Xix asr oxiri XX asr boshlarida arxitektura
Download 20.6 Kb.
|
XIX ASR OXIRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aleksey Leontyevich Benua
- Hoji Hofiz
- Buxoro.Sitorai Mohi Xosa saroyi. Xiva arxitekturasi
XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA ARXITEKTURAVA SAISPATNING RIVOJLANISHI Turkiston general-gubernatorligida arxitektura Mustamlaka tartibi o`rnatilgach, o`rta Osiyo me'morchiligida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Ibodat inshootlari, ulkan karvonsaroylar, madrasalar, maqbaralar qurilishi to`xtab qoldi. o`rta asrlarda O'rta Osiyo hukmdorlari ruhoniylar mehrini qozonish va ularning qo`llab-quwatlashiga erishish hamda o`zlaridan xotira qoldirish uchun ulug`vor maqbaralar va jome masjidlar qurishgan bo`lsa, endi bunday ishlarga juda kam mablag` sarflanardi. Turkiston general-gubernatorligi hududida ham arxitektura o`ziga xos uslubda rivojlandi. Qadimiy shaharlarning rivojlanishi va yangilarining barpo etilishi muayyan me'moriy tartibni qaror toptirishni talab etardi. XIX asr oxiridan har bir shaharda shahar bosh me'mori lavozimi tayinlandi, u me'moriy me'yorlarning bajarilishini qattiq kuzatib borishi zarur edi. Biroq bu yerda me'morlik san'atining nozik jihatlari to`g`risida uncha qayg`urilmay, ko`proq muayyan vazifani bajarishi lozim bo`lgan imoratlar — maktablar, ma'muriy binolar va h.k. qurilardi. Bu paytda shahar qurilishining metall va betonni joriy etishga asoslangan, davr ruhiga mos yangi usullari rivojlandi. Andijon asrlar davomida Farg`ona vodiysining darvozasi bo`lib keldi. Bu yerdagi yagona asosiy me'moriy obida — 1902-yilgi halokatli zilziladan omon qolgan ulkan jome masjididir. XIX asr oxirida qurilgan bu bino kishini hayratga soladi, uning uzunligi deyarli 123 m ga teng edi. Toshkentda XIX asr oxiri — XX asr boshida qurilgan binolar orasida knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov saroyi, o`g`il va qiz bolalar maktablari, oliy texnika maktabi, hukumat binosi bor. Toshkentdagi ko`plab binolar: o`qituvchilar seminariyasi (1881) va uning cherkovi, Kirxa (1892), shahar dumasi binolari loyihasi muallifi me'mor Aleksey Leontyevich Benua (1838—1902) edi. U Toshkentga 1874-yilda kelgan. 1896-yilda ochilgan hunarmandchilik-sanoat ko`rgazmasining bir nechta pavilyonlarini, shahar bog`i darvozasini loyihalashtirgan.
XIX asr oxiri — XX asr boshidagi me'moriy yodgorliklarda mahalliy hamda yevropacha uslublar qovusha bordi. Buxoroda XIX asr oxirida qurilgan me'moriy yodgorliklar orasida shahardan 42 km masofada joylashgan, Buxoro amirlarining yozgi saroylar majmuasi bo`lgan Sitorai Mohi Xosa ancha mashhur. U yaxshi ko`kalamzorlashtirilgan katta hududni egallab, orasidan kesib o`tuvchi asosiy yo'1 bilan ikki qismga ajratilgan. Saroy majmuasi rang-barang yevropacha va milliy me'morchilik an'analarining murakkab qo`shilmasidan iborat. Saroy usta Hoji Hofiz rahbarligi ostida mahalliy ustalar tomonidan bunyod etilgan. Saroydagi katta ayvon nafisligi va go`zalligi bilan ajralib turgan. Usta Shirin Murodov boshchiligidagi ustalar ayvonni ikki yil davomida bezashgan. Saroylar majmuasi shu qadar ko`rkam ishlangan ediki, uni o`rta Osiyo me'morligining noyob durdonalaridan biri, deyish mumkin. Devorga chizilgan naqshlar, ko`zguga ishlangan o`yma naqsh namoyonlar, rasmli namoyonlar, devorni latif, yengil va xonani keng qilib ko`rsatadi. Saroyni qurish va bezashda o`zbek me'morlarining yangi avlodi — Hasanjon, Abdurahim Hayotov, Abdul g`afur va boshqalar ishtirok etganlar.
Xiva me'morchiligi modernizatsiyaga eng kam darajada uchragan bo`lib, XIX asr oxirida Muhammad Rahimxon II farmoni bilan Xivaning asosiy muqaddas maskani — Pahlavon Mahmud maqbarasini takomillashtirish davom ettirildi. Ko`hna Arkda ham katta qurilish ishlari olib borildi. Xivaning so`nggi xonlari qishni shu yerda o`tkazishardi va shu sababli uni yana o`z qarorgohlariga aylantirishgandi. Kohna Ark nafis naqshlar ziynatlangan ustunlar bilan bezatildi. Xivada diniy imoratlar qurilishi davom ettirildi. Badavlat shahar ahli va zamindorlar "savob ish" qilish va o`z nomlarini abadiylashtirish maqsadida masjid va madrasalar qurishardi. Bu inshootlarning hammasi qadimiy me'morchilik an'analarini saqlab qolgan, o`rta asrlarda qurilgan binolardan birmuncha ixchamligi bilan farqlanib turardi. Biroq milliy an'analami mahkam tutgan Xivada ham me'morchilik va qurilishda yangi yo`nalishlar paydo bo`la boshladi. Xon a'yonlari orasida me'morlikda qurilish materiallarining yangi turlarini va uslublarni joriy etish muhimligini tushungan kishilar paydo bo`ldi. Shunday taniqli islohotchilardan biri Islomxo`ja bo`lib, jadid maktablari, shifoxonalar, pochta idoralari, dorixonalar qurilishi uning nomi bilan bog`liq. Bu binolarni loyihalashda mahalliy ustalar bilan birga Petro-Aleksandrovsk, Toshkent va hatto, Moskvadan taklif etilgan me'morlar ishlashdi. Arfanaviy Xiva me'morchiligida yangi shakllar va konstruktiv usullar yuzaga keldi. Bu narsa, ayniqsa, Ichan qal'adan tashqarida XX asr boshida qurilgan binolarda, Dishan qal'ada qurilgan Nurillaboy saroyida seziladi. U 1906-yildan boshlab, qism-qism qilib qurildi. Dastawal Muhammad Rahimxon II uni o`z vorisi uchun qurdirdi, so`ng qurilishni Asfandiyorxon davom ettirdi. Bu inshoot Xiva xonlarining yozgi qarorgohiga aylandi. Saroyda oyoq ostiga taxta to`shaigani va zinapoyalar qilingani Yevropa me'morchiligi ta'siri edi, biroq inshoot bezaklarida mahalliy an'analar ustunlik qiladi. Pardozlash ishlarini g`isht teruvchi ustalar Quryoz Bobojonov va Xudoybergan Hoji, naqqosh ustalar Bobojon Qalandarov, Ota Shohov va Ismoil Abdiniyozov, ganchkor ustalar Nurmat va Ro`zmat Masharipovlar bajarishdi, rasmlarni Sodiqxo`ja Matkarimov chizdi. Shahar chekkasidagi ikkinchi qarorgoh — Tozabog` ham kishini lol qoldiradi. Janub tomonda, saroyning ikkala qismi bo`ylab qator katta xonalar joylashgan, ularning devorlari alebasterdan yasalgan o`yma naqshlar bilan bezatilgan. Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling