Guliston davlat universitеti
Me‟morchilik va amaliy san‟at taraqqiyoti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Somoniylar maqbarasi
Me‟morchilik va amaliy san‟at taraqqiyoti
IX-XII asrlarga kelib, Markaziy Osiyo me‘morlik san‘ati yangi bosqichga ko‗tarildi. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmning o‗ziga xos moddiy madaniyat uslub va shakllari to‗xtovsiz rivoj topib borganligini ko‗ramiz. Shaharsozlik ravnaq topdi, jumladan, IX asr o‗rtalaridayoq Buxoro shahri qalin dеvorlar bilan o‗ralgan bo‗lib, uning 11 ta salobatli naqshindor darvozalari bo‗lgan. Markaziy Osiyoning ko‗pgina me‘morlik yodgorliklari islom dini xususiyatlaridan kehb chiqqan holda qurila boshlangan bo‗lsa-da, o‗zida islom dinigacha bo‗lgan xususiyatlarni ham saqlab qolgan. Me‘morlikda pishiq g‗ishtdan keng ko‗lamda foydalanish, murakkab kompozitsiyalarni yaratish, binoning tashqi va ichki ulug‗vorligini ta‘minlash imkoniyatini bergan. IX asrdan boshlab arxitekturada g‗ishtni turlicha terish orqali bino devorlarida o‗ziga xos turli bezaklar, naqsh solish yuksak darajaga ko‗tariladi. Darvozalar, eshiklar, darchalar va taxmonlar ravoqli qilib qurila boshlangan. Bu davrning eng nodir yorgorligi va Markaziy Osiyo me'morligining barcha xususiyatlarini o‗zida saqlab qolgan Ismoil Somoniy maqbarasi o‗zining tarovatini hozirgi kunimizgacha saqlab qolgan. Bu yodgorlik dastlab o‗zining soddaligi va strukturasining aniqligi, nisbatlarining nihoyatda mutanosibligi va me‘morlik shakl bezagining bir-biri bilan nihoyatda nafis uyg‗unlashib ketganligi bilan ajralib turadi. Maqbara asosi kvadrat bo‗lib, uning hajmi katta emas (7,20x7,20 m.), to‗rt Somoniylar maqbarasi 42 tomonida nayzasimon arkli eshik mavjud. Maqbara tashqi tomondan tepaga bir oz torayib boruvchi kub va uning ustiga o‗rnatilgan yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning tashqi devor yuzasi pishiq g‗ishtning turlicha taxlanishi hisobiga badiiylashtirilgan. G‗ishtning goh yon, goh burchak qilib qo‗yilishi yuzada yorug‗—soya o‗yinini oshirib, uning xushmanzarali bo‗lishini ta‘minlagan. Bu yorug‗- soya o‗yini esa quyosh nurining o‗zgarishi bilan turlanib boradi va binoga har safar qaytarilmas joziba kiritadi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‗zgan, Marv kabi shaharlarda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, madrasalar va minoralar, tim va sardobalar qurilgan. Ayniqsa, naqshinkor mehmonxonalar, hammomlar, karvonsaroylar, ko‗rkam va so‗lim istirohat bog‗lari qurish avj olgan. Ularning mavzuli va manzarali rasmlar va bo‗rtma tasvirlar bilan bezatilishiga e‘tibor berilgan. IX-X asrlar me‘morchiligining yana bir xususiyati shahar markazi shahristonlarning vujudga kelishidir. Ya‘ni shahar markazida turli saroylar, maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo rastalarining qurilganligidir. IX-X asrlarga kelib Samarqand Movarounnahming eng go‗zal shahriga aylandi. XI-XII asrlarda hokimiyat tepasiga Qoraxoniylar va Saljuqiylar keldi. Iqtisodiy-madaniy taraqqiyot natijasida shaharlar o‗z qiyofasini o‗zgartirdi, yirik inshootlar qurila boshlandi. Ayniqsa, pishiq g‗ishtdan ravoqlar va gumbazlar qurilishi an‘anaga aylandi. Buxorodagi Raboti Malik o‗sha davr me‘morligi san‘atining noyob yodgorligi hisoblandi. Bu davr me‘morligining yana bir xususiyati binolarda sirli va rangli koshinlardan foydalanilganligidir. Natijada, maxsus hunarmandchilik sexlari ochilgan. Qurilishda foydalaniladigan turli maxsus kasblar paydo bo‗lgan. Bu davr me'morligi tarixga «Binokor shoh» nomi bilan kirgan Muhammad Sulaymon Tegin o‗g‗li Arslonxon katta hissa qo‗shgan. Muhammad Arslonxon davrida ayniqsa, Buxoro me‘morchilikning gullab- yashnagan markaziga aylanadi. U Buxoroda ko‗plab madrasalar, maqbaralar, timlar, karvonsaroylar qurdiradi. Uning davrida Minorai Kalon (yoki Arslonxon minorasi), Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi, Buxoro atrofidagi Raboti Malik, Vobkent minoralari, Surxondaryodagi Jarqo‗rg‗on minoralari quriladi. Sutxondaryo viloyatining Jarqo‗rg‗on tumanida joylashgan Jarqo‗rg‗on minorasi (1108-1109 yy) 8 qirrali poydevor ustiga yarim aylana shaklida 16 qirrali qilib qurilgan. Uning balandligi 21,6 m, diametri 5,4 m bo‗lib, me‘mori – Ali ibn Muhammad Saraxsiy. 43 Bu davrning eng ajoyib, kishini hayratda qoldiradigan me‘moriy yodgorliklaridan biri Buxorodagi Kalon minorasidir. Balandligi chamasi 60 metrlar bo‗lib, qumli bo‗ronlar payti uning tepasiga kechalari chiroq yoqib qo‗yilgan u adashgan tuyalar karvoni uchun mayoq vazifasini bajargan. IX- XII asrlarda masjidlar qurilishiga alohida e‘tibor berilgan. Masalan, Buxoroning Xazora qishlog‗ida qurilgan Dehgaron masjidi XI asrda qurilgan. Buxorodagi Nomozgoh, Mag‗oki Attor masjidlari ham xuddi ana shu davrda qurilgan. Bu davrda peshtoq gumbazli maqbaralar qurilishi me‘morlikning bir ko‗rinishi sifatida keng rivojlangan. Bunda binoga kiraverishdagi peshtoqning bezagiga alohida e‘tibor berilgan. Markaziy Osiyoga islommng kirib kelishi an‘anaviy, tasviriy san‘atda tub o‗zgarishlar ro‗y berishiga olib kelgan bo‗lsa, naqqoshlik, ganchkorlik, o‗ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san‘atlarining boyishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Islom talablariga qat‘iyan bo‗ysunish, an'anaviy tarzda rivojlanib kelgan tasviriy san‘atning odam, hayvon va qushlarning, ya‘ni tirik jonzotlarning aks ettirilishi man etilgan. Natijada, rangtasvir ustalari butun e‘tiborini naqqoshlik san‘ati rivojiga qaratadi. Arab yozuvi o‗zlashtirilib, epigrafika uslubi vujudga keladi. Arab yozuvidan naqsh sifatida foydalanish keng rivojlanadi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsun, ham arab yozuvi va ilohiy so‗zlarning targ‗ibotchisiga aylanadi. Dastlab arab yozuvlaridan binoning ichki qismlarini bezashda foydalanilgan bo‗lsa, birmuncha vaqt o‗tgandan so‗ng, binoning tashqi qismlari, gumbazlar va minoralarning atroflarini bezashda ham foydalanildi. Binolarni bezashda girih (to‗rtburchak, uchburchak, aylana, yoy, to‗g‗ri, egri va aralash chiziqlardan iborat), kundal, islimiy, ramziy va boshqa turli xil naqshlardan keng foydalanilgan. Naqqoshlikda uslubiy ko‗rinishlardan sebarga, uchburchakli tutash doira, olti qirrali yulduz, bargak va boshqalardan foydalanilgan. Bu davrda yog‗och, tosh va ganch o‗ymakorligi ham keng rivojlangan. Binolarning tashqi qismiga namoyon (tugal naqsh kompozisiyasi) ustun va Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling