Guliston davlat universitеti


Me‟morlik va musiqa san‟ati


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Me‟morlik va musiqa san‟ati
Shayboniylar davrida nafaqat hukmdorlar, balki o‗z davrining ko‗zga 
ko‗ringan va katta moddiy imkoniyatga ega bo‗lgan shaxslari ham ko‗plab 
me‘moriy yodgorliklar qurganlar. 
Bu davrda Samarqandda Muhammad Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu 
Said nomli madrasalar. Buxoroda shahar devonining ta'mirlanishi, Mir Arab 
(Ubaydullaxon qurdirgan), Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxon o‗z onasiga atab 
qurdirgan), Govkushon, Fathulla Qushbegi, Muhammad Xoja Porso, Jo‗ybor, 
Ko‗kaldosh, Qulbobo madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Baland, Chor Bakr, 
Abdullaxon masjidlari, toqi Sarrafon, toqi Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi 
Tirgaron, toqi Telpakfurushon kabi beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda 
Ko‗kaldosh va Baroqxon madrasalari, Qaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda 
Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Qulbobo Ko‗kaldosh 
madrasalari hamda boshqa me‘moriy yodgorliklar quriigan. 
Ashtarxoniylar davri ham ko‗plab me‘moriy yodgorliklarning bunyod 
etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda Abdulazizxon, Ubaydullaxon 
madrasalari, Boqi Muhammad va Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon 
qurdirgan kasalxona, madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon 
madrasalari, qator chorbog‗lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi gumbaz va 
boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar davrida ham o‗ziga to‗q 
kishilar, amirlar, amaldorlar ham o‗zlarining mablag‗lariga ko‗plab me‘moriy 
yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, 
Xojamberdi, Sherg‗ozixon madrasalari qurilgan bo‗lsa, Buxoroda Poyandibiy 
otaliq masjidi, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi
Samarqandda Amir Yalangto‗shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va 
Tillakori madrasalari bunyod etilgan. 
Bunday ulug‗vor va hashamatli binolar hukmdoming qudratidan dalolat 
berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul yo‗ii ekanligini 
anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy hukmdorlar bir tomondan nafaqat 
Buxoro, balki o‗zlari bosib olgan boshqa shaharlarda ham ko‗plab madrasalar, 
masjidlar va xonaqohlar qurdirgan bo‗lsalar, ikkinchi tomondan, o‗zidan oldin yetti 
iqlimni bo‗ysundirib o‗zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga g‗ayrlik 
bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng hashamatli va 
ulug‗vorlikda boshqa me‘moriy yodgorliklardan ustun bo‗lgan «Oqsaroy»ni 
vayron qilishga harakat qilganlar «Oqsaroy»ni XVI asrdayoq Shayboniylar 
xonadoniga mansub yangi hukmdorlar nafaqat a‘lo sifatli g‗ishti uchun, balki saroy 
bunyodkorining ulug‗vor xotirasini unuttirish uchun ham buzib tashladilar. 
Shayboniy hukmdorlar markaziy shaharlar 
va ularning atrofini obod qilishga harakat 
qildilar. Jumladan Buxoro, ya‘ni poytaxtda 
me‘morchilikka katta e‘tibor berildi. Mir Arab 
Madrasasi-Buxoro 
xoni, 
mumtoz 
shoir 
Ubaydullaxon in‘om etgan mablag‗ hisobiga 
Shayx Abdulla tomonidan 1530-1536 yillar 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling