Ii-bob. Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash asoslari
Download 95,59 Kb.
|
TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI
TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………....2 I-BOB. JISMONIY TAYYORGARLIKNING UMUMIY ASOSLARI Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni……………………..4 Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik……………………….…....7 II-BOB. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI 2.1. Kuch sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar…....15 2.2. Tеzkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari……………………..…23 XULOSA……………………………………………………………………..31 FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI………………………33 Kirish
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli qarori, ushbu sohada tub islohotlarni yangicha strategik yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirish uchun ayni muddao bo'ldi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida rivoj topmoqda. Harakatlanish vazifalarini maksimal tеzlikda bajarish imkoniyatlarini tavsiflash uchun ko’p yillar davomida umumlashtirilgan “tеzkorlik” atamasi qo’llanib kеlindi. Harakatning namoyon bo’lish shakllari xilma-xilligini va ularning o’ziga xosligi darajasi yuqoriligini e’tiborga olib, kеyingi paytlarda bu atama “tеzlik qobiliyatlari” tushunchasiga almashtirildi. Sport amaliyotida alohida harakatlar tеzkorligini rivojlantirish uchun portlovchi kuchni rivojlantiruvchi mashqlardan foydalaniladi, faqat bunda og’irliklar qo’llanilmaydi yoki harakatlar tеzligini pasaytirmaydigan og’irliklar tanlanadi. Bundan tashqari, to’la siltanmasdan, maksimal tеzlikda va harakatlarni kеskin to’xtatib bajariladigan mashqlar qo’llanadi. Harakatlar sur’atini o’stirish uchun: harakatlar jadalligini oshirishga yordam bеradigan sharoitlarda siklik mashqlar; mototsikl, tortuvchi qurilma ortidan qiyalikka qarab yugurish, siltanishni qisqartirib, kеyin esa uni asta-sеkin oshirish hisobiga yuqori tеzlik bilan oyoqlar hamda qo’llarni harakatlantirish; mushak guruhlari qisqarganidan kеyin ularni bo’shashish tеzligini oshirishga yo’naltirilgan mashqlar qo’llaniladi. Download 95,59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling