shayboniylar davrida saroyda badiiy bezakli qo‗lyozmalar tayyorlash ishi davom etadi. Ammo, viloyatlarda tayyorlangan badiiy qo‗lyozmalardan farqli ularoq, Buxoroda qo‗lyozmalar xon nazorati ostida ishlangan. Sulton Mirak Munshi, mavlono Mir Ali Kotib kabi mashhur xattotlar Sulton Ali Mashhadiy an‘analarini davom ettiradilar. Asosan klassik adabiyot namunalari, Nizomiy, Sa‘diy, Jomiy, Navoiy asarlarining badiiy bezakli qo‗lyozmalari tayyorlanadi. Ularga ishlangan mo‗‘jaz rasmlarda Hirot an‘analari Buxoro san‘atkorlari ko‗pincha falsafiy allegorik asarlarni majoziy ma‘noda emas, balki tom ma‘nosida talqin etadilar. Alisher Navoiyning Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan ―Lison ut-tayr‖ asarining 1553 yilda Buxoroda ko‗chirilgan qo‗lyozmasiga ishlangan rasmlar ham ana shu xarakterdadir. Buxoroda ishlangan badiiy qo‗lyozmalar orasida Angliyaning Oksford universiteti Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan Alisher Navoiyning ―Sab‘ai sayyor‖ va ―Saddi Iskandariy‖ dostonlari muhim o‗rin egallaydi. Dostonlarning 1553 yilda ko‗chirilgan bu nusxalari Buxoro badiiy 71 qo‗lyozmasining eng yuksak namunasidir. Xati nihoyatda go‗zal, ravshan, mayda nasta‘liq, matn to‗rt ustunda, hoshiyalarga oltin suvi purkalgan va o‗simlik, geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Har ikkala doston qo‗lyozmalariga ishlangan o‗n besh miniatyura go‗zalligi, nafosati, bo‗yoqlarining rangdor va ravshanligi, mutanosibligi, chiziqlarning nafisligi, personajlar qiyofasining jozibadorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Eshmuhammadxonnning buyrug‗iga ko‗ra 1556 yilda ko‗chirilgan Firdavsiyning ―Shohnoma‖ asari O‗rta Osiyo miniatyura san‘atining durdonasi sanaladi. Biroq unga ishlangan ko‗p sonli miniatyuralar XVI-XVII asrlar chegarasiga oid. Ushbu miniatyuralarning beshtasiga Muhammad Murod Samarqandiyning dastxati qo‗yilgan. Buxoroda XVI asrda kamolot cho‗qqisiga chiqqan kitobat va mo‗‘jaz rasmlar san‘ati XVII asrda ham davom etdi. Lekin endi ziynatlangan qo‗lyozmalar o‗rtasida Navoiy asarlari uchramaydi. XVII asr Buxoro musavvirlik san‘ati, umuman olganda, XV-XVI asr an‘analarini davom ettirsa, kamolotdan chekinish sezilib turadi. 1628 yilda Samarqandda Sharafiddin Ali Yazdiyning ―Shohnoma‖ asariga ishlangan miniatyuralar bu davr tasviriy san‘atinig yorqin namunasidir. Tarixiy manbalar va asarlardagi dastxatlar XVI asrning oxirgi choragi – XVII asrning birinchi yarmida Buxoro va Samarqandda ijod qilgan Xo‗ja Muhammad Musavvir, Muhammad Sharif, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Darvish Samarqandiy kabi musavvirlarning nomini yetkazib kelgan. Muhammad Amin nafaqat miniatyurachi, balki Buxorodagi Abdulazizxon madrasasidagi devoriy suratlar va naqshlarni bajargan musavvirdir. XVII asrning ikkinchi yarmida Abdulazizxon II davrida Muhammad Muqim, Avaz Muhammad, Muhammad Amin, Mullo Behzod, Subxonqulixon davrida Xoja Gadoylar ijod qilgan. Muhammad Muqimning 1664 yilda Buxoroda ishlangan ―Shohnoma‖ ga ishlangan miniatyuralari ma‘lum. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling