Guliston davlat universitеti


Antik davr madaniyati va san‟ati


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Antik davr madaniyati va san‟ati 
Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyo hududlarini zabt etishi 
natijasida yunonlar bilan mahalliy xalqlar, Yevropa bilan Osiyo o‗rtasida o‗zaro 
iqtisodiy-madaniy 
aloqalar 
vujudga 
kelgan. 
Yunonlar 
osiyoliklarning 
madaniyatiga, osiyoliklar esa yunonlar madaniyatiga qiziqish bilan qaray 


25 
boshlaganlar. Makedonskiy qo‗shinlari bilan bosqinchilik va qirg‗in urush 
dahshatlari kirib kelgan bo‗lsa, shu bilan birga, o‗ziga xos yunon madaniyati ham 
kirib kelgan. Yunon tili davlat tili hisoblangan. Yunon yozuvi hatto islom dini kirib 
kelgunga qadar ham muomalada bo‗lgan. 
Aleksandr Makedonskiy o‗rta osiyoliklarning madaniyati va san‘atiga, urf- 
odatlari, marosimlari, diniy e‘tiqodlari va hatto, kiyim-kechagiga alohida e‘tibor 
berish orqali mahalliy xalq va yunon istilochilari o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni, 
ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni bartaraf etisliga, turli xalqlar qorishig‗ini 
vujudga keltirish hamda yagona til va madaniyat birligini qaror toptirishga harakat 
qiladi. Natijada u saroyda mahalliy xalq udumlari va liboslarini joriy qiladi, 
mahalliy aholi bolalari uchun yunon maktablarini tashkil etadi, aralash nikohga 
yo‗l ochadi. 
Makedonskiy o‗z bosqinchilik siyosatini hamda Yunon-Makedoniya ta‘sirini 
singdirishda mahalliy shart-sharoitni, xalqning azaliy an‘analari, marosimlari va 
diniy e‘tiqodini hisobga olgan bo‗lsa, Salavkiylar bu siyosatni amalga oshirishda 
qattiqqo‗llik, ya‘ni G‗arbga xos diktatura siyosatidan foydalandi. Mahalliy aholini, 
uning madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan 
tayinlash, mahalliy boshqaruvda ko‗plab harbiy istehkomlar, inshootlar qurib, 
harbiy kuch orqali aholini bo‗ysundirib turish tadbirlariga zo‗r berganlar. 
Chunonchi, 
Aleksandrning 
yunon 
va 
mahalliy 
madaniyatlarni 
o‗zaro 
uyg‗unlashtirishdagi sa‘y-harakatlari bo‗lganini bilgan holda, salavkiylarning
aksincha, tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini targ‗ib ectishni vazifa deb 
bilganliklarini qayd etish lozim. 
Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan eng yirik antik davlatlardan bo‗lgan
Yunon-Baqtriya davlati davridagi madaniyat ellinizm va mahalliy xalq 
madaniyatining o‗ziga xos, ya‘ni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy 
hayot va mafkurada ellinizm va mahalliy xalq madaniyatlarining uyg‗unlashuvi 
tarzida ro‗y bergan. Mahalliy badiiy uslub natijasida yaratilgan buyumlar: oltin va 
kumush kosa, lagan, medalyonlarga turli xil afsonalar, marosimlar, bayramlarning 
elementlari, xudolar, o‗simlik va hayvonlar tasviri tushirilgan. Xudolardan Anaxita 
va Mitra, olma ushlab turgan ona va chavandoz haykallari yaratilgan.
Ellinizm madaniyatining, shu jumladan, Yunon-Baqtriya davlatchiligi va 
madaniyatining rivojlanishida o‗sha davr yunon-baqtriyaliklar dinlarining 
sintezlashuvi muhim rol o‗ynagan. Bu 
davrning hukmron dini zardushtiylik 
bo‗lsa-da, mahalliy diniy tasavvurlar 
yunon mifologiyasidagi timsollar bilan 
chatishib ketgan. Ikkala xalq e‘tiqod 
qilgan 
xudolarning 
tangalar 
va 
ibodatxonalarni bezab turuvchi suratlari 
hamda 
haykallar 
va 
boshqalarda 
birgalikda 
tasvirlanishi 
yunon 
madaniyatining hukmronlikni butunlay o‗z ixtiyoriga olmaganligini ko‗rsatadi. 
Yoki yunonlar e‘tiqod qiluvchi xudolar mahalliy xalq kiyimida, Zevs, Gelios kabi 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling