Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Toqi Zargaron 


67 
36 zargarlik ustaxonasi va do‗konlar bo‗lgan. Toqi Zargaron Buxorodagi 
toqilarining eng yirigi va mujassamoti jihatidan murakkabi hisoblanadi.
Toqi Sarrofon-XVI asrda Buxoroda qurilgan pul almashtiradigan bosh savdo 
markazi. Shoxrud arig‗i ustda Sarroflarning do‗konlari qurilgan bo‗lib, Toqi 
Sarrofon eng kichik gumbazdir. Shayboniylar davrida Buxoro xususiy tadbirkorlik 
qarz berish va pul almashtirish markaziga aylangan. Buxoroda Sarroflar nomi bilan 
bog‗liq uylar, savdo-gumbazi, karvon saroi, masjid, xammom va boshqalar mavjud 
bo‗lgan.
Bundan tashqari Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh (1549 yil) 
Karmanadagi Hazrati Qosimshayx xonaqohi, 1582 yilda qurilgan uch darvozali 
Timiy kalon, Oyposhsha Oyim madrasasi, Fatxulla Qo‗shbegi madrasasi, Do‗stum 
madrasasi kabi ko‗plab me‘moriy obidalar qad ko‗targan. Abdullaxon madrasasi 
1577 – 1578 yillarda qurilgan.
Samarqandda ham Shayboniylar nomi bilan bog‗liq binoiy xayirlar 
anchagina. Masalan, Shayboniylar daxmasi - XVI asr memoriy yodgorligi. 
Shayboniyxon 1510 yili Eron shoxi Ismoil I Safaviy bilan bo‗lgan jangda halok 
bo‗lgach, Samarqandga olib kelib o‗zi tomonidan qurila boshlanib, keyinroq 1515-
1516 yillarda to‗liq bitkazilgan madrasada marmar supa ostida dafn etilgan. Supa 
ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa Shayboniy sultonlar: Mahmud Sulton, 
Muhammad Temur Sulton, Abulxayir Sulton va boshqalar dafn etilgan. 
Samarqandda yana Abdurahim Sadr madrasasi qurilgan.
Baroqxon madrasasi-Toshkentda (1531-1532 yil XVI asrning ikkinchi 
yarimi) da qurilgan madrasa. Madrasa poydevori toshdan, qalin devorlari turli 
hajmdagi pishiq g‗ishdan ishlangan. Madrasa o‗rnida dastlab ikki (katta va kichik) 
maqbara bo‗lgan. Kichik maqbarada Baroqxonning qabri bor. 1904 yilda masjidga 
aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxo‗ja qabri joylashgan. 
Baroqxon ikki maqbarani o‗z ichiga olgan madrasa qurdirgan. XX asr boshlaridagi 
ta‘mir vaqtida qadimgi bezaklarning qoldig‗i ko‗chirib tashlanib, oq ganch bilan 
suvalgan, Baroqxon madrasasi naqshlarining go‗zalliga va qurilishi uslubi jihatidan 
Samarqandning eng yirik, yaxshi me‘moriy yodgorliklariga yaqinlashadi. 1946 yil, 
1949 yil, 1951 yil, 1967 yillarda madrasada ta‘mir ishlari o‗tkazilgan. Bu davrda 
yana Karmana yaqinida Zarofshon daryosi ustiga qurilgan ko‗prik juda mashhur 
(1582 yil).
Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: ―Buxoro juda katta shahar, 
unda g‗ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‗p.‖ Shayboniylardan ayniqsa 
Abdullaxon II yurt obodonchiligi yo‗lidagi sa‘i-harakatlari tarixchilar tomonidan
yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta 
qurilish amalga oshirilgan. Chunonchi, Abdullaxon II 1001 ta rabot, sardoba, 
ko‗plab madarasa, masjid, ko‗prik, suv omborlarini qurdirgan. 
Samarqand va Buxoro shaharlari hamisha mamlakatning siyosiy iqtisodiy va 
madaniy hayotida muxum rol o‗ynab kelgan. Chunki, bu shaharlar davlat 
hokimiyatining tayanchi, savdo va hunarmandchiligi markazi, madaniyat hamda 
ilm fan o‗chog‗i vazifasini o‗tagan. Samarqand va Buxoro xonlikning eng yirik 
shaharlaridan hisoblangan. XVI asr boshlarida mayda mulklarning birlashuvi va 


68 
markaziy 
xokimiyatning 
bir 
muncha 
mustahkamlanishi 
savdo 
va 
xunarmandchiligini ham rivojlanishiga imkon yaratdi. Xonlik shaharlarida savdo 
markaziy xiyobonlaridagi usti yopiq chorsularda olib borilgan. Ular ―Tim‖ va 
―Chorsu‖ deyilgan. 5 tim bo‗lgan. Bu Buxoroda tijorat va bozorlarning 
obodligidan guvox beradi. Chorsuni Buxoroda ―toq‖ ham deyilgan. XIX asrning 
40 yillarigacha Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo‗lgan, shulardan 24 tasi g‗ishtan 
qurilgan, 14 tasi cho‗pkori edi. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo 9 ta tim va 
chorsuda amalga oshirilgan:
1. Timi Abdullaxon-bunda adras, beqasam, duxoba va movut sotilgan. 
2. Toqi Abdullaxon –bunda atlas, karbos, surp bilan savdo qilingan. 
3. Uchta Timda-shoyi matolar sotilgan. Qolgan to‗rt chorsu (Xossa Biyo, 
Darroi, Timi, Kalampushti) Hindistondan keltirilgan oyoq kiyimlari, kovush, bosh 
kiyimlari sotilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid, 83 ta hovuzning 
mavjudligi uning yirik iqtisodiyot va madaniyat markazi bo‗lganligidan dalolatdir.
XVII-XVIII asrlarda me‘morchilikda katta yutuqlarga erishildi. Ashtarxoniy 
Imomqulixon Madina shahrida chorbog‗, Makkadagi Ka‘baga kiraverishda 
darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutkichli yog‗och zina 
qurdirganligiga tarix guvoh. Buxoroda Imomqulixon amaldori Nodir Devonbegi 
masjid, Labi Hovuz nomi bilan mashhur hovuz, madrasadan iborat me‘moriy 
majmua bunyod etdi, hamda Samarqandda Xo‗ja Ahror maqbarasi yonida madrasa 
va nomozgoh barpo qildi. Abdulazizxon qurdirgan Buxorodagi madrasa 
muhtashamligi, nafis naqshli koshinlariga boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro 
xonligining ko‗pgina shaharlarini bog‗lar o‗rab turar edi Alohida reja asosida 
bunyod etilgan bog‗lar ham bo‗lib, ular yirik amaldorlarga qarar va chorbog‗ deb 
atalar edi. Bunday bog‗lar to‗rt qisimdan iborat bo‗lib, ularni bir-biridan ariqlar 
ajratib turar edi. Buxorodagi Jo‗ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog‗lari eng 
mashhur bog‗lar qatoriga kirar edi.
Bu davr me‘morchiligining eng katta yutuqlar hisoblangan Registon 
maydoni shakllandi. Registon ansambli uch madrasa - Ulug‗bek, Sherdor va 
Tillakori madrasalaridan iborat me‘moriy majmua. Dastlab Ulug‗bek madrasasi 
bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga-maydon sharqiga Ulug‗bek xonaqohi, 
shimoliga Mirzoi karvonsaroi, Janubga Alika Ko‗kaldosh jome masjidi qurilgan, 
yonida esa yog‗ochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abu Said 
madrasasi qurildi.
Registon XV asrning 20-40 
yillarida 
hashamatli 
me‘moriy 
ansamblga aylanib bo‗lgan edi. 
XVII 
asrda 
Samarqand 
hokimi 
Yalangto‗sh 
Bahodir 
vayrona 
xolatidagi Ulug‗bek xonaqohi o‗rnida 
Sherdor 
madrasasini, 
Mirzoi 
Karvonsaroi 
o‗rniga 
Tillakori 
madrasa 
– masjidini qurdirgan. 
Sherdor madrasasi – Yalangto‗sh 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling