Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Husayn Boyqaro portreti. 
Kamoliddin Behzod 


58 
Temuriylar sulolasining so‗nggi davridagi adabiy jarayon sermahsul davr 
bo‗lgan. Adabiy-badiiy jarayon uslub jihatidan ancha takomillashdi va yangi bir 
bosqichga ko‗tarildi. Movarounnahr va Xuroson hududlarida chig‗atoy (eski 
o‗zbek tili) va fors-tojik adabiyoti o‗rtasidagi hamkorlik kengayib bordi. Bu davr 
adabiyotining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri – ko‗pgina shoir va adiblar o‗zbek 
tilining go‗zalligini, uning so‗z boyligini namoyish qilishlaridir. O‗zbek (turkiy) 
tiliga ikkinchi darajali til sifatida qarashlarni inkor qildilar. Zamonasining 
iste‘dodli va yetuk shoirlari hamda adiblaridan Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar 
Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur va 
Muhammad Solihlar o‗sha davr adabiyotining ko‗zga ko‗ringan vakillari bo‗lib, 
ular o‗zbek tilida ham ko‗plab asarlar yaratib, bu tilning o‗ziga xos jozibadorligini 
namoyish qildilar. Ular tomonidan rang- barang g‗azallar, ruboiylar, qit‘alar, 
tuyuqlar, nomalar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlar yaratildi. 
Bu davr adabiyotining yana bir xususiyati — o‗zbek adabiyotida she‘riy noma 
janrining yaratilganligidir. Xorazmiy noma janrining asoschisi sifatida 
«Muhabbatnoma»ni yaratdi. «Latofatnoma»ni yaratgan Komil Xo‗jandiy sevgi-
muhabbat mavzusini davom ettirdi. Temuriy Mironshohning o‗g‗li shoir Said 
Ahmad esa «Taashshuqnoma» («Oshiqlar maktubi»)ni yaratib, bu mavzuni yanada 
yuqori bosqichga olib chiqdi. 
Durbek diniy-afsonaviy «Yusuf va Zulayho» dostoniga dunyoviy tus berib
o‗zi qayta ishladi. Atoiy yor vasfmi kuylovchi g‗azallar bitsa, Sakkokiy jo‗shqin va 
haroratli g‗azallar bitdi hamda qasida janrini yanada rivojlantirdi. Lutfiy g‗azailari 
o‗zining hayotiyligi, badiiy mahorati va til boyligi bilan ajralib turadi. Bu davr 
adabiyotining eng buyuk siymolari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar edi. 
Ular tasavvuf she‘riyatini barkamollik darajasiga olib chiqdilar. 
Bu davr ma‘naviy hayoti va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgan 
buyuk siymolardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning so‗nggi 
temuriyzoda Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti 
taraqqiyotidagi o‗rni benihoya kattadir. Navoiy inson baxt-saodati uchun xalqning 
osoyishtaligi, mamlakat barqarorligi, obodonchilik, ilm-fan, adabiyot va san‘at 
taraqqiyotining buyuk kurashchisi sifatida tarix sahifasida o‗chmas iz qoldirdi. 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq 
feodal davlatlarni birlashtirishi ilk Uyg‗onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida 
vujudga kelgan, lekin mo‗g‗ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona 
madaniy jarayonni yanada rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Eng avvalo, iqtisodiy hayot, 
shuningdek, fan, san‘at va adabiyotdagi azaliy an‘analar qaytadan tiklandi. Inson 
va uning aql-idroki, ma'rifatga intilishi, Sharq renessansiga xos xususiyat 
hisoblangan ma'naviy komil insonni shakllantirishga bo‗lgan e‘tibor va ma rifatga 
intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo‗lgan asarlar 
yaratiidi. O‗z davrining dorulfununlari - oliy o‗quv yurtlari, Ulug bek akademiyasi 
vujudga keldi. Astronomiya, matematika, mantiq, falsafa til va adabiyotshunoslik, 
tarix va fikhshunoslik, ilmi aniz va musiqashunoslikka oid ko‗plab asarlar 
yaratiidi. Miniatura va me‘morlik san‘atlari rivojlanib, xattotlik san‘at va hunar 
darajasiga ko‗tarildi. 


59 
Bu davr madaniy hayotini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, Movarounnahr va 
Xuroson madaniyati va ilm-fanni IX-XII asrlardagi singari Mirzo Ulug‗bekni 
hisobga olmaganda. umumbashariy ahamiyat kasb eta olmaganligi, Al- Xorazmiy, 
Ahmad Farg‗oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy, Mahmud az-
Zamaxshariy singari umumjahon madaniyati va fanida o‗zining o‗chmas izini 
qoldirgan buyuk siymolarni ko‗rmaymiz. Bu davr madaniyati taraqqiyoti 
umumjahon miqiyosida emas, balki mintaqa miqyosidagi ijodiy-madaniy jarayon 
darajasidagina saqlanib qolingan. Bu hol mavjud madaniy jarayonning azaliy 
an‘analari va ilmiylikning mo‗g‗ullar bosqini natijasida uzib qo‗yilganligi, 
ikkinchidan, ko‗plab olimlar va ijod ahllarining tinch joylarni izlab vatanlarini tark 
etganliklari, uchinchidan, Amir Temur vafotidan keyin avj olgan o‗zaro taxt 
talashishlarning kuchayib ketganligi bilan izohlanadi. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling