Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Me‟morlik san‟ati 
Amir Temuming go‗zallik va ulug‗vorlikka bo‗lgan ishtiyoqi nihoyatda 
kuchli bo lgan. U о zining bu ishtiyoqini hayotida ro‗y beigan quvonchli 
voqealarga atab qurdirgan me'moriy yodgorliklariga singdirtiradi. 
Amir Temur tomonidan qurdirilgan me'moriy yodgorliklarnmg bir qismi 
jamiyat ma naviy hayotida muhim rol o‗ynagan diniy e‘tiqod maskanlari va u bilan 
bog‗liq bo‗lgan binolar; diniy maktablar, madrasalar, maqbaralar hamda 
masjidlardan iborat bo‗lgan. lkkinchi bir qismi o‗z avlodlari va ma‘naviy 
rahnamolarining nomini abadiylashtirishga mo‗ljallangan, uchinchi bir qismi esa 
yurt obodonchiligi, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beruvchi bog‗-rogiar va 
inshootlar edi. 
U Samarqandda dovrug‗i olamga yoyilgan bir qator me‘moriy yodgorliklar: 
Ко‘ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasidgi bir necha maqbaralar, 
Samarqand atrofidagi Bog‗i Chinor, Bog‗i Shamol, Bog‗i Dilkusho, Bog‗i Behisht, 
Bog‗i Nav, Bog‗i Naqshi Jahonnamo va Davlat Obod kabi saroy bog‗larini 
qurdirdi.
Shuningdek, Amir Temur ko‗plab yangi yo‗llar, Zarafshon (Ko‗hak), Amu va 
Sirdaryolarga ko‗priklar qurdiradi. Boshqa shaharlarda ham turli-tuman binolar 
barpo ettiradi. Masalan, Tabriz shahrida masjid, Sherozda ulkan saroy, Bag‗dodda 
madrasa, Turkiston shahrida hazrati Ahmad Yassaviy maqbaralarini qurdirdi. 
U 1392-yili Ohangaron daryosining 
Sirdaiyoga 
quyilish 
joyida 
o‗g‗li 
Shohruh Mirzo sharafiga Shohruhiya 
shahrini barpo ettirdi. Bu shahar tarixiy 
ma‘lumotlarga ko‗ra, XVII asrgacha 
savdo 
va 
hunarmandchilikning 
markazlaridan biri bo‗lgan. Shaharda 
kulolchilik, shishasozlik va qayiqsozlik 
ustaxonalari 
bo‗lgan. 
Tarixchi 
Oqsaroy 


53 
Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohruhiya Movarounnahr hududidagi 
mustahkam qal‘ali shahar bo‗lgan va uch tomondan Sayxun (Sirdaryo) bilan 
o‗ralgan. To‗rtinchi tomoni esa suv to‗latilgan xandaqlar va zovurlar bilan 
o‗ralgan. 
Shahrisabz shahri, ayniqsa, Amir Temur davrida gullab-yashnaydi. U o‗zining 
vatani hisoblangan shaharga e‘tibor berdi. 1380-yili Oqsaroyni mashhur xorazmlik 
ustalarga qurdirdi. 
Oqsaroy devorlaridagi turli-tuman ranglarning jilosi, koshinkoriy sujetlar, 
tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy-sulsiy yozuvlar, islimiy, geometrik va 
o‗simliksimon naqshlarning o‗zaro uyg‗unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun 
bag‗ishlagan. Ranglarning oy yorug‗ida jilolanib-oqarib ko‗rinishidan bino 
«Oqsaroy» nomini olgan.
Shuningdek, Amir Temur Shahrisabzda o‗g‗li Jahongir Mirzoga atab maqbara 
qurdirdi. Bundan tashqari, Shahrisabzda «Dor us-Saodat», «Dor ul- tilovat», 
«Gumbazi Sayidon» kabi mashhur me‘moriy yodgorliklar, masjid, madrasa, 
hammom, karvonsaroy, besh gumbazli chorsu binolarini barpo ettirdi. 
Amir Temur me‘morchilik obidalarini bunyod etishda, eng avvalo, 
binolarining mahobati va go‗zalligiga alohida e‘tibor berdi. O‗zining qudratini o‗zi 
qurdirgan binolarga singdirishga harakat qildi. Shu boisdan ham u o‗zining ota 
yurti Shahrisabz (Kesh)da qurdirgan «Oqsaroy» peshtoqiga «Kimki bizning kuch-
qudratimizga shubha qilsa, qurgan binolarimizga boqsin», deb yozdirtirib qo‗ydi. 
Ikkinchi 
tomondan 
esa, 
Movarounnahrda 
qurdirgan 
binolarning 
bo‗ysundirilgan mamlakatlardagi binolardan ham ko‗ra yuksakroq, ko‗rkamliroq 
va ulug‗vorroq bo‗lishiga e‘tibor berdi. 
Uchinchidan, Amir Temur davrida me‘morchilik san‘ati o‗zida qadimgi Sharq 
(Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va boshqa hududlar)ning ko‗pgina mintaqalari 
me'morlik unsurlarini mujassamlashtira boshladi. Natijada Amir Temur davri 
Movarounnahr me‘morchiligi o‗zining mukammalligi bilan yaqqol ko‗zga 
tashlanib turdi. 
Amir Temur vafotidan so‗ng Temuriyzodalar 
(Shohruh Mirzo, Ulug‗bek va boshqalar) ham 
Movarounnahr va Xuroson me‘morchiligi ravnaqiga 
o‗z ulushlarini qo‗shdilar. Masalan 50 yil Xuroson 
taxtida o‗tirgan Shohruh Mirzo Hirot, Marv, Balx va 
boshqa shaharlarda ko‗plab me‘moriy yodgorliklar, 
bog‗-rog‗lar 
bunyod 
ettiradi, sun‘iy sug‗orish 
tizimlarining qurilishiga (masalan, Murg‗ob daryosiga 
to‗g‗on qurdirib Marv shahrining suvga bo‗lgan 
ehtiyojini qondiradi) alohida e‘tibor beradi. 
Ulug‗bek Mirzo ham Movarounnahr shaharlarini, 
ayniqsa, uning poytaxti Samarqandni obod qilishga 
ulkan hissa qo‗shdi. Eng avvalo, bobosi Amir Temur 
davrida boshlangan, lekin turli sabablarga ko‗ra 
tugallanmay qolgan binolar - Shohizinda, Go‗ri Amir, 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling