Guliston davlat universitеti


Madaniyatning sohalar va ko„rinishlar bo„yicha tasnifi, madaniyat va


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Madaniyatning sohalar va ko„rinishlar bo„yicha tasnifi, madaniyat va 
san‟atning funksiyalari. 
Madaniyat tushunchasi keng va tor ma‘nolarga ega. Keng ma‘nodagi 



madaniyat tushunchasi o‗ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod 
etilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu 
insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya‘ni tabiat va jamiyatni 
o‗zgartirisliga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha 
boyliklar majmuyidan iboratdir. 
Tor ma‘nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma‘naviy hayoti sohasini 
qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi. 
Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi iste'mol vositalari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati 
mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma‟naviy madaniyat kabi 
turga ajratiladi. 
Moddiy madaniyat – bu, eng avvalo, mehnat qurollari, transport, aloqa 
vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, 
insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilarning 
ishlab chiqarish tajribalari, ko‗nikmalari va mahoratlaridir. 
Ma‟naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq-
atvorlari, fan, adabiyot, san‘at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy 
e‘tiqodlari, ta‘lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma‘naviy ehtiyojlarini 
qondiruvchi barcha ma‘naviy boyliklardir. 
Madaniyat o‗z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‗linib boradi. 
Masalan, ma‟naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy 
madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo‗linsa, 
moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish 
madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. O‗z navbatida, bu 
tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan turli-tuman tushuncha va xatti-
harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi 
ko‗rkamlik, kiyim-kechak, poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, 
oila va jamiyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini 
tushunamiz. 
Moddiy va ma‘naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda 
tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma'naviy madaniyat 
ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma‘naviy boylik 
bo‗la olmaydi. Moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab 
chiqarish belgilovchi rol o‗ynaydi. Chunki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish 
muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma‘naviy ishlab chiqarish 
jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma‘naviy ishlab chiqarish – bu ijtimoiy ong 
shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san‘at, diniy 
e‘tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir. 
Moddiy va ma‘naviy madaniyatlarning o‗zaro bog‗liqligi kishilarning 
ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko‗rinishga aylanishida yaqqol 
ko‗zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, 
maqsadlar ham ma‘naviy ko‗rinishda, ham moddiy ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma‘naviy madaniyatning unsurlari bir 



butunlik va o‗zaro ta‘sir doirasida mavjud bo‗ladi. Masalan, moddiy va madaniy 
boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy-
ro‗zg‗or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so‗z, xatti-harakat, 
bo‗yoq, loyiha, qog‗oz, yozuv qurollari va boshqalar ma‘naviy madaniyatdagi 
asosiy mehnat qurollari hisoblanadi. 
Moddiy va ma‘naviy madaniyatlar nafaqat o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq holda 
mavjud bo‗ladi, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko‗zga 
tashlanib turadi. Bu farq, birinchidan, ma‘naviy madaniyatning ikki shaklda - 
predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo‗lishida ko‗zga tashlanadi. 
Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san‘ati asarlari, me‘moriy yodgorliklar
kinofilmlar, televideniye va boshqalar ma‘naviy madaniyatning moddiy, ya‘ni 
predmet shaklidagi ko‗rinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. 
pedagoglarning va targ‗ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning 
mahsullari hisoblanadi. 
Moddiy madaniy boyliklar vaqt o‗tishi bilan eskiradi, vayron bo‗ladi, 
buziladi, xizmat vazifasini o‗tab, nom-nishonsiz yo‗q bo‗lib ketishi mumkin. 
Ma‘naviy madaniy boyliklar esa asrlar o‗tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko‗z 
o‗ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun, 
g‗oyalar, tamoyillar, me‘yorlar avlodlardan avlodlarga o‗tadi, abadiy yashab 
qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam 
beradi. 
Moddiy va ma'naviy madaniyatlar o‗rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning 
moddiy ehtiyojlari – oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo‗lgan 
ehtiyojlari ma‘lum darajada cheklangan bo‗ladi. Ma‘naviy ehtiyojlari, ya‘ni bilim 
olish, san‘at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o‗rganishi, 
kishilar bilan muloqotda bo‗lishi, urf-odatlar, marosimlarni tashkil etishi yoki 
undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doimo va 
to‗xtovsiz ravishda oshib boradi. 
Uchinchidan, moddiy va ma‘naviy madaniyat o‗rtasidagi farqlardan yana biri 
shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko‗proq iste‘molga mo‗ljallangan 
bo‗lsa, ma'naviy qadriyatlar (ma‘naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantirishga, 
uni kamol toptirishga xizmat qiladi. 
To‗rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni 
qondirishga mo‗ljallangan boladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar 
almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim-kechaklar tabiat hodisalari ta‘siridan 
saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy-
ro‗zg‗or buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma‘naviy madaniyatning 
har bir unsuri ko‗p qirrali xususiyatga ega bo‗ladi, ya‘ni o‗zida boshqa elementlar 
(tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san‘atni olib qarasak, u 
nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazmunga ham 
ega bo‗ladi. Yoki huquq o‗zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy 
mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma‘naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, 
huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi. 



Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatmasdan qolmaydi. Bu ta‘sir madaniyatning jamiyat hayotida 
bajaradigan vazifalarida o‗z ifodasini topadi: 1) bilish funksiyasi; 2) axborot berish 
(informativ) vazifasi; 3) aloqa bog„lashlik (kommunikativ) vazifasi; 4) tartibga 
solish (regulativ) vazifasi; 5) baholash vazifasi. 
San‘at ham turli ko‗rinishlari bilan o‗ziga xos badiiy-estetik qadriyatlarni 
to‗plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bo‗lgan estetik tizimni 
tashkil etadi. San‘at tasviriy san‟at, me‟morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, 
teatr, kino,sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni o‗z ichiga oladi. 
San‘atning turlari o‗z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan 
bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bo‗lib til xizmat 
qiladi; tasviriy san‘atda bo‗yoqlar orqali konkret-hissiy obraz gavdalantiriladi; 
teatrda pyesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o‗z aksini topadi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling