Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- Madaniyat va san‟at tushunchasi.
4 I. O„QUV MATERIALLAR I.1. MA‟RUZA MAVZULARI BO„YICHA O„QUV MATERIALLARI 1-mavzu: Kirish Reja: 1. Madaniyat va san‘at tushunchasi. 2. Madaniyatning sohalar va ko‗rinishlar bo‗yicha tasnifi, madaniyat va san‘atning vazifalari. 3. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Madaniyat, san‘at, moddiy va ma‘naviy madaniyat, madaniyatning sohalar va ko‗rinishlar bo‗yicha tasnifi, madaniyatning funksiyasi, madaniy qadriyatlar, madaniy taraqqiyot, ma‘naviy meros, milliy madaniyat Madaniyat va san‟at tushunchasi. Madaniyat tushunchasi tabiat, jamiyat va insonlar o‗rtasidagj o‗zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko‗plab qarashlar, nazariyalar va g‗oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo‗llaniladi. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi bo‗lib, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‗zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‗ziga xos sohalari (badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‗llaniladi. Hozirgi paytda ―madaniyat‖ atamasining 400 dan ortiqroq ta‘rifi mavjud. Agar ularga e‘tibor bersak, madaniyat tushunchasi hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo‗lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko‗ramiz, shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga ta‘rif berish juda mushkul. Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga madaniyatning quyidagi ta‘riflariga duch kelamiz: ―inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar yig‗indisi‖; ―moddiy va ma‘naviy qadriyatlar‖; ―inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat‖; ―insoniy faoliyat mahsuli‖; ―ijodiy faoliyat‖; ―ijodiy faoiiyat mahsuli‖; ―jamiyatning ma‘naviy hayoti‖; ―insonning ma‘naviy dunyosi‖; ―insonning aхloqiy fazilatiari‖; ―insonning ichki va tashqi olami‖; ―axloqiy sifatlar yig‗indisi‖; ―jamiyat faoliyati‖; ―shartli belgilar tizimi yig‗indisi‖; ―shartli tasvirlar‖; ―ramziy ishora va belgilar‖; ―me‘yor va andazalar‖ va shu kabilar. “Madaniyat” arabcha ―madina‖ so‗zidan olinib, ―shahar‖ degan ma‘noni anglatishini ko‗ramiz. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‗chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda o‗troq holda yashab, o‗ziga xos turmush tarziga ega bo‗lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. 5 Yevropada madaniyat deyilganda dastlab insonning tabiatga ko‗rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura – yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi ham shundan olingan). Kishilik jamiyatidagi beqiyos o‗zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o‗rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma‘naviy hayotidagi tub o‗zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o‗zaro aloqasida inson o‗rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilarning turmushi, o‗zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‗lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o‗zgarishiga olib keldi. Markaziy Osiyolik buyuk tafakkur egalari madaniyatlilik masalasiga insonning ruhiy-ma‘naviy kamoloti, ong va tafakkur taraqqiyoti, fozil jamiyat va komil insonlar masalasi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashadilar. Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Imom G‗azzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi Sharq mutafakkirlari madaniyat masalasini insonning ma‘naviy-aqliy barkamolligi shaklida, baxt- saodatga erishuvi tarzida tushunadilar. Bu an‘anaviy tushuncha keyingi avlodlar tafakkuridan mustahkam joy olgan. Shu sababli ―madaniyat‖ deganda ko‗proq insonning ma‘naviyati, uning ichki kechinmalari va tashqi qiyofasining mushtarakiigini ko‗z oldimizga keltiramiz. Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har bir ijtimoiy tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma‘naviy faoliyatining o‗ziga xos tomonlari, xususiyatlari, o‗zaro aloqadorligi bilan belgilanadi. Insoniyat tomonidan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklarini yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka ega bo‗luvchi o‗ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanib, uning o‗tmishi va hozirgi ko‗rinishi o‗rtasida dialektik birlik mavjuddir. Madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir- birini to‗ldirib borgan. Lekin insoniyat tarixining muayyan bosqichida yaratilgan madaniyat o‗zidan oldingi bosqichlarda yaratilgan madaniyatdan farq qiladi va o‗zgargan holda vujudga keladi. Jamiyat o‗zidan oldingi madaniy boyliklarni ko‗r- ko‗rona qabul qilmaydi, balki ularni ijobiy tomondan o‗zgartiradi. Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar moddiy va ma‘naviy madaniyatlarning o‗zaro ta‘siri masalasiga e‘tibor bersak, insoniyat tomonidan dastlab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, so‗ngra moddiy madaniyatning bir necha elementlarini o‗zida birlashtirgan, turli xil vazifalarni bajaruvchi birmuncha murakkabroq turlari paydo bo‗lganligini ko‗ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o‗zining moddiy-biologik ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklarni, so‗ng ma‘naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi ma‘naviy boyliklarni yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi - oddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonmi tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi 6 - ma‘naviy hayotini belgilab beradi. Moddiy ehtiyoj ma‘naviy ehtiyojni belgilab berganidek, moddiy madaniyat ma‘naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish jarayonini belgilab beradi. Ammo bu ma‘naviy madaniyat moddiy madaniyatga butunlay tobe, degan ma‘noni anglatmaydi. Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jarayonlari shuni ko‗rsatadiki, ayrim hollarda madaniyat jamiyatning umumiy taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, ayrim hollarda esa orqada qoladi. San‟at - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‗ziga xos shakli bo‗lib, jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‗liq holda vujudga kela boshlagan. U odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o‗z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a‘zolarini ma‘lum ruhda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg‗u, manfaat, ideallarini ifoda etgan. San‘at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o‗zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o‗rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. U insonning moddiy va ma‘naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida san‘at narsa va hodisalarni qanday bo‗lsa shunday aks ettirishdan hayotni go‗zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g‗oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma‘naviy, milliy dunyosi san‘atning predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma‘lum ijtimoiy-estetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va o‗z estetik bahosini beradi. San‘at inson uchun estetik zavq-shavq manbai; inson hayotiga go‗zallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, o‗rganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga o‗zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi go‗zallikdan ilhomlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar orasidagi ma‘naviy ko‗prik, muloqot vositasi; odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda ma‘lum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. San‘atning maqsadi dunyoni badiiy o‗zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma‘naviy boyita oladigan asarlar yaratish yo‗li bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. San‘at asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o‗zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham san‘at asarlari beradigan ma‘rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma‘lumotlardan farq qiladi. Uning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o‗quvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uyg‗otishidadir. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling