Guliston davlat universitеti
So'xdan topilgan tosh tumor
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
So'xdan topilgan tosh tumor.
M.a. II m.y. 15 hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, ilk shaharlarning vujudga kelish jarayoni kechgan. Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish odatga aylangan. Oltintepa (Janubiy Turkmaniston)da olib borilgan qazishmalar shuni ko‗rsatadiki, bu davrda muhtasham ibodatxona saroy tipidagi monumental inshootiar qurish birmuncha rivojlanib borgan. Bronza davrida respublikamizning janubiy hududlarida dehqonchilikning rivojlanishi bilan birga ibtidoiy shahar madaniyati ham taraqqiy eta borgan. Akademik A.Asqarov rahbarligida Sopollitepada (Surxondaryo viloyati hududida) olib borgan qazishmalar bronza davrida shahar madaniyati va hunarmandchilikning qanchalik rivojlanganligini ko‗rsatib beradi. Bronza davri moddiy madaniyati va unga singdirilgan badiiy tafakkurning qay darajada ekanligini Farg‗ona shahri yaqinidan topilgan m.a. II miing yillikka oid bronza to‗g‗nag‗ichlar, Chirchiq daryosi yuqori irmog‗idan topilgan m.a II ming yillikka tegishli bronza bilaguzuk, Chust madaniyati manzilgohidan topilgan turli xil taqinchoqlar, idishlar ko‗rsatadi. Ibtidoiy-diniy tasavvurlarning vujudga kelishi badiiy tafakkur namunalarida ham o‗z ifodasini topgan. Ibtidoiy davrga oid tasviriy san‘at namunalariga e'tibor bersak, ularda diniy va badiiy tafakkur hamda tabiat hodisalariga bo‗lgan munosabatlar umumlashib kelganligini ko ramiz. Masalan, Saymalitosh g‗ori (Farg‗ona viloyati)dagi suratda qo‗lini yuqoriga ko‗tarib, quyosh xudosiga topinayotgan va iltijo qilayotgan kishilar tasviri berilgan. Shuningdek, bu suratda doira chalayotgan odam va qo‗lini yuqori ko‗tarib juft-juft bo‗lib raqsga tushayotgan kishilar tasviri berilgan, degan xulosaga ham kelish mumkin. Mazkur suratlarda ibtidoiy davr kishilarining tabiat hodisalariga nisbatan munosabatlari ifodalab berilgan. Hayvonlar va odamlar tasvirining kengayishi, ov va diniy mavzularning tasvirlanishi ibtidoiy odamlar tafakkurining kengayib borganligini ko‗rsatadi. Ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma‘naviy madaniyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida takomillasha borgan. Ibtidoiy davr ma‘naviy madaniyatining vujudga kelishida, birinchidan, mehnat qurollarining takomillashib borishi, ikkinchidan, ibtidoiy odam nutqi va ongining ta‘siri benihoya katta bo‗lgan. Chunki ibtidoiy odam mehnat qurollari orqali, avvalo, o‗zining oziq- ovqatlarga bo‗lgan biologik ehtiyojini qondirgan bo‗lsa, so‗ngra ana shu qurollarni ishlatish natijasida o‗zini qurshab turgan tabiat sirlariga chuqurroq kirib borgan. Tabiat sirlarini bila borish esa tafakkur taraqqiyoti uchun yo‗l ochib betgan. Dastlab to‗da, so‗ngra urug‗ jamoasi a‘zolari o‗rtasidagi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy hodisalarning shakllana borishi hamda tabiat hodisalarini turli xil vositalar Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling