Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Nazorat savollari: 
1. Madaniyatga siz qanday ta‘rif bergan bo‗lar edingiz? 
2. Madaniyat va san‘at qanday umumiy xususiyatlarga ega? 
3. Moddiy va ma‘naviy madaniyatning o‗xshash va farqliu xususiyatlariga ta‘rif 
bering. 
4. Madaniyat va san‘atning inson va jamiyat hayotidagi o‗rni va ahamiyatiga baho 
bering. 
5. Madaniyat va san‘at tushunchasi talqinida tarixiylik qanday mazmun kasb etadi? 
 
2-mavzu: Qadimgi davr madaniyati va san‟ati, uning taraqqiyot 
bosqichlari 
Reja: 
1. Ibtidoiy davr madaniyati va san‘ati 
2. Qadimga davr madaniyati va san‘ati taraqqiyotining o‗ziga xos xususiyatlari. 
3. Antik davr madaniyati va san‘ati 
4. Kushonlar davrida madaniyat va san‘atning yuksalishi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Diniy e‘tiqodlar, urf-odatlar, 
axloqiy me‘yorlar, submadaniyatlar, zardo‗shtiylik, ―Avesto‖, Ahamoniylar 
imperiyasi, oromiy yozuvi, madaniyat sintezi, ellinizm, Buyuk Ipak yo‗li, kushon-
baqtriya yozuvi, so‗g‗d va xorazm yozuvlari. 


12 
Ibtidoiy davr madaniyati va san‟ati 
 
Mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi 
bo‗lib, turli davrlarda ikki qit‘a – Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va 
manfaatlari to‗qnashadigan joy bo‗lgan. Bir tomondan, hozirgi O‗rta Osiyo 
xalqlarining madaniyati qadim-qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog‗liq holda 
shakllanib taraqqiy etgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, qo‗shni davlatlar va 
mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta‘sirlangan va aksincha, aks ta‘sir etgan. 
Agar umumjahon miqyosida insoniyat tarixi, shu jumladan, madaniyati 
tarixining vujudga kelishi jarayoniga e‘tibor bersak, bu jarayonning eng katta qismi 
ibtidoiy davrga to‗g‗ri kelishini ko‗ramiz. Ibtidoiy davr madaniyati insoniyat 
tarixining 99 foizini tashkil etadi.
Ilk paleolit davrida eng qadimgi odamlar moddiy madaniyatning dastlabki 
namunalarini: toshdan yasalgan qo‗pol mehnat qurollarini yarata boshlaganlar
tabiiy olovdan foydalanishni o‗rganganlar, asosan, g‗orlarda yashaganlar, asta-
sekin oddiy turar-joylar (shox-shabba va qamishlardan qurilgan chaylalar, 
yerto‗lalar va boshqalar) qurishib, tasavvurlarning shakllanish jarayoni sodir 
bo‗ladi.
O‗rta 
paleolitda 
yashagan 
neandertal 
odamlarning 
qoldiqlari 
dastlab 
O‗zbekistonning 
Teshiktosh 
g‗oridan 
topilgan. 
Shuningdek, 
Respublikamiz hududidagi Omonqo‗ton, Zirabuloq 
(Samarqand 
viloyati), 
Obirahmat, 
Ko‗lbuloq 
(Toshkent viloyati), Uchtut (Navoiy viloyati) kabi 
hududlardan ham o‗sha davrga oid bo‗lgan madaniyat 
qoldiqlari ochib o‗rganilgan. 
So‗nggi paleolitning dastlabki davrlariga 
kelib, zamonaviy aqlli odam (homo sapiens) 
shakllanadi. Bu davrda tasviriy san‘at o‗ta sodda 
ko‗rinishda bo‗lsa-da, birmuncha rivoilangan, 
ya‘ni qoya toshlar hamda g‗or devorlariga ov 
manzaralari, hayvonlar va odamlarning eng sodda 
tasvirlari tushirilgan. Bunga Surxondaryodagi 
Zarautsoy qoyatoshlaridagi, Molguzar va Nurota 
tog‗laridagi, Qoratog‗ning Uchtut darasidagi, 
Chodakdagi (Namangan viloyati) g‗or devori va 
boshqa joylardagi chizib ishlangan rasmlar 
hamda suyaklarga hayvon va odamlar qiyofalarining o‗yib ishlanganligi misol 
bo‗la oladi. Urug‗chilik davriga kelgach, suyakdan tasviriy va xalq amaliy 
san‘atining ilk va eng sodda asarlari yaratilgan, ya‘ni suyakdan turli xil 
taqinchoqlar yasaganlar, suyak ustiga turli rasmlar chizilgan, ona timsolini aks 
ettiruvchi 
nomukammal 
haykalchalar 
yaratilgan. 
Ibtidoiy 
rassom 
va 
haykaltaroshlar, eng avvalo, insonga hayot baxsh etuvchi homilador ayollar 
rasmini chizib, haykalchalar yaratganlar. Ov qilinadigan yirik hayvonlar rasmini va 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling